Amir tеmur davrida ilm-fan va madaniyat



Download 359,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.04.2022
Hajmi359,56 Kb.
#530956
  1   2
Bog'liq
2 5345944152653698328



https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
AMIR TЕMUR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT 
Amir Temur buyuk sarkarda, davlat arbobi, ma’naviyat va ma’rifat homiysi, 
shuningdek, xalqini jahonga mashhur qilgan buyuk va betakror shaxsdir. Ayniqsa, 
uning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning 
avlodlari sa’y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, 
bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir 
Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri 
Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy 
mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab 
go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. 
Sohibqiron o‘sha davr va o‘zigacha bo‘lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va 
madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal o‘zlashtirgan ulug‘ siymo, 
qomusiy ilm, aql egasi bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, uning otasi amir 
Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu 
fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. 
Helda Hukhem «Yetti iqlim sultoni» asarida ta’kidlaganidek, «Temur ... jismonan 
baquvvat, ma’naviy hayotning yuksak qadriyatlarini egallagandi, doimo olimlar 
davrasida ishtirok etar, ulardan talaygina fanlarni o‘zlashtirgandi, tarixni yaxshi 
bilardi». Shuning uchun ham uning boy, serqirra ijodi, tengi yo‘q va takrorlanmas 
shuhrati asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga eson-omon o‘tib, barcha alg‘ov-
dalg‘ovlarga bardosh berib, bizlargacha yetib keldi. 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
Buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temurning 
abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning ruhiy-
ma’naviy poklanishi va milliy o‘zligini anglashida bitmas-tuganmas chashmadir. 
Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan 
jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh 
yozganidek, «... olimlarga mehribon, sayyid-u shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo 
va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam 
ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzat-u ikromini unga izhor 
qilardi». Ko‘plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono 
Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono 
Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar 
Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning xizmatida bo‘ldilar. 
Amir Temur ilm-fanning riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), 
me’morchilik, falakiyot (astronomiya), adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga 
katta e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle 
shunday yozadi: «Buni teran anglagan Sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan 
dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash 
bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin, Amir Temur, avvalo, o‘sha 
yerlik olim-u fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda 
bahslashar edi». 
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak 
salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mirzo Ulug‘bekning davlat 
arbobi bo‘lish bilan birga, buyuk olim darajasiga yetishishida ham bobosi Amir 
Temurning xizmati benihoya katta bo‘lgan. 
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Samarqandning sara 
ulamolari» kitobida Amir Temur haqida jumladan quyidagilar keltirilgan: «Amir 
Temur ilmga va ulamolarga ahamiyati katta bo‘lgan. Harbiy yurish, jang-u jadalning 
ichidan Imom Muhammad ibn Jazariy rahmatullohi alayhiga o‘xshash allomalarni 
topib, o‘z diyoriga olib kelish, ularga ilmiy faoliyat uchun sharoit yaratish va ularning 
hurmatini joyiga qo‘yish oson ish emas». 
Sohibqiron Amir Temur davrida ilm-fan, adabiyot va sanat, hunarmandlik va 
me’morchilik ravnaq topdi. Temur tomonidan turli mamlakatlardan yuz mingga yaqin 
olimlar, hunarmandlar, me’morlar, san’atkorlar Samarqandga keltirilgan. Temur ilm-
fan va san’at namoyandalarini o‘z himoyasiga olgan, muayyan sharoitlar yaratgan
ularning tirikchiligi, ijodiy faoliyatlari davlat hisobiga olingan. Temur davlati sa’y-
harakatlari tufayli XIV asr o‘rtalari va XV asr boshida Samarqandda astronomiya, 
tibbiyot, riyoziyot, falsafa, tarix kabi fanlar, me’morchilik, adabiyot, san’at, xattotlik 
va musiqa san’ati gurkirab o‘sadi, ko‘p olimlar, san’atkorlar yetishib chiqadi. 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
Amir Temurning ma’naviy va ma’rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari, 
nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. 
Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o‘z ishiga munosabati, 
aholi turli qatlami – raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi 
hayotiy ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan. 
Amir Temur shaxsida biz o‘sha zamonning eng yetuk ma’naviyat sohibini 
ko‘ramiz.
U avvalgi ajdodlar tarixini yaxshi bilgan, ularning xatolari va yutuqlaridan xulosa 
chiqara olgan, egallagan har bir bilimini amaliyotga qo‘llay olgan zukko inson edi. U 
axloqi va odobi kamolotga yetgan, imoni baquvvat, adolat uchun kurashadigan 
to‘g‘riso‘z, yetimparvar, ilm-fanni sevguvchi, bir umr o‘rganishdan charchamaydigan 
ilm-u tolib hukmdor edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bir nechta tilni mukammal bilgan, o‘z 
davrining mashhur olimlarini ham donoligi va o‘tkir bilimi bilan dovdiratib qo‘ygan. 
Temuriylar davrida butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali 
Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy, olimlar – Mirzo Ulug‘bek,
Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar – Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, musavvirlar – Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak 
naqqosh, xattotlar – Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad 
bin Nur kabilar ma’naviyat va ma’rifat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. 
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va temuriylar davrida taraqqiysiga yetgan 
ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa 
bo‘lib qo‘shildi. Natijada shaharsozlik, me’morchilik, ilm-fan, madaniyat va san’at 
sohalari jadal rivojlandi. Xalqaro savdo va diplomatik aloqalar faollashdi. Boshqacha 
aytganda, o‘lka dunyoning eng buyuk siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi. 
Bunda ulug‘ bobomiz, Sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va 
benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa, yoshlar to‘g‘ri anglamog‘i lozim. Zero, Amir 
Temurning adolatli jamiyat barpo etish, xalq farovonligini ta’minlash, o‘zaro 
hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga oid ezgu 
tamoyillari bugun yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy islohotlar 
bilan hamohangdir. 
Valijon HAQLIYEV, 
tarix fanlari nomzodi, 
dotsent, iste’fodagi podpolkovnik. 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi

Download 359,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish