Nogironlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va huquqiy asoslari


Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nogironlikning quyidagi sabablari nazarda tutiladi



Download 263,73 Kb.
bet15/16
Sana01.01.2022
Hajmi263,73 Kb.
#293907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
pensiya kurs ishi

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nogironlikning quyidagi sabablari nazarda tutiladi:

- umumiy kasalliklar (ish bilan bogʻliq boʻlmagan) oqibatidagi nogironlik.;

- turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanish oqibatida yuz bergan nogironlik.;

- ishlab chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor boʻlish natijasidagi nogironlik.;

- kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz bergan nogironlik.;

- Oʻzbekistonni himoya qilish yoki bosh-qacha tarzda harbiy burchni bajarish paytida roʻy bergan nogironlik.;

- harbiy burchni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy xizmatni oʻtash davridagi nogironlik.

Bu boradagi tartib qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 noyabrdagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan "Tibbiymehnat ekspertiza komissiyalari toʻgʻrisida nizom"da koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 11 noyabrda "Oʻzbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitatsiya qilish borasidagi choratadbirlari Davlat dasturi toʻgʻrisida" qaror qabul qildi. Mazkur qarorning ijrosi nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari sistemasi (Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish milliy markazi, Tayanch-harakat sistemasi kasalliklarida nogironlar reabilitatsiya markazi va 10 ta umumiy tipdagi hududiy reabilitatsiya markazlari) tashkil etildi. Bular joylardagi TMEKlar bilan hamkorlikda nogironlarni tibbiyijti-moiy reabilitatsiya qilish choratad-birlarini amalga oshiradi.

Mehnatga qobiliyatsizlik - mehnat qilish qobiliyatining yoʻqolishi yoki mehnatga yaroqsizlik. Odatda, kasallik, baxtsiz hodisa, uy-roʻzgʻor yumushlari, ishlab chiqarish (Kasb kasalliklari), homiladorlik, tugʻish, keksalik va boshqa sabablarga koʻra, kishi mehnat qobiliyatini yoʻqotadi. Doimiy va vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlik tafovut qilinadi.

Doimiy Mehnatga qobiliyatsizlik — nogironlikdir. Vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlik toʻliq yoki qisman boʻlib, qisqa muddatda mehnat qobiliyati tiklanishi mumkin. Vaqtincha toʻliq Mehnatga qobiliyatsizlikda biror ishga qobiliyat yoʻqoladi va bemor uyda davolanadi. Sogʻaygach, yana ishini davom ettiraveradi. Qisman vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlikda bemor odatdagi ishni bajara olmaydi, ammo sogʻligiga putur yetmagan holda boshqa ishni bajarishi mumkin.

Vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlikni vrach belgilaydi va mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (ishdan ozod qilish va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa olish huquqini beradi) yoki ishdan va oʻqishdan ozod qiladigan maʼlumotnoma berib rasmiylashtiradi. Kasallik yoki ishlab chiqarish va turmushda yuz beradigan baxtsiz hodisalar oqibatida Mehnatga qobiliyatsizlik nafaqa tayinlashda, ish sharoitini belgilash, soliq toʻlash, maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish yuzasidan turli imtiyozlar berishda (Sugʻurta) asosiy omil hisoblanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik — xodimning sogʻligʻiga koʻra nisbatan qisqa muddat davomida ishni bajara olmasligi. OʻzRda mehnat qobiliyati muttasil yoʻqolib, bemorning mehnat faoliyatini umuman yoki uzoq muddatga toʻxtatish yoki mehnat sharoitlarini jiddiy ravishda oʻzgartirishga olib kelgan taqdirda, xodimga Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan nogironlik belgilanadi. Xodimlarning , shuningdek mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shu jumladan, kooperativ (shirkat), fermer xoʻjaliklarida mehnat qilayotgan fuqarolarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligini ekspertiza etish tibbiyot muassasalarining shifokorlari yoki tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasallik varaqasi bilan ayrim qonunda koʻrsatilgan hollarda esa, tibbiy maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Kasallik yoki mehnatda mayib boʻlish oqibatida vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki protezlash, yaʼni yasama aʼzolar qoʻyish uchun protez ortopediya korxonaning statsionariga joylashtirilgan xodimlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobidan nafaqa bilan taʼminlanadi. Shuningdek, xodim sanatoriykurortda davolanish uchun yuborilgan, oilaning bemor aʼzosini parvarish qilish zarurati tufayli oʻz mehnat vazifalarini bajarishdai ozod etilgan hollarda, karantin vaqtida ham vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi.

Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironlariga faqat mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda tayinlanadi va to‘lanadi.

Fuqaro mehnat faoliyatiga layoqatli emas yoki unga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin emasligi (yoki zid ekanligi) belgilangan taqdirda TMEK mehnat qobiliyatining doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganligi to‘g‘risida tegishli xulosa chiqaradi. Yoshga doir pensiyadan farqli o‘laroq agar nogoronlik nafaqasi tayinlangan I yoki II guruh nogironi ishlasa, unga nafaqa tayinlanmaydi. Mamlakatimizda xozirda amalda bo‘lgan tartibga binoan I va II guruh nogironlariga, agar ular ishlasalar nogironlik pensiyalarini 100 foiz miqdorda olish xuquqiga egadirlar. Agar yoshga doir pensiya sohibi o‘z mehnat faoliyatini davom ettirsa unga belgilangan pensiyaning 50% miqdoridagi to‘lovni olish xuquqi beriladi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo‘lgan I guruh nogironlariga va II guruh nogironlariga ijtimoiy pensiya (nafaqa) tayinlanmaydi.

Nogironlik nafaqasi (ijtimoiy pensiyasi) mehnatga layoqat yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qaroriga 2-ilova sifatida tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-modda “g” bandiga binoan “Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizada mehnatga layoqatli farzandlarining, qarindoshlarining yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashi shart bo‘lgan boshqa shaxslarning borligi va ariza beruvchining jami daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi zarur”–deb belgilangan.

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqa (ijtimoiy pensiya)si marhumning oila a’zolariga uning olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqa (ijtimoiy pensiya)siga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Yuqorida nomi keltirilgan nizomning 16-bandida “Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi” – deb ta’kidlangan.




oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga - nafaqaning 50 foizi

oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga - nafaqaning 75 foizi

oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga - nafaqaning 100 foizi

Download 263,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish