Inklyuziv ta’lim – har bir bolaning, shu jumladan, alohida talab-ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatiga egaekanini ko‘zda tutuvchi ta’lim turi.
Model (lotincha – me’yor, namuna) – hodisa yoki jarayonning tabiat va jamiyatdagi tavsifi.
Sifatli pedagogika – bolalarni o‘yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o‘qitish, bolalarning sog‘lig‘ini (ham ruhiy, ham jismoniy) ta’minlash imkoniyatini yaratadigan, ularni maktabga muvaffaqiyatli kirishga yordam beradigan o‘qishga qiziqish va hohish uyg‘otadigan dasturlar bo‘yicha o‘qitish, ota-onalarning ijobiy bahosi, o‘qitishda ijtimoiy natijalar, salomatlik va tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |