4.Nogironlikni belgilash tartibi. Nogironlik guruhlari va nogironlik sabablari
Nogironlik pensiyalari tayinlash paytida qonunchilik va ijtimoiy adolatni ta’minlash shartlaridan biri – o‘z vaqtida, to‘g‘ri, holisona yondashgan holda nogironlik yuz berganligi faktining belgilanishidir. Nogironlik pensiyalari tayinlash uchun nogironlikni, uning sabablari, yuz bergan muddatini belgilash vakolati tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyasi (TMEK)ga berilgan.
“Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to‘g‘risida NIZOM”ga ko‘ra ularga shaxsni nogiron deb e’tirof etish vakolati berilgan. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyati hududiy printsip bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining xulosalari kollegial, TMEK a’zolarining mutlaq ko‘pchilik ovoz berishi asosida qabul qilinadi hamda uning13 tavsiyalari ish beruvchilar, davolash-profilaktika, tibbiy-ijtimoiy, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Quyidagilar TMEKning asosiy vazifalari hisoblanadi: davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlar va fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida hayot faoliyatining cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlik guruhini, sabablarini, uning boshlangan vaqtini va nogironlik muddatlarini belgilash; nogironlar uchun ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini belgilash; nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarishga ko‘maklashish hamda nogironning hayot faoliyatini yoki organizmi funktsiyalarini to‘liq yoki qisman tiklash, nogironlik guruhini pasaytirish yoki barqarorlashtirish asosida ushbu tadbirlarning samaradorligini baholash; nogironlikning holatini, o‘zgarishini va unga sabab bo‘lgan omillarni tahlil qilish, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy-mehnat ekspertiza, reabilitatsiya, ijtimoiy muhofaza qilish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish. Fuqarolarni tibbiy tekshirishdan o‘tkazish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi : mehnatga layoqatlilikning holatini, nogironlik guruhi, sabablari, boshlanish vaqti va muddatlarini aniqlash; mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan yoki sog‘lig‘i boshqacha shikastlangan ishlovchilarning mehnatga layoqati yo‘qolganligi darajasini va ularningyordamning qo‘shimcha turlariga muhtojligini aniqlash; nogironlarning sog‘lig‘ining holati va mehnat layoqatini hisobga olgan holda ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat jihatidan reabilitatsiya qilish choralarini belgilash; nogironlarni ishga joylashtirish yuzasidan tavsiyalar berish . Fuqarolarni tibbiy tekshirishdan o‘tkazish TMEKda bepul amalga oshiriladi.
TMEK O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi ushbu TMEKga birkitilgan DPMning yo‘llanmasiga ega bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni va xorijiy fuqarolarni tibbiy tekshirish uchun qabul qiladi. Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining yo‘llanmasi bo‘yicha tibbiy tekshirish maqsadlari ko‘rsatilgan holda TMEK 16 yoshdan kichik shaxslarni ham tibbiy tekshirish uchun qabul qilishi mumkin. Aynan bir kasallik bilan bog‘liq holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab uzluksiz muddat birvarakayiga 4 oydan ortiqni tashkil etadigan uzoq muddat kasal bo‘lgan shaxslar (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari); vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri aynan bir kasallikka chalinganda tanaffuslar bilan 6 oy mobaynida, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab 12 oy mobaynida davom etgan shaxslar (sil kasalligiga chalingan bemorlardan tashqari); vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 10 oyni tashkil etadigan kasallik birinchi marta aniqlangan silga chalingan bemorlar, shuningdek asosiy kasallik kuchayganda - vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab kamida 6 oy silga qarshi muassasalarda hisobda turgan sil kasaliga chalingan bemorlar tibbiy tekshirish uchun qabul qilinadilar. Tibbiy tekshirish TMEK majlisida to‘liq tarkibda o‘tkaziladi. Tibbiy tekshirishdan o‘tkazish shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kasallik tarixini, ambulatoriya kartasini, shuningdek bemor ular asosida tibbiy tekshirishga yo‘naltirilgan boshqa hujjatlarni o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tibbiy tekshirish ma’lumotlari va TMEK qarori o‘sha kuni to‘ldiriladigan, TMEK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadigan va muhr bilan tasdiqlanadigan tibbiy tekshirish dalolatnomasiga va TMEK majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek, nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi». Tibbiy mehnat ekspert komissiyalari nogironlik guruhini belgilash paytida ob’ektiv mezonlarga asoslanadi va I guruh nogironi deb topish uchun tana funktsiyasi jiddiy buzilgan va bemor o‘ziga o‘zi xizmat qila olmasligi, boshqa shaxslarning doimiy parvarishi va ko‘magiga muhtoj bo‘lishi lozim bo‘ladi. Shaxs II guruh nogironi deb e’tirof etilish uchun kishi organizmi, uning a’zolari funktsiyasi birmuncha buzilgan bo‘lishi, mehnat qilish qobiliyati barqaror tarzda doimiyga yoki uzoq muddatga yo‘qolgan, jiddiy ravishda pasaygan bo‘lishi lozim.
II guruh nogironi deb topilgan shaxslar maxsus yaratilgan mehnat sharoitida mehnat qilishlari mumkin bo‘ladi. Turmushdagi jarohatlanish (maishiy mayiblanish) yoki umumiy kasallik tufayli nogironlik yuz berganida nogironlik pensiyasi muayyan shartlar mavjud bo‘lgani holda tayinlanishi mumkin. Bunday shartlardan eng birinchisi – nogiron shaxs yoshiga mutanosib ravishdagi mehnat stajiga ega bo‘lishi lozimligidir. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 17- moddasiga muvofiq: Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.14
Do'stlaringiz bilan baham: |