Imom Ismoil al-Buxoriy ijodining ilk davri
M adinadagi mashhur ulamolardan Ibroxim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdullox, Ibroxim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo’lib, ulardan hadislar bo’yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini to’plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha Buxoriy Xijoz, Maka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 yil davom etgan.
So’ng, Basra, Quva va Bag’dodga safar kiladi. Shom va Misrga o’tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo’lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to’pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ’ib etishga kirishadi. Ul zotning sa’yu harakatlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Xolid ibn Ahmad az-Zuxliyga xush kelmaydi.
Shu sababli, Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykentga, keyin esa Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’iga kelib yashashga majbur bo’ladi va shu yerda vafot etadi. Imom Buxoriy hijratning 256 yili, Shavvol oyining boshlarida Fitr hayiti kechasida vafot etdilar. Bu zot 13 kun kam 62 yil umr kechirdilar.Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jixatdan qo’llab-kuvvatlagan. Tijorat qilganda topgan daromadidan oyiga 500 dirhamdan faqiru miskinlarga ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba, sarf-xarajatlarga yo’l qo’ymagan.
Buxoriy umr bo’yi hadislarni to’plash va tizimga solish bilan shug’ullangan. Ularni sahih (to’g’ri, ishonchli) va g’ayri sahih (hato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug’ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o’zaro munosabatlarini o’rganish bilan bog’lik holda olib borgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muxaddis olim, hadis ilmining sultoni.
Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to’plagan bo’lib, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g’ayrisahih» hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o’zining noyob qobiliyati iqtidori, quvvai xofizasining o’ta kuchliligi bilan ilm ahillarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o’ta fidoiylik, aql-zakovatini baxshida etish, Buxoriyga shon-sharaf keltirdi. Uning islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.
Tariхdan ayonki, Pag’ambarimiz (s.a.v.) sunnatlarini vatandоshimiz Imоm al-Buхоriy to’la-to’kis va hartоmоnlama sinchiklab o’rganib hadis ilmiga asоs sоlganlardan desak, mubоlag’a bo’lmas. Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha etib kelgan. Buxoriyning «Al-jomiy as-sahih» «Ishonchli to’plam») deb nomlangan 4 jild (jus)dan iborat hadislar to’plami islom olamidagi boshqa muxaddislar tuzgan hadis to’plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xoriyjiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o’zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991-1996 yillarda 4 jildda nashr etildi.
Buxoriy yaratgan «Al-adab al-Mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to’plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta Chop etilgan. Uning o’zbekcha tarjimasi 1990 yilda Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag’ishlangan «Kitob al-Kuna» («Kunyalar hakida kitob») 1940 yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning «At-tarix al-kabir» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr etilgan.
Asar qo’lyozmasining ba’zi qismlari Xaydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek, «At-tarix as-sag’iyr» («Kichik tarix») ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qoxirada chop etilgan. Buxoriyning yaratgan «Kitob al-Favoid» («Foydali ashyolar haqida kitob»), «Al-Jomiy al-Kabir» («Katta tayanch»), «Xal af’ol al-ibod», («Allox bandalari ishlarining tabiati»), va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha etib kelmagan. Ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi hakida ma’lumotlar bor.
Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Kur’on» («Kur’on tafsiri») kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg’ambar (s.a.v.) sunnatlari bo’yicha asosiy darslik, qo’llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.
Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o’lmas merosi El-yurti bag’riga qaytdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining xijriy-qamariy taqvim bo’yicha 1225 yilligini nishonlash to’g’risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o’rganish va targ’ib kilish, xotirasini abadiiylashtirish borasida katta ishlar qilindi.
1998 yil 23 oktyabrda Samarqanda yubiley tuy-tantanalari bo’lib o’tdi. Alloma abadiy qo’nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog’ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o’rganish va keng targ’ib kilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilanImom al-Buxoriy xalkaro jamg’armasi tuzildi.
Jamg’armaning asosiy vazifasi Kur’oni karim va Buxoriyning «al-Jomi’ as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o’tkazish va ular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat.
2000 yildan boshlab mazkur jamg’arma o’zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalkimizni milliy ma’naviy merosimizdan baxramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog’lom idrok etilishiga yordam berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. O’zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag’ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film, «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli
kinoqissa yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |