Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
www.ref.uz
www.google.uz
elektron kutubxonalar
www.kitob.uz
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Uchrashganlardan qaysi biri birinchi salom bersa, o'sha odamga Tangri ham, uning Rasuli ham yaqindir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki birovni o'z nomi o'rniga biror laqab bilan chaqirsa, uni farishtalar la'natlaydilar”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki o'z jahlu g'azabini qaytarsa Tangri undan o'z azobini qaytaradi. Kimki odamlarni g'iybat qilishdan tilini tiysa, Tangri ham uning aybu nuqsonlarini fosh qilmaydi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kim suv toshqini yoki yong'inning oldini olsa, unga shahid bo'lgannning savobi berilur”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki mo'min kishini “kofirsan” deb haqoratlasa, go'yo uning qonini to'kkanchalik gunoh qilgan bo'ladi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Tangri sizlarni otalaring nomi bilan qasm ichishdan qaytaradi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Bu dunyoda ikkiyuzlamachi bo'lgan odamning qiyomatda o'tdan yasalgan ikki tili bo'ladi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki shuhrat topish niyati bilan yasanib kiyim kiysa, u to uni yechmaguncha Tangrining rahmat nazaridan uzoqda bo'lur”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Bexosdan sodir bo'lgan fojiali o'lim – mo'min kishi uchun rahmat, fosiqu fojir odam uchun hasratdir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Mo'min – mo'minning ko'zgusidir. Mo'min – mo'minning birodaridir, unga maishiy ishlarida yordamlashadi, yo'qligida moli va obro'sini himoya qiladi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Haqiqiy mo'minning qo'lidan ham, tilidan ham mo'minlar ozor topmaydilar”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Mo'minlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilnadi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Otaga itoat qilish – Allohga itoat qilishdir. Unga gunohkor bo'lish Allohga gunohkor bo'lish bilan barobardir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Halol rizq istash har bir musulmon uchun vojibdir”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Doimo to'g'ri so'z bo'linglar, chunki u jannatda yahshilik bilan birgadir. Yolg'onchilikdan saqlaninglar, chukni u yomonlik bilan birga do'zaxda bo'ladi. Allohdan to'g'ri e'tiqod va ofiyat so'ranglar, chunki har bir kishiga imondan keyin ofiyatdek ulug' ne'mat berilmaydi. Bir-biringiz bilan o'zaro hasadgo'ylik, bug'zu adovatda bo'lmanglar. Oralaringizdagi aloqani uzmanglar va arazlashib yurmanglar. Alloh buyurgandek uning o'zaro do'st va birodar bandalari bo'linglar”.
Rasululloh Arafa kunini juda muborak sanaganlar ekan . hadislarda shunday deyilgan:
Arafa kunini hurmat qilingiz, zero Arafa Alloh qadrlaydigan kundir.
Arafa kuni ro`za tutganlarning ikki yillik otgan va kelasi gunohlari kechiriladi.
Arafa kuni 1000 marotaba Ihlosni Bismilloh bilan o`qiganlarning barcha gunohlari kechiriladi.
Besh kecha borki, duolar qaytarilmaydi.Rajab oyining ilk kechasi, shabonnig 15 kechasi, juma kechasi, Ramazon va qurbon hayitining kechalari.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Yolg'on gapirib odamlarni kuldirgan kimsaga vayl bo'lsin, vayl bo'lsin, vayl bo'lsin”
(Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyati)
“Kishi gapirib atrofdagilarni kuldiradi. Bundan Allohning g'azabi keladi. So'ng unga musibat yuboradi, (musibatni) atrofdagilarga ham yetkazadi. Yana bir kishi gapirib, Allohni rozi qiladi. Unga rahmatini yuboradi, so'ng atrofdagilarga ham”.
Ibrohim Naxaiy.
Hadislarda bayon qilinishicha, yomon olimlar quyidagilardir:
1.Bor ilmlariga amal qilmaydiganlar;
2.Ilmlarini suiiste'mol qiluvchilar va dunyoviy maqsadlarga vosita etuvchilar;
3.Olimlar oldida maqtanish, ahmoqlar bilan munozara qilish, majlislarda rais bo'lib o'tirish va xalqlarning yuzini o'zilari tomonga burish uchun ilm tahsil etuvchilar;
4.Alloh taoloning roziligini qasd etmagan holda ilm o'rganuvchilar;
5.Riyokor va munofiqlar;
6.Boshqalarga hasad qiluvchilar;
7.musulmonlarning imon va aqidalariga xo'jayinlik qiluvchilar;
8.hojat va mustahiq kishilar bor bo'lib turgan vaqtda ilmlarini yashiruvchilar;
9.tahqir etuvchilar, ya'ni, o'zlaridan ilmi xom kishilarni xor qiluvchilar.
10. bor ilmlarini zoe' qiluvchilar;
11. Ilmlari sababli o'z o'zlariga husni zon (oqibatni go'zal deb o'ylash) bog'lovchilar;
12. Kishilarga amri ma'ruf va nahyi munkar qilib, shu buyurgan narsalarni o'zlari qilmaydiganlar va tiygan narsalaridan o'zlari tiyilmaydiganlar;
13. Din nomi bilan dinga gumonlar va xurofotlar kirituvchilar;
14. Darvishlar va zohidlar kiyimlari ichida zohiriy ibodat bilan mashg'ul bo'lganlari holda sun zon, g'iybat va naminat (chaqimchilik) kabi axloqsizliklarni o'zlariga odat qiluvchilar.
Payg'ambar (s.a.v) aytadilar: “Nafsim qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasizlar yoki Alloh taolo o'z huzuridan azob yuboradi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi”.
Termiziy rivoyati
Hazrati ali (r.a.) Payg'ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Agar ummatim zolimni ko'rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo'rqsalar, ular foyda bermaydigan kishiga aylanadi”.
Ahmad va Hokim rivoyati
Abu Dardo (r.a.) aytadi: “Albatta yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasizlar. Bu ishni ado etmasangizlar, Alloh sizlarga zolim podshohni ega qilib qo'yadi. Kattalaringizni hurmat qilmaydi, kichiklaringizga rahm etmaydi. Yaxshilaringiz duo qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so'rashadi, yordam berilmaydi, istig'for aytishadi, mag'firat qilinmaydi”.
Bazzor rivoyati
Nabiy (s.a.v.) aytadilar:
“Kim bir yaxshi ishni joriy qilsa, unga shuning savobi va shu ishni qilgan kishining savobi qiyomatgacha borib turadi. Kim yomon sihni joriy qilsa, unga shu ishning gunohi va shu ishni qilgan odamning gunohi qiyomatgacha borib turadi”
Imom Muslim rivoyati.
Alloh taolo aytadi:
“Yaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa yoki G'arbga qaratgan kishilar emas, balki Alloh taologa, uning farishtalariga, oxirat kuniga, kitoblariga, payg'ambarlariga ishongan, yaxshi ko'rgan mol-mulkini qarindoshlariga, yetim-yesirlarga, miskinu faqirlarga, musofiru tilamchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda besh vaqt namozni vaqtida o'qigan va zakot bergan, Alloh bilan o'zi o'rtasidagi, bandalar o'rtasidagi ahdiga vafo qilgan, yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan kishilardir. Manashunday sifatlarga ega bo'lganlar diniga sodiq odamlar bo'lib, kufr hamda yaramas hulqlardan o'zlarini ehtiyotlydilar va o'zlarida yetuk insoniy fazilatlarni mujassamqiladilar”. Iymonning mukammal bo'lmog'ining uch sharti bor:
-to'g'ri e'tiqodli bo'lmog';
-odamlar bilan yaxshi munosabatda bo'lmog';
-o'z ustida ishlamoq va o'zini ibodat hamda itoatga o'tgatmoq. Kimki bularni to'la o'zlashtirsa, iymoni mukammal bo'lgaydir…
Imom Buxoriy rivoyati
Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh s.a.v aytdilar:"Musulmon odam Alloh yo'lida qancha so'z aytgan bo'lsa, qiyoAmat kuni o'shancha jarohati bor shahid qiyofasida nomoyon bo'lur, badanining rangi tig' urilganda oqib turgan qon rangida, xidi mush yanlig' bo'lgaydir",-deganlar".
Musulmon kishining musulmon kishida 5 ta haqqi bor:
1.Salomga alik qaytarish.
2.Chaqirsa, boorish.
3.Janozasida qatnashish.
4.Kasal bo'lsa, borib ko'rish.
5.Aksa urib “Alhamdu lillah” desa, javoban “yarhamukallohu va tashfik”- Allohning rahmati va shifosi senga bo'lsin, detish.
(Ibn Mojja rivoyati)
Rasuli Akram (s.a.v.) aytadilar:
“Menga do'zax ko'rsatildi. Qarasam, undagi odamlarning ko'pi inkor qiluvchilar-xotinlar ekan”.
Sahobalar: “Alloh Taoloni inkor qiluvchilarmi?”
“Yoq, erining qadriga yetmaganlar. Agar bularning bittasiga bir yaxshilik qilsang, keyin sendan nima ko'rdim, xech yaxshilik ko'rmadim, deb aytadilar” deb javob berdilar.
Saxl ibn Sa'd (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) shunday rivoyat qiladi: “Jannatning bir eshigi borki, uning nomi Rayyondir. Qiyomat kuni, ro'zadorlar qani, deyiladi. Ularning oxirgisi kirishi bilan ushbu eshik yopiladi”.
Buxoriy va Muslim rivoyati
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytadilar:" Insonning yahshi musulmon ekanligining alomatlaridan biri uning bekorchi narsalarni tark qilishidir". (Termiziy, Ibn Moja,Ibn Ahmad)
Hasan ibn Ali r.a. shunday rivoyat qiladilar:"R.s.a.v.dan ushbu hadisni yod oldim:" Seni shubhaga soluvchi harsalarni tark et, shubhali bo'lmaganlarini ol".
(Buxoriy, Termiziy va Ahmad rivoyatlari)
Hazrati Umar r.a.dan:" bir kuni R.s.a.v. ila o'tirgan edik. Shu payt oppoq kiyingan,qora sochli hech qanday musofirlik alomati bo'lmagan,hech birimiz tanimaydigan bir kishi to'g'ri R.s.a.v.ni oldilariga kelib tizzalarini u kishini tizzalariga tekkizib o'tirdi va qo'llarini tizzalariga qo'yib so'radi:"Ey,Muhammad menga Islom nimaligini tushuntiring".R.s.a.v.:" Islom Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va Muhammad uning rasuli ekanligiga guvohlik berishing, namozni ado etishing, zakotni berishing,ro'za tutishing va imkoning yetganda haj qilishing", dedilar.U odam:"To'g'ri aytdingiz", dedi.Biz uning ham so'rab ham tasdiqlaganidan ajablandik.U yana so'radi:"Aytingchi iymon nima?" R.s.a.v:"Iymon Allohga va uning farishtalariga,kitoblariga,rasullariga ohirat kuniga,yahshilik va yomonlik taqdirdan ekanligigaishonishingdir"deb javob qildilar.U kishi:"Ehson nima?" dedi.R.s.a.v:"Ehson Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishingdir.Zero,sen Uni ko'rmasang ham U seni muhaqqaqko'rib turadi"dedilar.So'ngra:" Aytinchi, qiyomat qachon bo'ladi?" deb so'radi. R.s.a.v:"Bu to'g'rida so'ralayotgan kishi so'rayotgan kishidan ortiq narsani bilmaydi"dedilar.Shunda u odam:"unday bo'lsa qiyomatning alomatlarini aytib bering"dedi.R.s.a.v:"Joriyalar o'z ho'jayinini tug'ishi,hamda oyoqyalang cho'ponlar baland imorat solishda musobaqa qilishlarini ko'rishingdir"dedilar.Shundan so'ng u kishi ketdi.Men bir muddat kutrdim.Keyin R.s.a.v:" EY,Umar bilasanmi savol bergan kim edi?" deb so'radilar.Alloh va rasuli bilguvchiroqdir dedim. UL Zot:" Bu kishi Jabroil a.s. bo'lib sizlarga diningizni o'rgatish uchun kelgan edi" dedilar.
Nabiy (s.a.v.) deydilar: “Agar mo'min kishi Allohning huzuridagi uqubatning qanchaligini bilganida uning jannatidan umidini uzib qo'yardi. Agar kofir Allohning huzuridagi rahmatning qanchaligini bilganida, uning rahmatidan hech ham noumid bo'lmasdi”.
Nabiy (s.a.v.) deydilar: “Besh narsa munofiqda bo'lmaydi: dinni bilish, til bilan taqvo qilish, yuzida tabassum, qalbida nur va musulmonlarni yaxshi ko'rish”.
Agar o'zingdan kattani ko'rsang: “U imonda va solih amal qilishda mendan o'zib ketgan, demak u mendan yaxshi”, deb ayt. O'zingdan kichikni ko'rganda: “Gunoh va osiylik qilishda men undan o'zib ketganman, demak u mendan yaxshi”, degin.
Ibn Umar r.a.dan rivoyat qilinadi:" R.s.a.v. bir kuni yelkamdan tutdilar va shunday dedilar:" Dunyoda bir g'arib va musofir kabi bo'l". Ibn Umar r.a. aytadilar:"Oqshomga yetishsang tongni,tongga yetishsang oqshomni kutma.Sog'ligingdan kasalliging uchun,hayotingdan o'liming uchun hissa ol". ( Buxoriy, Termiziy va Ibn Moja rivoyati)
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Kim folbin huzuriga borsa va unga ishonmasa, so'zini tasdiqlamasa, qirq kungacha namozi qabul bo'lmaydi. Kim folbinning huzuriga borsa va unga ishonsa? Muhammadga nozil bo'lgan narsaga kufr keltiribdi”.
“Sahihayn”da rivoyat qilingan hadisda Nabiy (s.a.v.) aytganlar: “Namozni turib o'qi, qodir bo'lmasang o'tirib o'qi, unga ham qodir bo'lmasang, yotib o'qi”
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: Payg'ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim qirq kun jamoat bilan namozning bir ra'katini ham qoldirmay o'qisa, Alloh taolo unga ikkita omonlik yozadi: biri-do'zaxdan omonlik, ikkinchisi-nifoqdan omonlik”.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
Albatta Alloh taolo ajali yetgan hech narsani kechiktirmaydi. Umrining ziyoda bo'lishi solih farzandlar bilandir. Alloh ular bilan bandasini rizqlantirib turadi. Bas, ular uning orqasidan duo qilishadi, Alloh duolarini unga qabrda yetkazadi. Manashu umrining ziyoda bo'lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |