Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari
Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir.
***
Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir.
***
Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil!
***
Haqiqiy boy – nafsi to`q odamdir.
***
Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini o`zida saqlab qoldi. Uning bir bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot ham bolasini mayib qilib qo`yishdan cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona ko`tarib boradi.
***
Har bir ezgu amal sadaqadir.
***
Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i zarur.
***
Oralaringizda eng yaxshingiz – xulqi go`zalingizdir.
***
Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: “Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!” – degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: “Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir.
***
Musulmon odamning so`kmog`i – buzuqlik, urushmog`i – kofirlikdir.
***
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir.
***
Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog`dor odam ahli do`zaxidir.
***
Hech bir yokim hech narsa o`ziga yetadigan aziyatga Olloh taolodek sabr qila olmagay! Mushriklar uning o`g`li bor, deb da’vo qiladilar, ammo u ularni ofiyat qilib, rizq ato qilg`ay.
***
Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, xotirjam qilingiz, bezdirmangiz!
***
Mo`min odam o`zini bir kavakdan ikki marta ilon chiqib chaqmog`iga yo`l qo`ymas.
***
Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi.
***
Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo`lmog`ini kutaver.
HADISI SHARIFLAR
Abu Hurayra r.a. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: “Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:
1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o'tgan kishini;
3. Yolg'iz holida Allohni eslab ko'z yosh to'kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog'langan kishini;
5. O'ng qo'li bilan bergan sadaqani chap qo'li bilmagan (ya'ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo'lida do'stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda “Alloh taolodan qo'rqaman”, deb bosh tortgan kishini”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Biror qalb yoqki, Tangrining qo'lida bo'lmasa, agar xohlasa u qalbni to'g'rilab qo'yadi, xohlasa adshtirib qo'yadi. Darajalar tarozusi ham uning qo'lidadir. Birovlarning darajasini ko'tarib, boshqalarani pasaytirib turadi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Odam tanasida qornidan yomon idish yoqdir. Inson bir necha osham ovqat bilan kifoyalanadi. Agar zarur bo'lsa qorinning uchdan birini ovqatga, yana uchdan birini suvga, qolgan uchdan birini nafas olishga ajratsin”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Ilmni o'rganib, so'ng uni boshqalarga o'rgatmaslik go'yoki molu dunyoni yig'ib, uni sarf qilmay, ko'mib qo'yish bilan barobardir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Beshta g'oyibona ilm borki, ularni tangridan o'zga hech kim bilmaydi:
Tangridan boshqa hech kim ertaga nima bo'lishini bilmaydi.
Tngridan boshqa hech kim ona qornida qanday homila borligini bilmaydi.
Qiyomat qachon bo'lishini ham Tangridan o'zga hech kim bilmaydi.
Hech bir inson o'zining qaerda vafot etishini bilmaydi.
Qachon yomg'ir yog'ishini hm Tangridan o'zga hech kim bilmaydi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Inson farzandi yaratilganda yonida o'limning 99 sababi ham birga yaratiladi. Agar u shu o'limlardan xalos topib yashasagina unga qarilik nasib etadi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki qilmishig pushaymon bo'lib uzr so'ragan odamni kechirib yuborsa, uning xatolarini ham Allohi Taolo qiyomat kuni kechirur.”
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Dsturhonga to'kilgan taom va ushoqlarni terib yeydigan odamning gunohlari to'kiladi”.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Kimiki o'zini katta tutib, yurish-turishida kibru havoli bo'lsa, oxiratda Allohning g'azabiga duchor bo'lur”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Musulmon kishilarning bir-biri bilan qo'l berib so'rashishlari boshalarning o'pishib ko'rishishlari bilan barobardir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Ilmni yozib qo'yish bilan bog'lab olinglar”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Musulmon kishining umri o'tib qarigani sari unga yahshiliklar ato etilaveradi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Hikmatli so'z mo'min kishining yo'qotgan narsasidir. Uni qaerdan topsa, o'zlashtirib olishga haqlidir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Qabriston ziyoratiga boruvchi ayollarni va qabriston ustiga masjid quruvchi yoki chiroq yoquvchilarni Allohi Taolo la'natlasin!”
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki biror mo'min kishining aybi yoki gunohini bilib turib uni fosh etmay yashirsa, go'yo tirigicha ko'milgan go'dakni tiriltirganchalik savobga ega bo'lur”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Birovning uyiga beruxsat eshik yoki teshikdan mo'ralagan odamning ko'zini o'yib olish joizdir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki birovning yozayotgan yoki kelgan xatini beruxsat o'qishga intilsa, go'yoki u do'zaxga intilgan bo'ladi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Birovning uzurini qabul qilmagan kishining gunohi sudxo'rning gunohi bilan barobardir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Halol kasbdan charchab uhlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |