Noan’anaviy elektr stansiyalari


-rasm Issiqlik beruvchi EIM ishlashining prinsial sxemasi



Download 5,36 Mb.
bet5/38
Sana03.10.2022
Hajmi5,36 Mb.
#851119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
NOAN’ANAVIY ELEKTR STANSIYALARI UZB 2471

1.4-rasm Issiqlik beruvchi EIM ishlashining prinsial sxemasi


Bugʻ-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari. Keyingi yillarda An’anaviy kondensatsion stansiyalarga nisbatan samaradorligi yuqori boʻlgan bugʻ-gaz va gaz-turbina qurilmali IESlarni qurish, rekonstruksiyalash va ulardan foydalanish ommaviylashgan. Bizning mamlakatimizda ham bir qator mavjud IESlarni shu kabi qarilmalarni oʻrnatish hisobiga kengaytirish va rekonstruksiyalash ishlari olib borilmoqda.
Bugʻ-gaz qurilmasi (BGQ) tuzilishi boʻyicha ikkita qism gaz-turbina va bugʻ-turbina qismlaridan iborat boʻladi. Bunga mos holda ularda yoqilgʻining yonishida paydo boʻluvchi issiqlik energiyasi ikkita bosqichda elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularda mavjud texnologiya boʻyicha gaz yoki suyuq yoqilgʻidan foydalaniladi.
Bugʻ-gaz qurilmali IESning ish jarayonini prinsipial sxemasi 1.5- rasmda tasvirlangan. Yonish kamerasida yonishdan hosil boʻlgan mahsulot gaz turbina va mos holda elektr generatori rotorlarini harakatlantirib, elektr energiya ishlab chiqaradi (1- bosqich). Bunda gaz-turbinaning foydali ish koeffitsiyenti 0,3 (samaradorligi 30%) dan ortiqroq boʻladi. Gaz- turbinadan chiquvchi gaz hali oʻzining yuqori haroratini saqlab qolgani holda, issiqlik almashtirgich, ya’ni qozon-utilizator (bugʻ generatori) ga yuboriladi. Bu yyerda bugʻ 500°C gacha qizishi natijasida uning bosimi 80 atmosfergacha yetadi. Hosil boʻlgan bunday parametrdagi bugʻ yordamida bugʻ-turbinasi va navbatdagi elektr generatorining rotorlari harakatga keltiriladi (2- bosqich). Bu yerda birlamchi energiyaning 20- 30% qismi elektr energiyasiga aylantiriladi. Bugʻ-turbinasidan chiqqan suv bugʻi anaʻanaviy kondensatsion IESlardagi singari kondensatorda kondensatsiyalanib, qaytadan bugʻ generatoriga haydaladi.
Shunday qilib, butun BGQning foydali ish koeffitsiyenti taxminan 0,6 (samaradorligi 60%) ni tashkil yetadi.
Bunday kombinatsiyalangan texnologiya elektr energiya ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan yoqilgʻi sarfini an’anaviy kondensatsion siklda ishlaydigan qurilmalardagiga nisbatan sezilari darajada kamaytiradi. Buni ushbu qurilmalarning samaradorliklari va ularda shartli yoqilgʻining solishtirma sarfini taqqoslash orqali aniq koʻrish mumkin: BGQning samaradorligi 50-60% boʻlib, ularda shartli yoqilgʻining solishtirma sarfi 200-240 g/kVt.soat boʻlsa, An’anaviy kondensatsion siklda ishlovchi qurimalar uchun bu koʻrsatkichlar mos holda 32- 38% va 320-360 g/kVt.soatni tashkil yetadi.
BGQning ikkala qismi mustaqil, ya’ni oddiy gaz-turbina qurilmasi (GTQ) va kondensatsion IES sifatida alohida ishlatilishi mumkin. Qurilmaning bunday xususiyatidan uning qismlaridan birini taʻmirlash davrida foydalanish mumkin.
Bugʻ-gaz qurilmali elektr stansiyalari quvvatiga qarab qoʻshimcha bugʻ yoki suv isitish qozon-utilizatorlari bilan jihozlanishi ham mumkin. Bunda elektr energiya ishlab chiqarishdan tashqari, bugʻ-turbinani aylantirish va oʻz texnologik ehtiyoji uchun yo bugʻ (kichik, oʻrta va katta bosimli), yoki 140°Cdan yuqori haroratli issiq suv olish imkonini beradi. (1.5 rasm)




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish