Nodir va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash


To’rtinchi bo’limda talaba texnologik quduqlarning joylashuv tarmog’i, ularning kombinatsiyasi, an’anaviy texnologiya elementlariga bog’liqligini asoslaydi



Download 76,99 Kb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi76,99 Kb.
#212856
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI b39f8472f2a2e7b91482990abfab0ffb

To’rtinchi bo’limda talaba texnologik quduqlarning joylashuv tarmog’i, ularning kombinatsiyasi, an’anaviy texnologiya elementlariga bog’liqligini asoslaydi.


  1. Foydali qazilmalarning qazib chiqarish parametrlarini hisoblash

Quduqlarni burg’ilashda odatda chuqur burg’ilashda ishlatiladigan stanoklardan foydalaniladi. Quduq chuqurligi va qoplangan jins qattiqligidan kelib chiqqan holda o’z o’zidan harakatlanadigan va ko’chma burg’ilash qurilmalarini ishlatish tavsiya etiladi. Mustahkam jinslar qatlam ostidagi uncha chuqur bo’lmagan qatlamni burg’ilashda СБШ turidagi stanok mahsuldordir. Bo’sh jinslar qatlamini burg’ilashda aylanma shnekli СБР turdagi burg’ilash stanogidan foydalanish mumkin. 500m gacha chuqurlikda joylashgan yumshoq va o’rta qattiqlikdagi jinslarni rotorli УРБ, УБВ-600,2БА-15В,РА-15 turdagi burg’ilash stanoklaridan foydalaniladi.

Geotexnoligik quduqlarni chuqur burg’ilash uchun СБШ turdagi stanoklar modernizatsiyalashtirildi. Ish tajribasi 100, 200 va 400m li quduqlarni burg’ilash uchun bunday mashinalarning ish samaradorligini va bu turdagi mashinalarni ishlab chiqarishga bo’lgan talabni ko’rsatdi. Barcha burg’ilash qurilmalari quyidagi asosiy qismlardan iborat: minora va baland ustun, ko’tarish, aylanish va yuvish mexanizmlari, qo’zg’atgich transmissiya bilan, generatorli va kompresorli uskuna, nazorat o’lchov asbobi, preventorlar va ko’makchi jihozlar. Yuvadigan suyuqlikning aylanishi ikki harakatli porshenli nasos yordamida amalga oshiriladi. Eng ko’p qollanadigan nasoslarga 11ГР, 9МГР, ЦНС kiradi.

Eng oddiy va mahsuldor ko’targich bu havo beradigan erlift hisoblanadi. Havo, havo quvurlari orqali beriladi, mahsulot esa havo uzatgich va mustahkam quvurlar birikmasi o’rtasidagi xalqa oralig’i bo’ylab ko’tariladi. Havo quvurining ostki qismi teshilgan.

Erliftli ko’targichning afzalliklari: osonliligi, ishda ishonchliligi, harakatlanuvchi qismlarning mavjud emasligi, jins zarralarini erkin ajratib olish imkoniyati.

Erliftli ko’targichning kamchiliklari: yer osti harakatining koeffitsiyenti nisbatan past (10% ortiq emas); maxsus kompressor qurilmasining mavjudligiga bo’lgan talab.

Erliftning asosiy vazifalari:


  1. H qorishtirgichning tushish chuqurligini aniqlash;

  2. Qurilmaning normal ishi uchun talab etiladigan siqilgan havo miqdori va bosimini aniqlash;

  3. bosim beradigan va havo quvurlarining diametrini aniqlash.

Quyidagi shartga rioya qilishda mahsuldor eritmaning tepaga ko’tarilishi va erliftning havo beruvchi quvurlardan oqishi uchun qorishtirgichning ma’lum suv ostiga tushish chuqurligi bo’lishi lozim.

- suvning solishtirma vazni;

-havo va suv qorishtirmasining solishtirma og’irligi (mahsuldor eritma);

Н – quduqdagi suv sathidan past bo’lgan qorishtirgichning suv ostiga tushish chuqurligi , м;

Н0 – mahsuldor eritmalarning ko’tarilish balandligi (quduqdagi eritma sathidan uning yuzaga chiqish sathigacha), м.

nisbati erlift qorishtirgichning suv ostiga tushish foizi deb nomlanadi.

Amaliyot va tajribalarning ma’lumotlariga ko’ra eng mahsuldor suv ostiga tushish foizi 40 dan 70 gacha hisoblanadi.

Suv ostiga tushish foizi juda past bo’lsa, erlift yer osti harakatining koeffitsiyenti kamayadi va shunga muvofiq siqilgan havoning sarfi ortadi.

Jadvalda suvning turli balandliklari uchun qiymatlari ko’rsatilgan.


Jadval – Suvning turli balandliklari uchun qiymatlari.



Suv ko’tarilish balandligi, м

Qorishtirgichning botish foizi



Suv ko’tarilish balandligi, м

Qorishtirgichning botish foizi

Ruxsat etilgan chegara

Foydasiz

Ruxsat etilgan chegara

Foydasiz

1

6

55-70

65-70

21

76

40-60

55-60

2

9

55-70

65-70

22

91

37-55

50-55

3

12

50-70

65-70

23

106

37-55

50-55

4

15

50-70

65-70

24

123

37-50

45-55

5

18

50-70

65-70

25

137

36-45

40-45

6

24

50-70

65-70

26

152

35-45

40-45

7

30,5

45-70

65-70

27

168

35-45

40-45

8

38

45-65

65

28

183

35-45

40-45

9

46

40-65

60-65

29

198

35-45

40-45

10

53

40-60

55-60

30

213

35-40

40

11

61

40-60

55-60













12

65

50-70

65-70













13

67

45-70

65-70













14

70

45-65

65-70













15

35

40-65

65-70













16

40

40-60

65-70













17

45

40-60

65-70













18

55

55-70

65-70













19

53

55-70

65-70













20

54

50-70

65-70












Pastki dam beruvchi quvurlarning uzunligi (qorishtirgichning o’rtasidan hisoblaganda) 2-3 m bo’lishi kerak. Amaliyot uchun talab etilayotgan yetarlicha siqilgan havoning sarfi quyidagi formulaga ko’ra to’g’ri aniqlanadi.



V – mahsuldor eritmaning 1m3 ko’tarilishi uchun talab etiladigan atmosfera bosimida havoning miqdiri, м3;

k – empirik forbula bilan belgilanadigan tajriba koeffitsiyenti.

k = 2,17 + 0,0164 H0;

H0 – suv ko’tarilishining balandligi, м.

H – qorishgichning suv ostiga tushish chuqurligi, м.


Erliftning ishi uchun zarur hisoblangan kompressorda siqilgan havoning ortiqcha bosimi quyidagi formula ko’ra aniqlanadi



- kompressorda siqilgan havoning ortiqcha bosimi, кг/см2;

- kompressordan qorishtirgichgacha bo’lgan yo’lda bosimning yo’qolishi, кг/см2.

Dam berish quvurining diametrini tanlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish mumkin. Emulsiyaning (mahsuldor eritmaning) quvur bo’ylab tepaga harakatlanishiga ko’ra havoning pufakchalari kengayadi, shunday ekan, qorishmaning solishtirma og’irligi kamayadi va havo bosimi pasayadi.

Havo oqimi quvurda taxminan atmosfera bosimiga ega.

Ko’tarilish jarayonida havoning kengayilishi sababli quvurdagi qorishmaning harakatlanish tezligi sekin – asta suv to’sgich darajasigacha oshadi. Bu tezlik katta hajmga erishishi mumkin, va bu o’z o’rnida yer osti harakat koeffitsiyenti va erliftning unumdorligining tushishini keltirib chiqaradi. Erliftning optimal ish sharoitlari emulsiyaning quvurdan 6-8m/s va to’g’ridan – to’g’ri qorishtirgichdan 3-6 m/s oqib chiqishi tezligidan vujudga keladi.

Agar emulsiyaning harakatlanish tezligi belgilangan optimal chegaradan oshsa (chuqur quduqlarni nasos bilan so’rib olish paytida bo’lishi mumkin), bu holatda tepaga ko’tarilish hajmiga ko’ra quvurlar diametrini kengaytirib va ba’zi hududlarda emulsiyaning optimal harakatlanish tezligini ta’minlab bosqichli dam berish quvurlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu holatlarda dam berish quvuruning yuqori qismining diametri pastki qismining diametriga qaraganda 1,5-2 baravar katta bo’lishi lozim.

Havo quvurida havoning harakatlanish tezligi 15-20 m/s tashkil etadi.

Erliftning samaradorlik koeffitsiyenti juda past va odatda 0,2 – 0,3 atrofida bo’ladi, lekin quduqlarni bug’ilashda erliftlarni loyihash va ishlatish, erliftning yer osti harakat koeffitsiyentini tog’ri hisoblash va erliftning asosiy elementlarini tanlash masalalarini batafsil ko’rib chiqilsa 0,35-0,38 va eng yuqorisi 0,42 qiymatga erishishi mumkin.

Suvning qirqimi 1sm2da erliftning maksimal unumdorligi (qorishtirgichning 60-40% suv ostiga tushishida) 1,0 – 1,2 m3/soat yetadi.

Maydon sharoitlari uchun erliftning asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin:

Quyidagi sharoitlarda 1m3 mahsuldor eritmaning ko’tarilishi uchun talab etiladigan siqilgan havo sarfi:

Ishlab chiqarish gorizontining statistik darajasi 63 m.

Nasos bilan so’rib olinadigan quduqning unumdorligi 4,5 m3/soat.

Depressiya voronkasini hisobga olgan holda mahsuldor eritmaning ko’tarilish balandligi 68 m.



  1. Mahsuldor eritmaga erliftning botishi uchun iqtisodiy mahsuldor balandlik talabini aniqlaydi

bu holatda mahsuldor eritmaning statistik darajasi 63,0 m balandligida eng iqtisodiy foiz 55-60% atroida bo’ladi.



bu yerdan erlift forsunkasining botish chuqurligi

Н= 1,35 Н0, м Н=85,1 м


  1. Quyidagi formula orqali mahsuldor eritmaning 1m3 ko’tarilishi uchun talab etiladigan siqilgan havo hajmi aniqlanadi:

м33

Quvurlar unumdorligi 4,5 m3/soat va markaziy havo uzatish bilan konsentrik quvurlarda:

dam berish quvirining diametri – 38 mm;

Atrofiga o’rnatilgan quvurlarning minimal diametri – 76,0mm;

Havo quvurlarining diametri – 9,5mm;

Kiritish quvurlaining diametri (qorishtirgichda) – 36,0mm;

Qorishtirgichning umumiy uzuzligi – 205 mm.

Shunday qilib 160 m li nasos bilan so’rib olinadigan quduqlar erliftni o’rnatish uchun talab etiladigan sharoitlarga to’liq javob bera oladi.

Yetkazib berish uskunalari mahsulotni quduqdan saqlash yoki qayta ishlab chiqarish joyigacha yetkazib berishga mo’ljalangan. Bunday uskunalar taqdim etadi: nasos agregatlarini, compressor va havo agreagatlarni, qalinlashtiruvchilarni, tasniflagichlarni, suvsizlantirgichlarni, quvurlar va armaturalarni va h.k.

Tashish uskunasining aniq sxemasi va uning xarakteristikalari geotexnologiya usullari va uni ishlatish shartlari bilan belgilanadi.

Misol uchun, oltingugurtni yer ostida eritish paytida qazib olingan foydali qazilmalarni quvurlar orqali quduqdan omborgacha yetkazib berish uchun xar xil hajmdagi metal quvurlarda amalga oshiriladi.

Maydalangan rudalarni bosimli suv bilan yetkazib berishning quyidagi usullari mavjud.

Yer ostini ishqorga solish jarayonida barcha quvurlar polietilen yoki plastmassa, yoki boshqa kislota chidamli materiallardan tayyorlanadi.

Yer ostini gazlantirish jarayonida oldindan tozalash va qayta ishlashdan so’ng gaz yuqori bosib ostida bo’lgan quvurlar orqali olib boriladi.



Download 76,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish