Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Yashay olish huquqi – bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o‘zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo‘lish kabi adolatli hayotiy me’yorlardir.
Rivojlanish huquqi – bolalarning o‘z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Ya’ni bilim olish, o‘yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.
Bolalar zo‘ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo‘lishlari shart. Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga; - adliya tizimidagi zo‘ravonliklar va qiynoqlarga; - bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; - bolalar mehnati; - balog‘at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish; - o‘smirlarning giyohvand moddalarini iste’mol qilishi – muammolariga alohida e’tibor qaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |