demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O‘zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limi tizimiga doir qonun hujjatlari asosida ishlarni tash kil etish;
yakkaboshchilik tamoyili — ma’lum maqsadga qara- tilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari yillik ish rejasini to‘liq bajarishga qaratiladi;
hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;
aniqlik tamoyili — pedagogik, metodik va xo‘jalik ishlarini ma’lum maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;
xo‘jalikni boshqarish tamoyili — ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
tanqid va o‘z-o‘zini tanqid — rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;
farqlash tamoyili — ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg‘or ish tajribalarni ko‘ra olish;
yangilikni his qila olish tamoyili — o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogika texnologiyalarni o‘zlashtirish va ish faoliyatida qo‘llay olish.
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish sohasining metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi konsepsiya va nizomda ko‘rsatib be- rilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. SHu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilik- ka va pedagogik tamoyillarga zid bo‘lmagan har qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir.
Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo‘g‘in ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta’lim to‘g‘ risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya xo‘jalik ishlarini to‘g‘ri va oqilona yuritishni, ta’lim ja- rayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.Ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkre- ditatsiya yakunlariga ko‘ra, ularga ta’lim sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Muassasa tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg‘armalar va homiylar vakillarini o‘z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
SHunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. SHu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlangani shundan dalolat beradi.
Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi — bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lom va etuk bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, ta’limning keyingi bosqichi — o‘rta maktabda o‘qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg‘otishdan iborat. SHuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsep- siyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an’ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va ota-onalarning o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
SHu ma’noda 1993 yilda qabul qilingan hamda farzandlarimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ko‘zda tutgan «Sog‘lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to‘garaklarini tash- kil etish;
bu borada mamlakatimizda va xorijda to‘plangan ilg‘or tajribani o‘rganish va ommalashtirish;
mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘yin tarzida, xususan, xalq milliy o‘yinlari asosida tashkil etish va o‘tkazish;
bolalarning sog‘lig‘ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish mashg‘ulotlarini uzluksiz olib borish.
Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy
ish hujjatlari:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (T., 1997).
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (T., 1997).
«Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida»gi Nizom (T., 2017).
«Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (T., 2008; 2011).
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (T., 2008; 2012).
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar.
«Bolajon» dasturi (T., 2010).
Do'stlaringiz bilan baham: |