Taqrizchilar:
Pedagogika faniari doktori : K.Y.Qilicheva
Psixologiya faniari nomzodi .dots : M.Sh.Rasulova
Kirish
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Bu muomolarni to’laqonli hal etishda o’qituvchi-pedagogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish, ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarini samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu talablar pedagogika oily o’quv yurtlarining maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha malakali kadrlar tayorlashga ham taaluqli bo’lib, bu iqtisos beradigon fanlarning nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqazo etadi.
“Maktabgacha pedagogika ” fani bo‘yicha tayyorlangan ushbu darslikda ana shu nazariy -metodolagik asoslarga tayanilgan holda asosiy e’tibor – maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, maktabgacha ta’lim didaktikasi, O’zbekistonda maktabgacha ta’limni vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta’lim sohasi bo’yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tarbiyalashning o’ziga hos xususiyatlari shakil va ussullari, bollalarni maktab ta’limiga tayyorlashni nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi o’rtasidagi xamkorlik aloqalari, turli tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va xalq ta’limi tizimi tomonidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.
Darslikda ilk bor- maktabgacha pedagogika fanining vujudga kelish tarixi, maktabgacha ta’lim didaktikasi, “Bolalar huquqlari to’g’risida Konventsiya”ni ta’lim-tarbiyaviy jarayonga qo’llashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilganligi ushbu manba nufuzini oshiradi.
Shuniningdek, mazkur masallalar bo’yicha chet davlatlarda pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo’yicha fikr va mulohazalari ham o’rin egallagan.
Darslikda ajdodilarmizdan meros bo‘lib qolgan tarbiya an’analari va aqidalari, metodi va yo‘l-yo‘riqlari nazariy jihatdan tahlil qilingan “Maktabgacha pedagogika” ning nazariy asoslari insonning aqliy kamolatini yuksaltirishga qaratilgan, Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog’liq holda izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedogogika sohasida amalga oshirilayotgan ta’lim- tarbiyaviy va metodik ishlarni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqazo etadi. Bu hol asosiy iqtisos beradigon kursning zaruriy g’oyaviy- nazariy darajasini ta’minlashga uning mazmunini umumiy pedagogika fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy matodologiya va nazariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va malakalarini o’zlashtirishga imkon yaratadi.
“Maktabgacha pedagogika”fanini o‘rganish orqali talabalar tug‘ilgandan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim –tarbiya ishlari mazmuni va metodlarini , uni tashkil etish shakllarini, bolalarni maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabgacha ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va nazarot qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o‘rganishda pedagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metadologik qoidalarga tayanilgan Maktabgacha pedagogikasi fanining g‘oyaviy-nazariy darajasini ta’minlashga ,uning mazmunini pedagogika fani sohasida qo‘lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuqlar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosida yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar ro’yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur o’zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek ularda o’z ustida mustaqil ishlash ko’nikmasining hosil bo’lishiga xizmat qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillik yillarida mazkur sohada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxasislar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta’lim muassasalari, uslubchilari, pedagogika universiteti, insitutlari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |