Nobank moliya kredit muassalari “Bank hisobi va audit” kafedrasi “Pul va banklar” fani



Download 1,33 Mb.
bet2/7
Sana11.06.2022
Hajmi1,33 Mb.
#654617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nobank moliya kredit

1
2
3
Dunyo tajribasiga ko‘ra moliya tashkilotlari uchta guruhga bo‘linadi
Xalqaro amaliyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
1. Kredit uyushmalari. Ular faqat o‘z-o‘zlariga depozit qabul qiladi va o‘z-o‘zlariga kredit beradi.
2. Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta’minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabul qilish huquqiga ega emas.
3. Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo‘li bilan kredit beradi.
4. Lizing kompaniyalari
5. Faktoring kompaniyalari
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to‘la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.
a) Moliyaviy lizing
b) Operativ lizing
Davlat fondlari, nodavlat mikromoliyalashtirish tashkilotlari va kredit kooperativlarining asosiy xarakteristikasi

NMMT

Kooperativlar

Davlat fondlari

Yuridik shakli, maxsus qonunchilik

Notijorat tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tadi

Kooperativlar to‘grisidagi qonunchilik bo‘yicha faolityat ko‘rsatadi.

Budjet qonunchiligi bo‘yicha ishlaydi. Davlat ta’sis etgan yoki sezilarli bo‘lmagan nodavlat tashkilotlari ishtirokidagi fondlar

Asosiy xizmatlari

Asosiy maxsuloti-mikrokredit. sug‘urta. jamg‘arma xizmatlari ko‘rsatadigan shakllari mavjud

A’zolaridan jamg‘armalar qabul qilish, ularga mikrokreditlar berish, mikrolizing va mikrosug‘urta xizmatlari ko‘rsatish.

Asosiy mahsuloti mikrokredit

Qarzdorlarga munosabat

Mijozlarga qarz

Kreditlar kooperativ a’zolariga beriladi.

Mijozlarga qarz

Moliyalashtirish manbasi

O‘z mablaglari,
donorlar mablag‘lari, depozitlar, tijorat banklari qarzlari yoki qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish orqali qarzlari

A’zolari mablag‘larini mobilizatsiya qilish, donorlar mablag‘lari

Asosan davlat budjeti va budjetdan tashqari davlat fondlari mablag‘lari

Xizmat oluvchilar qamrovi

Kapitali hajmi, amaliyot xarajatlari va texnologik imkoniyatlari bilan chegaralangan

Kooperativga a’zo bo‘lganlar doirasi

Mablag‘lari hajmi, texnologik imkoniyatlari va maqsadli yo‘nalishlari bilan chegaralangan

Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:
O‘zining a’zolaridan jalb qilingan pul mablag‘lari
Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam
Ustav kapitali
O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi
Foyda va uning hisobidan shakllantirilgan zaxiralar
Tijorat banklarining kreditlari
Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyati yo‘nalishlariga mos ravishda shakllanadi
Masalan: Kredit uyushmalari o‘zlariga a’zo bo‘lgaan subyektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega.U ham bo‘lsa kredit operatsiyasidir.
Faktoring kompaniyasi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan shug‘ullanadi
Regress huquqi bilan
Regress huquqisiz
Ular tovar hujjatlarini 2 ta shart asosida sotib oladi
Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to‘lovchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolganda faktoring kompaniyasiga to‘lovni mol etkazib beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi.
Regress huquqi bilan
Agar tovar hujjatlari regress huquqisiz sotib olinsa , to‘lov riski to‘liq ya’ni 100 % faktoring kompaniyasining zimmasida qoladi. Chunki to‘lovchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolganda faktoring kompaniyasi to‘lovni undirish bo‘yicha mol yetkazib beruvchiga murojaat qila olmaydi.
Regress huquqisiz
Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‘lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontsepsiyasi 1850-yilda Germaniyada, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‘lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‘mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo‘lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik Kredit Uyushmalari Assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta’minlash bilan shug‘ullangan.
Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo‘lib, u uyushma a’zolariga tegishli va ularga demokratik prinsiplar asosida xizmat ko‘rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg‘armalarni jalb qilish, umumiy mablag‘lardan a’zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a’zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Kredit uyushmalari bilan banklar o‘rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, kredit uyushmasi kishilarning biror-bir guruhiga ularga tegishli bo‘lgan mablag‘larni saqlash va bir-birlariga kredit berish imkonini beradigan moliyaviy kooperativ hisoblanadi, unga aksiyadorlar emas, balki ishtirokchilarning o‘zlari demokratik tamoyillar asosida egalik va rahbarlik qiladilar.
Bundan tashqari, kredit uyushmalarining banklardan farqi shundaki, kredit uyushmasi asosiy maqsadi jamg‘armalarni safarbar qilish bo‘lgan institut hisoblanadi, bunda foyda olish asosiy maqsad hisoblanmaydi. Aksariyat hollarda banklar bir aholi punktida joylashgan aholi va korxonalardan depozitlarni qabul qiladi, va ushbu mablag‘larni boshqa bir joyda sarmoya qiladi
Bundan farqli ularoq, kredit uyushmasining barcha kreditlari ular taqdim etilgan hamjamiyat doirasida qolishi, kredit uyushmasining barcha foydasi esa (operatsion xarajatlar qoplanib, kapitallashtirish bo‘yisha talablar bajarilib, kreditlar bo‘yisha zararlarni qoplashga zaxiralar barpo etilganidan so‘ng) hamjamiyatga pay badallari bqyisha dividendlar shaklida qaytarilishi kerak yoki uning ishonchliligi va xavfsizligini mustahkamlash ushun zarur bo‘lgan kapitallashtirishni amalga oshirish uchun qoldiriladi.
Bankda nazorat jamlangan, ovoz huquqi esa aksiyadorlik kapitalida egalik qilish ulushidan kelib chiqib belgilanadi. Bu nazoratni bir nechta yirik aksiyadorning amalga oshirishiga yo‘l qo‘yadi. Kredit uyushmasida nazorat bir yerda jamlanmagan. Pay badali miqdoridan qat’iy nazar, bir ishtirokchi bir ovozga egadir.


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish