Tuban boshsuyaklilarning kelib chiqishi. Umurtqali hayvonlarning kelib chiqishi suvda amalga oshgan. Dastlabki bosh suyaklilar o‘z rivojlanishida ikki tarmoq hosil qilgan. Bu tarmoqlardan biri jag‘sizlar bo‘lib, u o‘z navbatida ikki yo‘nalishda rivojlangan. Ularning biri suv tubida yashashga moslashib, bentos bilan oziqlangani sababli himoya organi sifatida qalqon hosil qilgan. Paleontologik salnoma bo‘yicha bu jarayon ordovik va silur davrlar oralig‘ida ro‘y bergan. Umurtqalilarning eng qadimgi tuban formalari jag‘sizlar hisoblanadi.
Jag‘sizlar silur davrida juda ko‘p va turli-tuman bo‘lgan va dengiz-larda yashagan. Jag‘sizlar xilma-xil bo‘lib, silur-devon davrlarda keng tarqalgan. Ular kaynazoy erasining antropogen davrigacha, hatto hozirga qadar yetib kelganlar. Jag‘sizlarlardan qalqondorlar to‘garak og‘izlilar singari bitta toq burun teshigi, ichki qulog‘ida ikkita yarim doira nay, miya qutisi bilan birlamchi jabra skeleti, endodermadan hosil bo‘lgan jabra xaltachalariga ega, lekin jag‘lari, juft suzgich qanotlari yo‘q.
Bosh qalqonning orqa tomonida joylashgan ko‘zlar yuqoridagi fikrni to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. Og‘zi hozirgi to‘garak og‘izlilarniki singari so‘ruvchi tipda bo‘lgan va plankton, hamda detrit bilan oziqlangan. Qalqondorlar devon davrida yashab so‘ng qirilib ketgan. (12,13)
Umuman olganda jag‘sizlar umurtqali hayvonlarning mustaqil bo‘lgan evolyusion shahobchasi hisoblanib, tuzilishi ibtidoiy hamda ixtisoslashgan hayvonlardir.
Jag‘sizlar ehtimol bosh suyaksizlardan ordovik davrining oxiri, silurni boshida alohidalashgan. O‘sha vaqtda yashagan jag‘sizlarni suyak qoldiqlari qazilma holda uchraydi. Silurni oxiri devon davrida yashagan jag‘sizlarning qalqonli xillari ham topilgan. Qalqonlilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi ko‘p tomondan noaniq. Ular daryolarni dengizga quyiladigan joylarida, unchalik sho‘r bo‘lmagan suvlarda va nisbatan kam harakatlanuvchi, og‘ir qalqonli bo‘lgani sababli suv ostida yashaganlar. Umurtqalilarning ajdodlari chamasi bo‘lgan jag‘sizlar dengizdan chuchuk suvlarda yashashga o‘tgan davrda tarkib topgandir.Umurtqalilarning ikkinchi shahobchasi jag‘lilar hisoblanib, ular baliqlarning juda ko‘p guruhlari uchun ajdod boshi hisoblanadi.
Baliqlar umurtqali hayvonlarning suvda hayot kechirishga moslashgan vakil-lari bo‘lib, gavdasi suyri shaklda, ikki tomondan siqilgan. Boshi tana-si bilan qo‘shilgan. Harakatlanish organlari juft toq suzgichlardan iborat. Ko‘pchilik baliqlarni gavdasi suyak tangachalar bilan qoplangan. (61-rasm) Skeleti juda ko‘p suyaklardan tashkil topadi. Muskullar teri ostida joylashgan bo‘lib, ularning qisqarishi va bo‘shashishi baliq tanasining u yoki bu tomonini harakatlantiradi. Suzgich pufagi ichakning ustida yoki u bilan tutashgan bo‘ladi.
Hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon oldingi, orqa ichak, jigardan iborat. Baliq jabralari orqali suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.
Qon aylanish yurak, qorin va orqa aortalar, arteriya va vena ham kapillyar qon-tomirlardan tuzilgan. Qon bitta yopiq tutash doira bo‘ylab harakatlanadi. Yuragi ikki kamerali bo‘lib, bo‘lmacha va qorinchadan tuzilgan. Baliq sovuq qonli organizm.
Ayirish sistemasi ikkita buyraklardan iborat. Markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miya va uni yonidan ichki organlarga suzgichlarga, teri va muskullarga boradigan nervlardan tashkil topadi.
Baliqning sezgi organlari – bir juft ko‘z, ikkita burun teshigi, eshitish organi, ta’m bilish hujayralaridan tarkib topgan.
Ko‘pchilik baliqlar ayrim jinsli. Urug‘lanish tashqarida ro‘y beradi. Ayrim baliq turlari tirik tug‘adi, nasl uchun qayg‘urish namoyon bo‘ladi.
Baliqlar katta sinfi tog‘ayli va suyakli baliqlar sinfiga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |