Nizomul-mulkning siyosatnoma nizomulmulk va uning "siyosatnoma" asari



Download 0,58 Mb.
bet2/7
Sana06.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#746442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NIZOMULMULK VA UNING

(ZAMONA ODAMLARINING AHVOLLARI VA SULTONI ODIL, SHAHANSHOHI A’ZAM XALADULLOHU MULKAHUNING MADHI HAQIDA)

Alloh odamlardan bir kishiga qudratini ko’rsatib, davlat va iqbol beradi, Haq taolodan bilim va aql topib, shu bilim bilan qo’l ostidagilardan har birini o’ziga teng biladi, har biriga martabasiga mos qilib, mansab beradi, xizmatkorlarini xalq o’rtasidan ajratib oladi, har biriga bir martaba va manzala beradi, din va dunyo zarurati-yu muhimoti bilan ularni taminlaydi, raiyatni muhofavat qiladi, toki uning adli soyasida xaloyiq rohat ila yashab kun ko’rsin. Agarda xizmatkor va yo mahramlardan biri noloyiq ish tutsa-yu, yaxshilikdan tushunib olsa, ularni qayta ishga qo’yish kerak, agar ular hushyor bo’lmay vafo qilishmasa, ularni boshqa loyig’iga almashtirish lozim. Raiyatdan birortasi xiyonatni andisha bilib, sotqinlik qilsa, gunohini bo’yniga qo’yib, aybiga yarasha jazo berib, ulardan voz kechish kerak.


Davlatni idora qilish talablaridan yana biri bu davlat va shaharlarini obod qilishdir. Chetdan qoriz qazib suv keltirish, katta ariqlar qazish, qal’alar, shaharlar, zebo binolaru keng ko’chalar qurdirishdir. Tolibi ilmlar uchun madrasalar ochish ham zarur, chunki bunda shohning nomi abadiy qoladi va uning savobidan mulkida sulh-u tinchlik hosil bo’ladi.
Alloh taolo hudovandi olam va shahanshohi muazzimni olam maliklaridan uzoq bo’lgan karomatlar va buyukliklar bilan bezatgan. Unga har tomonlama fazilatlarini ato etgan. U zotdan berilgan ilm-u martabaga munosib bo’lish, e’tiqodli va imoni mustahkam bolishi darkor. Shuning uchun Alloh taolo loyiq martabasi va yaxshi e’tiqodiga yarasha unga davlat-u mulk berdi. Xaloyiq esa shu podshohning adl-u siyosati soyasida kun kechirib, duoyi hayriya qilmoqda.

2.2 Ikkinchi fasl


(PODSHOHLAR TOMONIDAN ALLOH TAOLO NE’MATLARI QADRINI BILISH HAQIDA)

Alloh taolo ne’matlari qadrini podshohlarning bilishlari ularning xalqqa qiladigan hayr-u ehson va adolatlaridan ma’lum bo’ladi. Din ulamolari aytganlaridek: “Mulk kufr ila mavjud bo’lishi mumkin, zulm bilan esa barbodlikka mahkumdir”.


Hikoyatda shunday diyilganki, Payg’ambar (s.a.v.) ida, qiyomat kunda kimki biror xalqqa boshliq bo’lib, farmon beruvchi bo’lsa, qo’llarini bog’lab olib kelinar ekan. Odil bo’lgan bo’lsa, qo’llari adl-u insofdan ochilib, jannatga olib borar ekanlar. Agarda zolim bo’lgan bo’lsa, shu bog’langan qo’llari bilan do’zaxga tashlanar ekanlar. Haqiqatan, podshohi olam biladiki, buyuk kun – qiyomatda uning qo’l ostida bo’lgan haloyiq javobini undan so’raydilar. Agarda boshqa kishiga havola etilsa, qabul qilmaydilar. Shunday ekan bu ish muhimotini hech kimga topshirish va haloyiq ishlaridan g’ofil qolish ham kerak emas. Shoh qo’lidan kelganicha yashirincha va oshkora tarzda xalq ahvolidan xabardor bo’lishi shart.

2.3 Uchinchi fasl


(PODSHOHNING MAZLUMLARINI QABUL QILISHI, ODIL VA YAXSHI XULQLI BO’LISHI HAQIDA)

Podshoh haftada ikki kun zulm ko’rganlarni qabul qilib, zolimlarni dodini berib, jazolab va raiyat so’zlarini bevosita eshitib borishi kerak. Agarda “podshoh dodhohlarni oldiga chaqirtirib, haftada ikki marotaba ularning so’zlarini eshitadi va zolimlarning jazosini beradi”, degan xabar mamlakatga tarqalsa, unda zolimlar qilmishlarini oqibatini o’ylab, qo’rqib bedodlik qilmaydilar.


Hikoyatda shunday deyiladi, Somoniylar o’rtasida eng odili amir Ismoil Inb Ahmad bo’lgan. U xudovand kishi to’g’risida ancha narsa yozilgan bo’lib uning otasi Xuroson-u Iroq, Movarounnarhga egalik qilardi. Ismoil Somoniy Iroqni bosib olganidan keyin, doiy (davit etuvchi. Ismoiliya mazhabini targ’ibotchisi)lar uni aldab, ismoiliya mazhabiga kiritadilar va u xalifaga qasd qilib, unga qarshi chiqadi. Keyin Bag’dodga yurish boshlab, abbosiylarni yo’q qilish uchun yo’lga chiqadi. Halifa Yaqubning Bag’dodni olishga mayl qilganini eshitadi. Bu ikki hukmdor o’rtasida bir necha bor elchilar bordi-keldisi bo’lib o’tadi, shunda Ismoil Somoniy sezadiki, Yaqub Ibn Lays botiniy (shia mazhabidagi bir jarayon)lar tasiriga tushib qolgan edi. Shunday qilib urush payti keldi, Bag’dod yaqinida bo’lgan voqealar ancha qiziq bo’lgan edi. Xalifa Yaqubning lashkari o’n mingtadan oshar edi. Ismoil Somoniyning lashkari esa bu borada nochor edi. Shunda Ismoil Ibn Ahmad tunda Yaqub Ibn Lays qo’shini amirlariga chopar yubortirib ayttiradiki, u (Yaqub) ochiq isyon ko’tarib, shialar tarafiga o’tmoqchi, bizning honadonimizga kelib, o’rnimizga dushmanlarimizni qo’ymoqchi degan xabar beradi. Bu ma’lumotni eshitganlarning ko’pchiligi agar shu holat rost bo’lsa, biz jang maydonida sening tarafingda bo’lamiz deyishadi. shunday ham bo’ldi va xalifa mag’lub bo’ldi. Uning ukasi ham bor edi xalifa Amru Ibn Lays degan. U ham Ismoil Somoniy bilan jang qiladi va yetmish minglik qo’shinini o’n minglik Somoniy lashkarlari yengadi va Amru Lays asirga tushadi. Ismoil Somoniy Amru Laysni xotamtoy, hudojo’yligini yaxshi bilar edi. U lashkar amirlariga va buyuklariga qarab dediki, Unga (Amir) birorta ham zarar yemasin, toki asirlikdan qutilsin deydi. Shunda Amir Ibn Lays o’ziga odam yuborilishini so’rab, unga muhim xabar yetkazishini aytadi va shunday deydi:
- “Bu mamlakatni xudoyi taolo mendan oldi va senga berdi, men senga faqat yaxshilik tilayman. Sen mulkimni olding ammo xazina va iztizxor
(oziq-ovqating) yo’q. Menda va akamdagi xazinalar ro’yxati ayni damda menda va uni hammasini senga taqdim etaman”. Shunda Ismoil Somoniyning javobi o’zgacha bo’ladi:
- “Otalaring bir misgar bo’lsa, senga va akangga xazina qayerdan kelardi? Osmoniy tasodif tufayli uni zo’ravonlik bilan oldingiz. Bularni hammasini odamlarga zulm qilib, noxaq yo’llar bilan, qari kishilar-u g’ariblarning moli, yetim-u zaiflarning xaqqini yeyish bilan qo’lga kiritgansiz. Shularning javobini xudoyi taolo oldilda o’zlaringiz berishingiz kerak. Sen makkorsan vas hu zulmni mening bo’ynimga qo’ymoqchisan.
Erta qiyomat sizlardan mol tovonini so’rasalar, nimaiki bo’lsa Ismoilga berdik va undan talab qilinglar, deb javob berasizlar. Mening dushman uchun javob berishga toqatim yo’q”.

2.4 To’rtinchi fasl



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish