Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 4,39 Mb.
bet291/314
Sana29.12.2021
Hajmi4,39 Mb.
#84355
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   314
Bog'liq
МАКТАБГАЧА ПЕДАГОГИКА. 2018 .

METODIK BIRLASHMALAR

Metodik birlashmalar — maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga oid eng dolzarb masalalar muhokama etiladigan va hal qilinadigan uslubiy tuzilmalardir.

Metodik birlashmalarning asosiy vazifasi — pedagog va tarbiyachilarning ijodiy faolligini oshirish va yangilikka intilishlarini qo‘llabquvvatlash, o‘z ishiga tanqidiy munosabatda bo‘lish va xolisona baho berish so‘nikmasini shakllantirish, zimmasidagi vazifalarga yuksak mas’uliyat hissini qaror toptirish, kasb mahorati va malakasini uzluksiz oshirib borishga yo‘naltirishdan iborat.

Metodik birlashmalar butun o‘quv yili davomida (sentyabrdan maygacha) faoliyat olib boradi. U turli toifada- gi pedagogtarbiyachilar, musiqa rahbarlari, mudiralar faoliyatini takomillashtirish, ularning kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta’lim muassasalari soni ko‘p bo‘lgan yirik tumanlarda bunday birlashmalarni bo‘lim (yoki bir necha bo‘lim) shaklida taptkil etish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Har bir bo‘limda 18—20 maktabgacha ta’lim muassasalari kiradi.

Birlashmaning ishlash muddati, faoliyat doirasi va vakolatlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Odatda, uning yig‘ilishlari 2 oyda bir marta o‘tkaziladi.

Metodik birlashma tarkibini shakllantirishda pedagoglarning ish staji, kasb mahorati va malakasi e’tiborga olinadi. Masalan, mudiralar uchun tashkil etilgan metodik birlashma tarkibiga kiritiladigan pedagoglar (yirik tumanlar uchun) oliy ma’lumotli, besh yil va undan ziyod ish stajiga ega bo‘lishi zarur:

O‘rta va maxsus ma’lumotga ega va ish staji kam bo‘lgan mudiralar va uslubchilar uchun ham metodik birlashmalar shunday tartibda tashkil etiladi.

Tarbiyachilar uchun metodik birlashmalar tashkil etishda esa ularning joriy yilda qaysi yoshdagi bolalar guruhida ishlagani e’tiborga olinadi.

Metodik birlashmalarning ko‘rgazmali qurollar va yangi uslubiy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish borasidagi faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Metodik birlashma ishining samarasi uning faoliyati xalq ta’limi bo‘limi va metodika kabineti tomonidan qay darajada boshqarilayotganiga ham bog‘liq.

Qoraqalpog‘iston Respublika, viloyatlar, shahar va tumanlar metodika kabinetlari metodika birlashma rahbari va xodimlari malakalarini oshirish ishini yo‘lga qo‘yadi, jumladan, bir yilda 2—3 marta uslubiy birlashmani tashkil etish va rejalashtirish, uni boshqarish, zamonaviy fan yutuqlari, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tatbiq etish kabi mavzularda seminarlar tashkil etadi.

SHahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari metodika kabineti reja tuzish, ma’ruzalar tayyorlash, turli ko‘rikko‘rgazmalarni tashkil etishda birlashmalar rahbarlariga yordam beradi.

Maktabgacha ta’lim bo‘yicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qo‘llanmalar, amaliy taklifavsiyalar, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etiladi. Ular vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng maktabgacha ta’lim muassasalariga tarqatiladi.

Metodik kabinet o‘z oldidagi vazifalarni hal etishda materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga javob berishi, o‘tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e’tibor berishi lozim.

Uslubiy-pedagogik yig‘ilishlar asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun o‘tkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va aqaiy rivoj- lanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yig‘ilish- lar 1 yoshdan 2 yoshgacha guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har chorakda 1 marta o‘tkaziladi. Yig‘ilishlarda mudira, uslubchi va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham ishtirok etadi.

Metodik birlashma faoliyati uslubchi tomonidan nazorat etiladi.

Mamlakatimiz hududidagi barcha xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tizimida maktabgacha ta’lim yo‘na- lishi bo‘yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi.




Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish