Nogironlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning zarurligi, ahamiyati va huquqiy asoslari


Nogironlik pensiyalari va uning miqdorini aniqlash va to’lash amaliyoti



Download 263,73 Kb.
bet12/16
Sana01.01.2022
Hajmi263,73 Kb.
#293907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
pensiya kurs ishi

Nogironlik pensiyalari va uning miqdorini aniqlash va to’lash amaliyoti

Mamlakatimizda izchil amalga oshirib kelinayotgan kuchli ijtimoiy muofazalash siyosatida nogironlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar berishga qaratilgan tadbirlar yetakchi o‘rinda turadi hamda ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan moliyaviy mablag‘larning katta qismi nogironlar uchun qulay hayot va mehnat sharoyitlari yaratish, ularni ijtimoiy reabiltatsiya qilish maqsadlariga yo‘naltiriladi. Nogironlarga nisbatan yuritilayotgan ijtimoiy himoya siyosatimiz mazmunmohiyati bu sohadagi qonunchiligimizda, uning huquqiy bazasini tubdan yangilashga qaratilgan ishlarimizda o‘z ifodasini topmoqda.

Jumladan, 2008 yil 11 iyulda “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni yangi taxrirda qabul qilinishi58 , nogironlar huquqlarini yanada kuchliroq muxofaza etishga qaratilgan yangi qonun hujjatlarini qabul qilinishi, nogironlarni moddiyijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Davlat dasturi va boshqa tadbirlari qabul qilinib, amalga oshirib kelinayotgani fikrimzning dalili bo‘la oladi. “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”giqonunni 5- moddasiga ko‘ra: “Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi”.

Davlatimizning nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: -nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; -nogironlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; -nogironlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

-nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash;

-nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;

-nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim olishini ta’minlash;

-davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatining oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini ta’minlash;

-nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish. nogiron deganda- jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklangan, qonun hujjatlarida belgalangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs nazarda tutiladi.

Jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar nogiron bolalar sanaladilar. Nogironlarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi (kompensatsiya qilishi) uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tazimi nogironlarni ijtimoiy himoya qilishtadbirlarini tashkil qiladi.

Muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini kompleks tekshirish asosida uning sog‘lig‘ini yo‘qotganlik darajasini, organizmi funktsiyalari turg‘un buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriya-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash tibbiy-ijtimoiy ekspertiza qilish orqali aniqlanadi. Shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harakatlanish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek o‘qish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligi turmush faoliyati cheklanganligini anglatadi12

Shaxsni, shu jumladan o‘n olti yoshdan katta fuqarolarni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Nogironlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam quyidagilarni o‘z ichiga oladi: pul to‘lovlari (pensiyalar, , bir yo‘la beriladigan to‘lovlar);

-texnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash;

-transport xizmatlari ko‘rsatish;

-dori vositalari bilan ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq hamda nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirish, tibbiyijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, tibbiymehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008 yil 8 avgustda “Tibbiymehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi 175-sonli qarorini qabul qildi va mazkur qaror bilan zarur normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi:

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi 195-sonli “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ham bu sohada muhim o‘rin tutdi.


Download 263,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish