KURS ISHINING MUNDARIJASI
Kirish
Mineral xom ashyo turlari bo’yicha konlarning tog’-geologik sharoitlarini tahlil qilish.
Geotexnologiya usullarini qo’llash asoslari va qo’llaniladigan usullar.
Geotexnologiya usulini muayyan sharoitlarda asoslash.
Geotexnologiya usuliga muvofiq qatlamlarni ochish, tayyorlash va qazib chiqarish ishlarining texnologik sxemasi.
Foydali qazilmalarning qazib chiqarish parametrlarini hisoblash.
Xulosa.
KIRISH
Kon ilmini qazilgan joydagi foydali qazilmalarni aniqlash, tayyorlash, ishlab chiqarish, birlamchi qayta ishlab chiqarish texnologiyalari bilan bog’langan geologik, tog’-texnik, iqtisodiy va ekologik fanlarga bo’lish mumkin. Foydali qazilma konlarini qazish texnologiyasi – ochiq, kombinatsiyalashgan yer osti va quduqli qazib olish texnologiyasidir, chunonchi so’ngisi suv, neft, gaz va qattiq foydali qazilmalarni qazib olish texnalogiyasini o’z ichiqa oladi. Qattiq foydali qazilmalarni quduq orqali qazib olish jarayoni “Geotexnologiya” deb nom oldi, ya’ni foydali qazilmalarni qo’zg’aluvchi holatga keltiradigan boy qatlanmlarga va keyinchalik quduqlar orqali ularni chiqarib olishga ta’sir etuvchi fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy metodlar haqidagi fan.
Ochiq va yer osti texnologiyalarini takomillashtirish ishning unumdorliligini keskin oshishini va erishilgan darajadan foydali qazilmalarning tannarxini ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun, aynan hozirgi paytda chiqindi jinslarning harakatlanadigan massasidan qochish imkonini beradigan foydali qazilmalarni qazib olish uchun yangi yo’llar qidiruvini olib borish, yer ostidan odamlarni chiqarish, ish unumdorliligini keskin oshirish aktuallashgan.
An’anaviy qazib olish jarayonlarida qazib olinayotgan mahsulotning sifati, fizik yoki kimyoviy xossalarida o’zgarish kuzatilmaydi, modomiki so’ngi mahsulot yer ostidan maydalangan bo’lakli massa ko’rinishida chiqarib olinadi va faqatgina keyingi qayta ishlov berish jarayonida (ДСФ, ОФ) yangi xossalarga, ko’rinish va sifatga ega bo’ladi. Rivojlanishning hozirgi bosqichida qazib olingan foydali qazilmalar juda qimmatga tushayapti va ularning foydali komponentlari oz miqdorda, ularning keyingi qayta ishlanishi qazib olingan mahsulot qiymatiga mos kelmaydigan xarajatni talab etadi. Shuning uchun tog’ massasini yer ostidan qazib olish foydasiz bo’lib, yer qa’ridan faqat foydali komponentlarni ajratib qazib olish talab etilmoqda, ya’ni yer ostida qazish ishlari tog’ massasini birlamchi qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’lanishi lozim. Ushbu o’tishni amalga oshirish uchun tog’ amaliyotida va foydali qazilmalarni qazib olish jarayonining yangi prinsiplari asosida yangi sifatli o’zgarishlar bilan bir qatorda olib borilishi lozim.
Ochiq va yer osti qazish metodlaridan geotexnologiya metodlarining ahamiyatli farqi ularning solishtirma iqtisodiy baholash usullarini muayyan o’ziga xosligini keltirib chiqaradi. Ochiq yoki yer osti qazish usullarida tog’ massasini olishadi, geotexnologiya usulida esa – tayyor mahsulot olinadi. Shubhasiz, mahsulotni turli xil ishlab chiqarish texnologiyalarini, shu jumladan qazib olish texnologiyasini ham, solishtirish va boyitish ham o’ziga xos xususiyatiga ega bo’ladi. Ishlab chiqarishning samaradorliligi solishtirma kapital mablag’, tannarx va ishning unumdorligiga ko’ra baholanadi. Undan tashqari variantlarni baholashda korxonaning rentabelliligi, sarflangan mablag’larning qoplanish muddati, qurilish vaqti, sarmoyaning hosildorlik koeffitsiyenti, yillik iqtisodiy foyda va tanqis uskunalar va materiallarga bo’lgan talabning tushishini inobatga olish lozim. Ijtimoiy omillarni– ishchilarning ish sharoitini ham hisobga olish lozim. Bu nuqtai nazardan geotexnologiya boshqa usullarga qaraganda perspektivliroq, chunki ular qazilayotgan joyda tozalash ishlarini olib borish uchun odamlarni ishtirok etishlarini talab etmaydi. Geotexnologiya kelajakka tegishli va u yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish g’oyasini opimallashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |