RESPUBLIKAMAKTABGACHATA’LIM
METODIKASIKABINETI
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo‘yicha etakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv- metodika markazi, Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko‘rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’- lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Bolajon» dasturini to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
Ilg‘or ish tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlari, na- zoratchi-uslubchi, mudiralar, uslubchilar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahpil etish asosida);
Maktabgacha pedagogikailg‘or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqpar, xalq pedagogikasi an’analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim- tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi.
Metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari
Metodika kabineti o‘z zimmasiga yuklangan vazi- falarga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o‘rganadi;
«Bolajon» dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o‘qishga, seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazishga va to‘garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas’uldir. Kengash tarkibiga uslubchilar, o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tar- biyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o‘quv yurtlarining yetuk professor o‘qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalash- tirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilgor pedagogik tajribalarni to‘plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta’lim bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog‘liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma’ruzalar, seminar-treninglar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
4. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutub- xona tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |