Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Download 394,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana11.03.2022
Hajmi394,55 Kb.
#490076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Yuridik shaxslar va uning tarkibiga 
kiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining statusi va maqomiga oid masalalar 
doimo o’zbek olimlari-sivilistlarining diqqat markazida bo’lgan. Yuridik shaxslar 
doirasiga kiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va ularni tugatishning fuqarolik 
huquqiy muammolari fuqarolik huquqi fanida alohida tadqiqot obyekti sifatida 
o’rganilmagan. Lekin mazkur muammoning ba’zi xususiyatlari mamlakatimiz 
huquqshunos olimlari tomonidan u yoki bu darajada tadqiq etilgan. Masalan, 
Sh.T.Nuriddinova yuridik shaxslarning bekor bo’lish usullari va ularning amal 
qilishi muammolarini o’rgangan bo’lsa, H.R.Rahmonqulov yuridik shaxslar bekor 
bo’lishining umumiy jihatlarini, konseptual asoslarini tadqiq etgan, I.B.Zokirov 
qayta tashkil etish va tugatish usullarining qisqacha mazmunini ochib beradi, 
SH.N.Ro’zinazarov qishloq xo’jaligi yuridik shaxslarining bekor bo’lishi asoslarini 
tahlil etgan. G.I.Usmanov, Sh.M.As’yanov nodavlat notijorat tashkilotlari 
faoliyatiga oid amaliy qo’llanmalar chop etgan. 
Yuridik shaxslarning bekor bo’lish masalalari bo’yicha A.Shukrullayev 
tadqiqot olib borgan bo’lib, uning tadqiqot ishi faqatgina qishloq xo’jaligi 
korxonalarini qayta tashkil etish va tugatishning huquqiy tartibga solinishiga 
bag’ishlanadi
2
. T.M.Turabekov jamoat birlashmalarining fuqarolik huquqi 
subyektliligi nuqtai nazaridan ularning bekor bo’lishi masalalarini
3
, S.S.Gulyamov, 
J.I.Yuldashev, O.Toshevlar esa aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish va 
2
Shukrullayev A.X.Qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta tashkil etish va tugatishning fuqarolik-huquqiy tartibga 
solinishi: yur.fan.nomz…..diss.-Toshkent: 2001.-154 b.
3
Turabekov T.M. Obshestvennie organizasii kak subyekti grajdanskogo prava. Avtoref.diss….kand.yur.nauk.-
Tashkent: 2002.-25.b.


tugatishning o’ziga xos jihatlarini o’rganishgan, N.Lopayeva esa yuridik shaxslar 
bankrotligi masalalarini tadqiq etgan
4

Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish bilan bog’liq munosabatlarni ilmiy-
nazariy jihatdan tadqiq etishda quyidagi huquqshunos olimlarning asarlaridan 
foydalanilgan H.R.Rahmonqulov, I.B.Zokirov, O.Oqyulov, F.X.Otaxonov, 
N.Lopayeva.
Qayd etmoq lozimki bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish 
va tugatish jarayoni bo’yicha dunyoning ko’pgina olimlari tomonidan ilmiy-
huquqiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, bu borada ma’lum bir 
tadqiqotlarni amalga oshirgan chet el huquqshunos olimlaridan L.I.Podtyagaeva, 
N.M.Korshunov, 
N.D.Eriashvili, 
T.V.Yur’eva, 
V.F.Gegel, 
A.A.Klishin, 
V.I.Sinayskiy, G.Yellinek, G.F.Shershenevich va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Yuqorida keltirilgan va boshqa mualliflarning ilmiy asarlari tadqiq etilayotgan 
muammoni nazariy tahlil qilishda katta turtki bo’ldi. Uni ishlab chiqishga muayyan 
darajada hissa qo’shdi. Lekin bu muammoni (tadqiq etish borasidagi masalalarni) 
to’liq yoritib berishda ularni yetarli deb bo’lmaydi. Jumladan, O’zbekiston 
Respublikasidagi hozirgi kunda mavjud huquqiy adabiyotlar orasida bevosita 
nodavlat notijorat tashkilotlar tugatish va uni amaliyotga tadqib etishni o’rganishga 
bag’ishlangan alohida monografik tadqiqot mavjud emas. Ushbu mavzuda 
ko’pgina sivilist olimlar ijod qiliganiga qaramay ushbu mavzu hali ham to’la-to’kis 
o’rganib chiqilmagan, nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishni huquqiy 
masalalari butunlay ishlab chiqilmagan, shuningdek fuqarolik huquqi, qonun 
ijodkorligi va huquqni qo’llash nuqtai nazaridan monografik darajada kompleks 
yondashilmagan. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatilishining 
fuqarolik-huquqiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni, qayta tashkil etish 
usullarining o’zaro nisbati va farqli jihatlari, yuridik shaxslar bekor bo’lishining 
fuqarolik-huquqiy instituti sifatidagi o’ziga xos belgilari, tugatish usullarini 
4
Lopaeva N. Praktika rasmotreniya xozyaystvennim sudom goroda Tashkenta zayavleniy o priznanii doljnikov 
bankrotami.//Xozyaystvo i pravo.-Toshkent,1999.- № 11-12.-C69-72.


amaliyotga tadbiq etishdagi mavjud muammolar va ularning ilmiy-nazariy 
yechimlari chuqur o’rganilmagan. Shu munosabat bilan tadqiqot ishida 
mamlakatimizning yangi milliy qonunchiligi tizimida hali kompleks jihatdan ilmiy 
tadqiq etilmagan nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatishning usullari: nodavlat 
notijorat tashkilotlarining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) qarori asosida 
tugatilishi hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining sud qarori asosida 
tugatilishining iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimlari tadqiq etildi. 

Download 394,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish