Nizomiy nomidagi


II.2.Qo’shiq o’rgatish orqali o’quvchilarda Vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish



Download 75,97 Kb.
bet3/4
Sana03.03.2017
Hajmi75,97 Kb.
#3716
1   2   3   4

II.2.Qo’shiq o’rgatish orqali o’quvchilarda Vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish.

Ona allasi zamirida milliy madaniyat, milliy mafkura, milliy ma’naviyat yotadi. Chaqaloq ruhiga u asta-sekin singdirilib boriladi. Buyuk zotlarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Muhammad Bobur, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy singari buyuk allomalardan bahramand bo’lganlar. Allalardagi mazmun bolaga katta tarbiya vositasi ekanligini har birimiz bilib olishimiz lozim. Allalar zamirida buyuk qadriyatlarimiz borligi, tarbiya o’chog’I nimadan boshlanishi, alla ham tarbiyaning asosoi ekanligi bizga sir emas albatta.

Respublikamiz taraqqiyoti va o’zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarni har tomonlama komil topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yosh avlodni ma’naviy baquvvat, bilimli o’z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalash zamonamozning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Bu esa ta’lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko’lamli muammolardan biridir.

Tarbiyalash deganda har tomonlama yetuk, o’zida axloqiy poklik, ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni yetishtirish nazarda tutiladi. Tarbiya tizimida musiqa san’ati yetakchi o’rinda turadi. Hozirgi musiqa va umuman san’atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda maktabning roli shak – shubhasiz kattadir. Maktab yoshlarga bilim asoslarini singdiradi. Bolaning ilmiy dunyoqarashini shakllanishi va mustahkamlanish yo’lida asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi.

Muaiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi.Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va musiqiy estetik tarbiyasining muhim vositasi hisoblanadi.

Qo’shiqchilik san’ati o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodnining musiqiy-estetik tarbiyasidagi eng kuchli vositalaridan biridir. Kuy, musiqa , ashula matni, ijrochi maxoroti uyg’unlikda insonga har tomonlama ta’sir qilishni ta’minlaydi. Kuy va uning musiqiy ifodasi insonning hissiyotiga, matn esa uning sezgilari va ongiga ta’sir etadi.

Qo’shiqchilik san’ati o’zbek xalqining barcha qatlamlariga singib ketgan . Xalqimizning qayg’u hasratlariga, xursandchiligiga, kelajakka bo’lgan go’zal intilishlari kabi hissiyotlariga hamroh bo’lib kelgan.

O’zbek xalq kuy va qo’shiqlari shunchalar xilma-xilki, ular orqali bolalarni ma’naviy va axloqiy dunyosini har tomonlama o’stirish, oliyjanob fazilatlarini kamol toptirish mumkin. Bunday asarlarga misol qilib, “Alla”, lapar,lirik termalar, bolalar qo’shiqlari, “Yomg’ir yog’oloq”, “Lolacha”, “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Sust xotin”, “Lola I”, “Lola II”,mehnat qo’shiqlari, katta ashula, lirik, epic qo’shiqlar, mumtoz asarlarni aytib o’tish mumkin.

Ilova N-1 “Boychechak”

Ilova N-2 “Lola I”

Ilova N-3 “Nima-nima deysiz?”

O”zbek xalq qo’shiqlari mehnatkash xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib, og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o’tib kelgan va hozirgi kunda o’z qadri va muxlislarini yo’qotmagan. Vatan haqida kompozitorlarimizning yaratgan qo’shiqlari ham o’z mazmuni, kuyi, bolalar ovoz diapazoni, qiziqish, dunyoqarashi yoshiga moslab yozilgan bo’lib, o’quvchilar uchun mos keladi.

Bularga:

2.”Salom maktab” Sh. Yormatov musiqasi

3. “Maktabim” F.Nazarov musiqasi

4.”Ochil paxtajon” M.Burxonov musiqasi

5. “Vatanginam” A.Mansurov musiqasi

6.”Tinchlik bog’I” N.Nasimov musiqasi

7.”Bizdan sizga kim kerak” M. Nasimov musiqasi

8.”Oy Vatanim”Sh. Yormatov musiqasi

9.”Sog’lom avlod qo’shig’I” Sh. Yormatov

10.”Ayiqpolvonlar bog’chasi” T.Toshmatov

11.”Diyor madhi” N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlarni misol keltirishimiz mumkin.

Ilova N4


“Bizdan sizga kim kerak?”

Ilova N5 “Maktabim” F.Nazarov

Ilova N6 “Vatan mehri” I. Ikromov musiqasi

Bu kuy qo’shiqlarning barchasi musiqa fanidan tuzilgan yangi Davlat Ta’lim Standartlari musiqa dasturiga kiritilgan. Musiqa o’qituvchisi o’quvchilarni yoshi, sinfi, ovoz diapazoni, qiziqishi, yil chorak dars mavzulariga mos qo’shiqlarni tanlab o’rgatishi mumkin. Qo’shiqlar bilan birga tinglash uchun berilgan musiqiy asarlar ham o’quvchilarni Vatanparvarlik tuyg’usini shakllantiradi. Bular o’zbek xalq qo’shiqlari, “Do’loncha”, “Jamalagim”, “Dilxiroj”, “Asp bo’laman”,”Chamanda gul”, “Andijon polkasi”, “Qari navo”, “Gulbahor”, “Farg’onacha” va kompazitorlar yaratgan:”Bahor valsi” M.Mirzayev, “Kichik paxtakor” F.Nazarov, “Paxta raqsi”, “Jazoir” M.Abdurasulov, “Cho’li iroq”, “Munojat” kabi kuylar misol bo’la oladi.

Ilova N7 “Munojat” I.Ikromov musiqasi

Ilova N8 “Qari navo” O’zbek xalq kuyi

Ilova N9 “Chamanda gul” O’zbek xalq kuyi

Vatanparvarlik tarbiyasi axloqiy tarbiyada alohida o’rin tutadi. Hadisi sharifda “Vatanni semoq iymondandir” deb bejiz aytilmagan. O’qituvchi va o’quvchilarga musiqa darslarida qo’shiq o’rgatish bilan birga Vatanga muhabbat, faxrlanish, Vatanimizni, xalqimizni yutuqlaridan quvonish, uning ravnaqi yo’lida halol xizmat qilish, fidoiy bo’lishligini o’rgatadi.O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash faqat musiqa fani vaqtida emas, balki sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda ham amalga oshirish kerak.”Ilhom chashmalari”, “O’zbekiston vatanim manim” kabi turli qo’shiq tanlovlarida ishtirok etish ham vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalaydi.

Yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalashda qo’shiq san’atidan foydalanish zarurligini yana shu bilan izohlash mumkinki, xalq tarixni harakatlantiruvchi kuchdir, san’atning barcha turlarini shu jumladan, musiqa san’atini ta’minlaydigan hayotdagi donolikni, axloqiy poklikni jonli manbaidir. Shunga ko’ra madaniyat tarixida har qanday san’at turiga oid yaxshi asarlar, shu jumladan qo’shiq ijro asarlari yaratilgani bejiz emas. Hozirgi asosiy vazifasi sifatida belgilangan tarbiyaga kompleks yondashishning faqat shaxsni har tomonlama kamol taptirish emas, balki tarbiyaning vosita shakl va usullaridan foydalanishning ham taqozo etadi. Pedagogikada shaxsni uyg’un kamol taptirishdek, murakkab vazifani bajarishda yordam beradigan har bir muammo muhim va ahamiyatlidir.

Pedagogik amaliyotni tashkil etish jarayonida O’zbekiston Respublikasi prizidenti I.A. Karimovning asarlari va ilgari surilgan konsentual metadologik hamda nazariy ma’lumotidan kelib chiqqan holda ulardagi keltirilgan fikrlaridan foydalanish mushkul masalan, “Farzandlarimiz bizning g’ururimizdir. Bu har bir inson uchun tushunarli albatta. Biz haqiqatdan ham o’z farzandlarimiz va nabiralarimiz bilan faxrlanishni istasak- ular zamonaviy bilimi va tajribaga ega, iymonli- e’tiqodli bo’lishlariga, Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom ettirishlariga erishishimiz lozim” deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov.



II.3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Maktabdan va sinfdan tashqari musiqiy tarbiyanining asosiy tamoili o’quvchilar ni iloji boricha ko’proq ommaviy va to’garak sihlariga jalb etib, o’quvchilarni dunyoqarashini shakllantirish, badiiy didni va musiqiy qobilyatini o’stirish, o’quvchilarni ijodkorligini oshirish va ularni yangi hayot qurishda yetuk barkamol inson qilib tarbiyalash.

Tadqiqot ishi: Sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy to’garaklar yordamida yosh avlodni ma’naviy va axloqiy dunyosini har tomonlama rivojlantirish. Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat.


  1. Musiqa madaniyati darslarida iqtidorli musiqiy uquvi shakllangan, qobilyatli

o’quvchilarga alohida e’tibor berib, to’garak ishlariga jalb etish.

  1. Taniqli kompozitorlar va bastakorlarning ijodi va musiqiy asarlari yordamida

axloqiy estetik tomondan tarbiyalash.

  1. To’garak faoliyatini faollashtirish ya’ni maktab jamoasi oldida turgan tuman,shahar, respublika tanlovlarida qatnashish.

Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa maktablariga bolalar ijodiyot markazlariga o’quvchilar saroylariga, muzeylarga sayohat tashkil qilish va o’quvchilarda go’zallik tuyg’usini rivojlantirish yuksak estetik didni shakllantirish san’at asarlari yordamida tabiat go’zalliga va boyligini asrashga o’rgatish. Tadqiqot ishining 6-sinf o’quvchilari psixologik jihatdan ancha hayotiy tajribaga boy,fanlarga qiziquvchan bo’ladilar. Diqqat e’tibori turg’unlashgan bo’ladi. Qo’shiq haqida tanlangan asar haqida mustaqil fikr yurita oladilar. Ovoz diapazoni (Do1-Mi2) Ma’lum miqdorda rivojlangan bo’ladi. O’zlarining sevgan mashg’ulotlariga astoyidil mehr bilan qaraydilar. Hajm jihatdan kattaroq musiqani tinglashga, kuylashga qodir bo’ladilar.

Tadqiqotning nazariy metadologik asoslarini – Prizident Islom Karimov Abdug’aniyevich asarlari, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat farmonlari, olimlarning risolalari, dasturlar, qo’llanma va tavsiyanomalar tashkil etadi. Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimov-“Barchamiz yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayotimizning bosh sohalaridagi ahvol avvalo xalq ma’naviyatini tiklanishi, boy tarixiy merosimizni saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir” degan edilar.

Mutafakkirlarimiz Ibn Sino, AL Farobiy, Axmat Yassaviy musiqa san’ati haqida o’z fikrlarini bildirganlar. Buyuk shoir g’azallar mulkining sultoni Alisher Navoiy musiqani-nodir san’at g’oyat katta iste’dod va malaka talab qiladigan deb takidlaydi. Musiqa o’z ta’sirini oshiruvchi ijodiyot olamiga behad ta’sir etuvchi kuchdir, - deydi. Prezident I.A.Karimov o’z nutqlarida “Jamiyatimizning eng muhim fazifalaridan biri o’zidan ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni tarbiyalab voyaga yetkazish bizning asosiy maqsadimizdir”-deb bejizga aytmagan edilar.

Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, o’quvchilarni iloji boricha tetikroq ommaviy va to’garak ishlariga jalb etib ularni dunyo qarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o’stirish tabiatga, Ona Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatini oshirish kerak. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarida musiqa darslaridan foydalangan holda to’garaklar tashkil etishdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikkita shakli mavjud;



  1. Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli.

  2. Musiqa tarbiyasining to’garak shakli.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o’quvini tekshiruvidan o’tkazmay, yangi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga qo’shimcha bayramlar, “Musiqa haftaligi”, “O’zbekiston vatanim mani,”, “Ilhom chashmalari” ko’rik tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertlarga sayohat “Alifbo” bayramlari, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Bolalarning qiziqishiga, yoshiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib amalga oshirish chinakam badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etishi lozim. Musiqa o’qituvchisining ommaviy musiqiy ishlar rejasi, musiqa o’qituvchisi va maktab, tarbiyaviy va ma’naviy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda o’quvchilarning yoshi, qiziqishiga bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Bunda o’quvchilarning musiqiy o’quvi, qobilyati hisobga olinmaydi. Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning ommaviy shaklining mavzusi aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog’i lozim. Bunda har bir tadbir mavzusi, asosiy maqsadi va vazifalariga qarab o’quvchilar jalb etiladi, to’garak ishlarni rejasini esa musiqa o’qituvchisining o’zi o’z imkoniyatiga qarab mustaqil tarzda tuzadi. O’qituvchi to’garak ishlariga o’quvchilarni musiqiy qobilyati, hoxish-istagi, qiziqishi ovoziga qarab tanlab oladi va turli xil to’garaklarga jalb etadi. Haftasiga ikki, uch bor to’garakni guruhlarga bo’lib ishlaydi. To’garak ishining asosi musiqa darsidir. To’garak ishlariga qobilyatli, musiqa darslarida faol qatnashadigan o’quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning loyaqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to’garagiga jalb etiladi. To’garak faoliyatini faollashtiradigan narsa bu maktab sahnasidir. O’quvchilar tadbirlarda qo’shiqlar, raqslar ijro etib maktab jamoasi oldida e’tibor qozonib, tuman, shahar respublika ko’rik tanlovlarida qatnashadilar. Bularni o’z mehnatidan zavqlanish his-tuyg’ularini Ona Vatanga muhabbat tuyg’usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o’qituvchi o’z imkoniyatlariga qarab turli to’garaklar tuzilishi mumkin.

Xor-to’g’ri uyushtirilishi va tarbiyaga solingan, hushovoz qobilyatli o’quvchilar jamoasidir.

Ashulla va raqs ansambillari-iqtidorli va o’ta iqtidorli qiz va o’gil bolalar tuzilgan o’zbek xalq raqslar dastasi.

Vokal ansambillari-musiqiy qobilyatga ega bo’lgan qizlar dastasi.

Cholg’uchilar ansambli- musiqa maktabda qobilyatli o’quvchilardan tuzilgan o’zbek xalq cholg’ular dastasi.

Raqs ansambli- musiqiy o’quvga ega bo’lgan iste’dodli o’g’il yoki qizlardan tuzilgan dasta.

Orekstr (duhavoy, xalq cholg’u asboblari orkest) – musiqa maktablarida tahsil olgan, biror cholg’u asbobda mukammal kuylar ijro etishni bilgan iqtidorli o’quvchilar jamoasidir.

Yakkaxon cholg’uchilar – o’ta iqtidorli harakatchan, yoqimli ovozga ega bo’lgan o’quvchilarni yakka tartibda qo’shiqlar ijro etishiga aytadilar.



Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa tarbiyasini to’g’ri tashkil qilish muhim ahamiyatga ega, chunki, sinfdan tashqari musiqa mashg’ulotlari o’quvchilarni badiiy tarbiyasini takomillashtirib, chuqurlashtirib boradi. Ularning mumtoz musiqa va xalq ijodining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi. O’zbekistonning bir qancha umumiy maktablarida ma’lum darajada sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi yo’lga qo’yilgan va talab darajasida ish olib boriladi. To’g’ri tashkil etilgan to’garak maktabning obro’si, sharafi va iftixoridir. Bunday to’garaklar maktab ma’naviyati tomonidan qo’llanib, o’quvchilarni onglilik ruhida tarbiyalash, har yoqlama garmonik komol toptira borishi ishiga to’g’ri munosabatda bo’lish samarasidir. Mamlakatimizda vokal-xor madaniyatini rivojlantirishda bolalarning ovozini tarbiyalash va asrash masalasi juda katta ahamiyatga ega. Har bir musiqa o’qituvchisi va xor jamoasining rahbari bolalarda ovoz aparatining tuzilishi uning rivojlanishi xususiyatlarini bilish lozim. Xor bo’lib qo’shiq kuylash repertuarini to’g’ri tanlash shu bilan birga o’quvchilarni ovoziga qarab qulay bo’lgan mashqlar tanlab guruhlarga, ya’ni ovozlarini bo’lib o’z doimiy joylariga o’tirishini takidlab o’tish kerak. Shuningdek xor mashg’ulotlarini haftasiga 2-3 bor o’tkazish maqsadga muvofiqdir.Maktab xor jamoasini muvoffaqiyatli ishlashi uchun quyidagi ish mazmuniga rioya qilish lozim.

  1. O ‘quvchilarni yoshiga ya’ni sinfiga qarab xorga qabul qilish (I-III), (IV-VI), (VII-IX).

  2. O’quvchilarni musiqiy o’quvi, qobilyati, ovoz diapazoniga qarab ovozlarga bo’lish.

  3. Xor tarkibini aniqlash (o’rtacha xor, kichik xor, katta xor)24-50 kichik xor, 30-50 o’rtacha xor, 50-70 katta xor.

4. Xor mashg’ulotlarini qulay joyda va iloji boricha kunning birinchi yarmida yoki soat 12-14 gacha o’tkazish maqsadga muvofiqdir.Xor jamoasi bilan muntazam ravishda ish olib borilishi, 2-3 ovozli jo’rsiz asarlarni qo’llashda muhim ahamiyatga ega. Xor bo’lib qo’shiq kuylash o’quvchilar hayotini, ularning his tuyg’ularini va orzu istaklarini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Qo’shiq o’quvchilarda nafosat tuyg’ularini har tomonlama shakllantirishda va oliyjanob fazilatlarni kamol toptirishda vosita bolib xizmat qiladi. Qo’shiq kuylash nafosat tarbiyasining bitmas-tuganmas manbaidir,chunki u inson yuragi va aqlini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Shuning uchun ham maktablarda musiqa madaniyati darslari bilan birga sinfdan va maktabdan tashqari shakllantirish yo’lga qo’yish lozim. Mashhur kompozitor va pedagog D.B.Kovolovskiy aytganidek; “Bolalarni san’atga o’rgatish ham, murakkab vazifa hamma murakkabligi shundaki, ularning ichki kechinmalariga ta’sir etmay turib, haqiqiy san’atni o’rgatish aslo mumkin emas”. Har bir o’quvchining qobilyati va qiziqish uni hisobga olib, uning ishtiyoqi va o’quviga qarab turli to’garaklarga jalb etiladi. To’garaklarning asosi musiqa darsidir. To’garak faoliyatini faollashtiradigan narsa esa maktab sahnasidir. To’garak ishlari maxsus o’quv dasturiga qarab calendar mavzuli reja asosida olib boriladi. Maktab ma’muriyati yordamida musiqa o’qituvchisi o’quvchilarga alohida e’tibor, ehtiyotkorlik, mehr bilan tekshiruvdan o’tkazib to’garakka qabul qilishi lozim. Loyaqati, qobilyati to’liq rivojlanmagan bolalar bilan alohida suhbat o’tkaziadi. O’qituvchi xor jamoasini imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo’shiq repertuarini tanlaydi. Bir o’quv yilida 8-10 ta qo’shiq o’rgatiladi. Bulardan 2-3 tasi jo’rsiz asar. O’qituvchi tanlagan musiqiy asarlarni o’quvchilarni ovoz diapazoniga va qiziqishiga qarab tanlaydi.

Xor san’ati uzoq tarixga egadir. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq aytish deyarli hamma xalqlarning mehnat faoliyati an’anaviy marosimlari, ularni hayoti bilan bog’lanib ketgan. Xor grekcha “Xoros”-yig’ilish degan ma’noni bildiradi; Xor-uyushgan jamoa bo’lib , u ma’lum ovozga ega bo’lgan ijrochilardan tashkil topadi. Uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri o’ziga xos tembridir. Insonning ovoz apparati o’ziga xos murakkab “musiqa asbobi” bo’lib, u o’zining rang barang tembrga boyligi nihoyatda nozik musiqani ifodalash xususiyatiga egaligi bilan hamma musiqa asboblaridan ustun turadi. Chunki inson ovozi kuy va so’zni organic payvandlash natijasida natijasida musiqiy nutqini asl ma’nosini ochib beradi. Bu boroda inson ovoziga teng keladigan birorta ham cholg’u asbobi yo’q.



III.BOB.Qo’shiq o’rgatish orqali o’quvchilarda Vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish yo’llari mavzusida tajriba – sinov ishlarini o’tkazish.

Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo’lib, u o’quvchilarni musiqa san’ati asarlarini tushunishga va ijro etishga o’rgatadi. Musiqa jamiyat hayotining muhim qismidir. U inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, ularning his-tuyg’ularini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda, musiqa san’ati hayotni o’rgatadi, tasvirlaydi va ifodalaydi. Shu bois, musiqa o’quvchilarda nafosat hissiyotlarini tarbiyalash orqali ularning ma’naviy, g’oyaviy va axloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirishda, ularda oliyjanob fazilatlarni kamol toptirishda ta’sirchang vosita bo’lib xizmat qiladi.O’quvchilarni hayot tajribasi, aql-idrokini o’sib borishi Vatan tuyg’usini kundalik odatdan iymon-e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e’tiqodga aylanishi, har bir inson qalbida ichki ma’naviyatning ifodasi belgilab beradi. Milliy Vatanparvarlik deganda esa, biz o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr-muhabbat, oqibat, vijdon, shafqat, or-nomus ona yurtiga, o’z eliga sadoqat, axloqiy, manaviy qadriyatlar, g’oyalar, qarashlar yig’indisi tushuniladi. Umumiy ta’lim maktablarida vatanparvarlik musiqa ta’limining asosini tashkil etadi. Bunda musiqa ta’limining milliy asosi muhim rol o’ynaydi. Garchi musiqa madaniyati fani dasturida o’zbek xalq musiqasi og’zaki an’anadagi o’zbek musiqasi ma’lum tartibda berilgan bo’lsada, shunga qaramay boy musiqa madaniyatimizni mahalliy uslublarini hisobga olgan holda har bir dars mazmunida milliy musiqa tavsiya etilgan. Bunda ayniqsa, vokol-xor mashqlari sifatida xalq kuy va qo’shiqlardan parchalar berilishi maqsadga muofiqdir.Musiqaning bu fazilatlaridan har bir sinfda o’quvchilarning yosh xususiyati, hayotiy tajribalari, musiqiy bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda foydalaniladi. O’rta sinflarda o’quvchilarni hayotiy tajribalari boyigan, aniq (konkret) fanlarni o’raganish jarayonida ilmiy dunyo qarashlari tarkib topayotgan davr bo’ladi. Shunga muvofiq o’rganadigan asarlar ham janr, xajm va badiiy mazmun jihatdan tobora jiddiylashib bordi. Xalq musiqa ohanglari o’zbek kompozitorlarimiz ijod etgan Ona Vatanimiz, jonajon Respublikamiz go’zalligini ularga mehr-muhabbatni madh etishga bag’ishlangan xilma-xil musiqiy asarlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Vatanparvarlik eng avvalo kindik qoni to’kilgan joyga, qarindosh –urug’, el-yurt ona zaminga bo’lgan hurmat, e’tibor, mehr-muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda O’zbekistonning davlat ramzlari; bayroq, gerb, madhiya, milliy konstitutsiyamiz o’quvchilarni o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi.Umumuta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida vatanparvarlik tarbiyasi kuy va qo’shiqlar yordamida shakllanadi. Vatanparvarlik – millat g’ururi, fidoyilik, o’z xalqi tarixi, uning madaniyati bilan faxrlanishi insonga xurmat extirom inson ma’naviyatiga borib taqaladi. Ma’naviyat eas bugungi kunda erishgan mustaqilligimiz poydevori, tayanchi bo’lib hisoblanadi. O’z el-yurtini saqlagan uni mashhur qilgan buyuk sarkarda Amir Temur “Lashkarlari, fuqorolari sadoqatli va fidoyiligi bu qudratli davlat”-deb bejizga aytmagan. Ana shunday fidoiy odamlar qancha ko’p bo’lsa, davlat shunchalik qudratli va boy bo’ladi. O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta’lim tarbiya jarayonini murakkab muommolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, avvalo ularda milliy qadriyatlarimizga xurmat va extirom his tuyg’ularini o’rgatishdan boshlanadi. Milliy qadriyatlar deganda biz bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy pok, halol, mehnatsevar, ishbilarmon, iymonli, aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, shuningdek, milliy ma’naviyat tuyg’usini anglab oladigan fazilatlarni, tuyg’ularni tushunamiz. Shunga ko’ra “qadriyat” degan tushuncha ham “qadr – qimmat” degan ma’noni anglatadi. Musiqa darslarida o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda milliy xalq qo’shiqlarining ahamiyati katta. Musiqa o’quvchilarni vatanparvarkil ruhida tarbiyalashning samarali va tasirchang vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa darsi avvalo tarbiya darsidir, chunki, bunda o’quvchilar yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa madaniyati darslari o’quvchilarga ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular, obrazli kechinmalar uyg’otish bilan ajralib turadi. Musiqa ayniqsa o’quvchilarni axloqiy va aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Hozirgi kunda yangi pedagogic tehnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Chunki pedagogic texnologiya5 va interfaol metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

Pedagogik texnologiyalarning asosiy negizi-bu o’qituvchi va o’quvchilarni belgilangan maqsaddan kafolotlangan natijaga erishishdan iborat. Zamonaviy pedagogic texnologiyalarni nazariyasini va amaliyotini o’rganish hamda hayotga tadbiq etish yagona pedagogic jamoa oldida turgan asosiy kuch ekanligi ilmiy va amaliy asoslab berilgan. Pedagogik texnologiyalarni o’ziga xos xusisiyatlari shundaki, ular jonkuyarlik, tashabbuskorlik va yuksak madaniyat san’atiga asoslanadi.

Yangi pedagogic tehnologiya asosida dars o’tish uchun o’qituvchi o’zining nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirish lozim. Musiqa darsini zamonaviy pedagogic texnologiya bo’yicha qiziqarli va mazmunli o’tkazish uchun, musiqa ijodkorligi, obrazli tasavvur qilish, “jonli” ijro qilish, tarqatma materiallar, kartochkalar, musiqiy cholg’u asboblar va texnik vositalardan (disk, magnit tasmalar, video tasmalar va boshqalar) qo’llaniladi. Bu o’quvchilarni nutqini o’stirishda, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda, mustaqil fikrlash qobiliyatini dunyoqarashini shakllantirishda va musiqaga qiziqish uyg’otishga faol ta’sir etadi. Masalan, musiqa darsi jarayonida o’quvchilarni guruhlarga bo’lib, zamonaviy pedagogic texnologiya shartlaei bilan tanishtiriladi. So’ngra belgilangan vaqtda bajarish lozimligini aytib o’tiladi. O’quvchilarga kartochkalar tarqatilib bo’lingandan so’ng biror bolalar qo’shig’ini fortepiano jo’rligida vokal janri talablariga rioya qilib jonli ijro etib boriladi.



Download 75,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish