Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari – bu mablaglami jalb qilish bilan bogliq operatsiyalardir. Kredit uyushmalari mablaglami pay badallari, muddatli va jamg'arma depozitlar, boshqa moliyaviy muassasalardan kredit sifatida jalb qilishi mumkin. Shuningdek, kredit uyu shmalarining daromad va foydani shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalarini ham ulaming passiv operatsiyalari sifatida tasniflash mumkin.Kredit uyushmalarini tashkil etishning asosiy passiv operatsiyalari va ulami tashkil etishning talablaridan biri ustav kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Kredit uyushmalari pay badallari (ustav kapitali) uning ta’sischilari tomonidan shakllantiriladi.Kredit uyushmalari ustav fondi pul mablaglaridan, shuningdek, mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol – mulk hisobidan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va garovga olingan mablaglardan hamda boshqa jalb etilgan mablaglardan kredit uyushmalari ustav fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi. Kredit uyushmalarining muddatli va j amg'arma depozitlari unga a’zo jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari hisobidan shakllantiriladi. Takidlash joizki, kredit uyushmalarida muddatli va jamg'arma depozitlar bo'yicha tolanayotgan foiz stavklarining yuqoriligi aholining kredit uyushmalarida omonatlami jamg'arishga bolgan ishtiyoqini oshirmoqda. Biroq, bu omonatlar bilan bogliq risklami vujudga kelishiga sabab boladi. Kredit uyushmalari, moliyaviy muassasa sifatida qo‘shimcha resurslarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kredit uyushmalari, albatta ushbu ehtiyojni ustav kapitali, omonatlar, taqsimlanmagan foyda hisobidan qondirishga alohida e’tibor qaratadi. Shunga qaramasdan, ushbu moliyaviy manbalar hisobidan shakllantirilgan mablaglar yetarli bolmaganda tijorat banklaridan qisqa va uzoq muddatli kreditlami jalb etadi.
Kredit uyushmalari aktiv оperatsiyalari - bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablaglami tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bogliq faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida guruhlash mumkin. Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum ko'rinishida mavjud bolgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvUl va boshqa shu kabilami kiritish mumkin.Malumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalaming asosiy qismi bevosita risk bilan bogliq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ulaming aktiv operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ulaming daromadlarini shakllantirish bilan bogliq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bolsa ulaming daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori boladi va aksincha.Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablaglari, asosiy vositalar va shunga o'xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bolsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalami amalga oshirishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bogliq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablaglami daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida talddlash mumkin. Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qoyilgan muddatli jamg'armalami kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |