Nizomul-mulkning siyosatnoma nizomulmulk va uning "siyosatnoma" asari



Download 0,58 Mb.
bet1/7
Sana06.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#746442
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NIZOMULMULK VA UNING


Nizomul-mulkning siyosatnoma



  1. NIZOMULMULK VA UNING “SIYOSATNOMA” ASARI

Ulug’ zotlar mehri tushgan “Qilich va Qalam sohibi”
Saljuqiy shohlarga o’ttiz yil halol vazirlik qilib, boqiy shon-shuhratga ko’tarilgan Nizomulmulk markazlashgan kuchli davlat uchun kurash olib borish bilan birga bu borada o’z tajribalarini, kuzatishlarini jamlab, umumlashtirgan holda ko’plab amirlarga, shohlar-u ulamolarga, davlat arboblari, siyosatchilar uchun zarur qo’llanma vazifasini o’tab kelgan ajoyib kitob yaratdi. Bu asar yaratilishi uchun Nizomulmulk o’zi yashab turgan davrda va makonda davlatni boshqarishdagi eng mayda masalalardan tortib, oliy darajadagi katta va muhim muammolargacha yig’ilgan tajribalari bilan atroflicha yoritib berdi. To’qqiz asr muqaddam bobolarimiz beqiyos qiymatga ega shundan asarlar yaratgan ekanlar. Hali dunyoni aksariyat mintaqalari siyosiy hayotida uyqu og’ushida bo’lganida Sharqda jumlandan bizning qadimiy yurtimizda davlatchilik bobidan kattagina tajriba to’plangan edi. Nizomulmulk o’z asari vositasida quruq pand nasihatni, ko’rsatma berishni maqsad qilib qo’ymaydi. U turli mamlakatlar va davlatlar hukmdorlari, avlodlari tajribasidan shuningdek, o’zining tajribasidan bizga maroqli hikoya qiladi. Shu jihatdan ham, garchi asar eng murakkab va mas’ulyatli insoniy faoliyat jabhasi bo’lmish siyosatdan so’zlasa-da, g’oyat qiziqarli badiiy asar sifatida maroq bilan o’qiladi.
Buyuk istiqbolli mustaqil O’zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish ishtiyoqida bo’lgan har bir davlat arbobi, mas’ul shaxs, siyosatshunos olim, ziyoli, barcha vatandoshlarimiz mazkur kitobda bayon etilgan ajdodlarimiz tajribasidan o’z faoliyati uchun zarur saboq va ma’naviy quvvat olishlari aniq.
Abu Ali Hasan Ibn Ali Tusiy Nizomulmulk (1018-1092 yillar) o’zining Sharq tarixida va madaniyatida o’chmas iz qoldirgan “Siyosatnoma” (yoki “Siyar ul-mulk”) asarini 1091 yilda yozgan. Abu Ali Hasanning bobosi “Bayhaq” qishloqig’ining eng nufuzli dehqonlaridan bo’lib, to’rt nafar o’g’ilning otasi edi, Uning katta o’g’li Abulhasan Ali otasining vafotidan keyin Xurosonning voliysi Abulfazl xizmatiga kiradi. 1018-yilda uning oilasida (Tusning Rodkon viloyatining Navg’on qishlog’ida) Abu Ali Hasan tug’ildi. U dastlab shuyerda tahsil oladi, keyin Nishopur va Marvda o’qib, voyaga yetgach, Balxga borib Ali Ibn Shodon xizmatiga kiradi. Keyinchalik Dovud Ibn Mikoilga dabir (saroyning kotibi, munshiysi) bo’ladi. Dabirlik mansabidan saljuqiylar shohi Alparslon (1063-1072 yillar) saroyida vazirlik darajasigacha ko’tariladi va “Nizomulmulk” ya’ni mulkning nizomi, tartibi ma’nosini anglatuvchi nomi bilan shuhrat qozonadi. Bu vazirlik davrida u qariyb butun davlat ishlarini o’zi olib boradi.
Nizomulmulk saroy va davlatda juda obro’-e’tiborga ega bo’lishiga qaramasdan mansabdor va hasadgo’ylarning ig’volaridan doim xavfsirab yashar edi. Hatto, Alparslonning o’zi ham uni rofiziylik (“rad etish” ya’ni shiyalik mazhabidagi bir jarayon. Ular dastlabki uch xalifa bo’lmish Abu Bakir, Umar, Usmonlarni tan olmasdan, faqat Ali va uni avlodlarini xalifa deb bilishidir)da ayblab, uni islomning shofeiy mazhabida emasligidan afsuslanar edi. Shohning bunday munosabatidan Nizomulmulk o’z asarida taassuf bilan eslaydi.
Alparslon vafotidan keyin uning 17 yoshli o’g’li Malikshoh
(1072-1092 yillar) taxtga o’tiradi. Nizomulmulk uning saroyida ham vazirlik qilib, bu shoh davlatiga katta madad beradi, mulkini boshqarib turadi. Malikshoh uni o’z homiysi “otabek” deb atagan. Nizomulmulk o’z vazirligi davrida ilm va madaniyatni, ko’plab olim va mashhur kishilarni qo’llab-quvvatlagan va ularga homiylik qilgan. Ulug’ astronom olim va shoir Umar Hayyom (1040-1123) ham uning marhamatidan bahramand bo’lgan. Uni 1074-yili sosoniylarning shamsiy taqvimini (kalendarini) isloh etish uchun tuzilgan guruhga rahbarlikka taklif etib, yiliga 1200 tuman haq to’lashini bildirgan. Shuningdek Nizomulmulk Bag’dod, Basra va Isfahonda “Nizomiya” nomidagi madrasalar qurdirgan.
Shu hukmronlar davrida Nizomulmulk Arabistondan to Turkistongacha bo’lgan ulkan mamlakatni boshqargan. Hatto halifalik poytaxti bo’lmish Bag’dod ham Malikshoh qo’lida edi va uni bevosita vaziri boshqargan. Tarixchi Mirxondning “Razvat us-safo” asarida bir hikoya keltirilgan ekan: Bir kuni Malikshox Nizomulmulkning o’g’li sulton shahnasini tahqir qilganligidan hafa bo’lib, vazirini buni bildirib, odam yollab shunday deydi: “Agarda sen menga davlat boshqaruvida sherik bo’lsang mayli-ya, lekin, menga tobe bo’lsang nega o’g’lingni nazorat qilmaysan, haddidan oshibdi-ku. Xohlasam buyurib, seni vazirlikdan tushuraman”. Nizomulmulk bunga javoban: “Sening davlat-u tojing mening davotimga bog’liq. Sen mendan vazirlikni olsang, sendan tojingni olishadi”. Amir Temur “Temur tuzuklari”da Nizomulmulkni davlatni boshqarishda ibrat qilib ko’rsatib, uning fazilatlariga ta’riflar bergan. Alisher Navoiy esa o’z asari bo’lmish “Majolis un-nafois”da Nizomulmulkning o’g’li Kamoliddin Xusayn bilan qiyoslab unga nisbat beradi: “E’tibor yuzidin aning bila teng bor edi. Ammo mansab yuzidin ortti…”
Malikshoh Saljuqiy o’z hukmronligi davrida saroyning olim va fozillariga davlatni boshqarish tartiboti, qoidalari va usullari haqida bir risola yozishni, unda o’tgan shohlar davridagi hayoti va tajribalaridan misollar keltirishni buyuradi. Bu risola, avvalo, davlatni boshqaruvida dastur vazifani bajarishini takidlaydi. O’ziga xos ijodiy bellashuvda Nizomulmulkdan tashqari yana uch kishi ham bor edi. Bularni orasida 1091 yili yozilgan Nizomulmulkning 39 bobli “Siyosatnoma” yoki “Siyar ul-mulk” (“Podshohlar turmushi”) asari shohga manzur bo’ladi. Shundan so’ng Nizomulmulk 1092-yili asarni qayta ishlab chiqadi va uni ko’chirib, Sulton Malikshohga yetkazish uchun saroyning maxsus kotibi Muhammad Mag’ribiy An-Nosihga topshirib, o’zi Bag’dod safariga ketadi.
1092-yili Malikshoh o’ldirtirilganidan keyin, saroyda toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqadi. Bu kurashda Nizomulmulk Malikshohning katta o’g’li Barqayoriqning taxt uchun kurashiga madad beradi va bu bilan Malikshoxning xotini Turkonxotuning ashaddiy dushmaniga aylanadi. Davlat ishlarida ancha sezilarli kuchga ega Turkonxotun Nizomulmulkni vazirlikdan olib, o’rniga o’ziga yaqin kishisini tayinlaydi. Nizomulmulk shunday ig’volar bilan vazirlikdan ketgandan so’ng Bag’dod safarida Abu Tohir ismli yollanma qotil tig’idan
1092-yili 14-oktabrda o’ldiriladi. Shoh o’ldirilganidan keyin davlat ishlari tartibsizlikka uchrab, aholi qiyin ahvolga tushib qoladi. Shuning uchun Muhammad Mag’ribiy 1105-yilga kelib Nizomulmulk asarini e’lon qilishga muvaffaq bo’ladi.
“Siyosatnoma”ning eng qadimiy nusxalari Britaniya muzeyida (ADD 23516) hamda Berlinda saqlanadi. Bu nusxalar 1168-1169 yili Urmiya shahrida amir-hojib Alp Jamoliddin farmoniga binoan ko’chirilgan. Charlz Sheffer
1291-yili ko’chirilgan boshqa nusxadan foydalanib, asarni fransiz tiliga o’girib, 1893-yili nash ettirgan. 1914-yili Kalkutta shahrida asarni toshbosma nusxasi ham chop qilingan. Keyinchalik, 1932-yili Tehron shahrida Ibrohim Xalxoliy ishtirokida “Siyosatnoma” besh nusxa asosida solishtirilib, bosib chiqarilgan. Nizomulmulkning bu asari B.N.Zaxoderning sharofati bilan 1949-yili rus tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. 1960-yili esa ingliz tilida chop qilingan. Bu asarning yana bir nashri 1989-yili Dushanbeda A.Devonaqulov boshchiligida chiqarilgan. Bizning o’zbek tilimizgacha yetib kelgan nusxasi 1932-yildagi Eron nashriga asos qilib olingan.

  1. ASAR FASLI

2.1 Birinchi fasl

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish