Nizomiy nomidagi


Yassi chuvalchanglar, ularning filogeniyasi va kelib chiqishi



Download 439,42 Kb.
bet45/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Yassi chuvalchanglar, ularning filogeniyasi va kelib chiqishi

Yassi chuvalchanglar eng tuban tuzilgan bilaterial simmetriyali uch murtak varaqli hayvonlardir. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmay, ichki organlar atrofi g‘ovak biriktiruvchi to‘qima parenximadan iborat. Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi ichak – halqum va o‘rta ichakdan tashkil topgan. O‘rta ichak va orqa chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. Nerv sistemasi bir juft oldingi gangliylar va ularda orqaga ketuvchi nerv stvollardan tuzilgan.

Ayirish sistemasi protonefridiy tipida. Qon aylanish va nafas olish sistemalari rivojlanmagan.

Yassi chuvalchanglar tipiga kiprikli chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar, monogeneyalar, tasmasimon chuvalchanglar hamda sestodsimonlar kiradi.

Kiprikli chuvalchanglar tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Hazm qilish sistemasi halqumdan va uchi berk o‘rta ichakdan tuzilgan. Hazm bo‘lmagan ozuqa qoldiqlari og‘iz orqali chiqarib yuboriladi. Maxsus ayirish sistemasi birinsi marta kiprikli chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. U ikkita yoki bir necha naylar, ko‘p naychalardan iborat. Sodda tuzilgan ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish organi rivojlanmagan. Shu sababli ayirish mahsulotlari harakatchan amyobatsit orqali tanadan chiqarib yuboriladi.

Nerv sistemasi ayrim ichaksiz kipriklarda bo‘shliqichlilarnikiga o‘xshash diffuz joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Nerv sistemasi barcha yassi chuvalchanglarda ortogen tipida.

Kiprikli chuvalchanglar nerv stvollarini soni 5-6 juftdan 1-3 juftgacha qisqargan – ya’ni oligomerizatsiya sodir bo‘lgan. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan.(31-rasm)

Germafrodit. Erkaklik jinsiy sistema urug‘ chiqaruvchi naychalar, bir juft urug‘ yo‘lidan, bir urug‘ nayidan, quyikish organidan tashkil topgan. U kloakaga ochiladi. Urg‘ochilik jinsiy sistemasi 1, 2 yoki ko‘p sonli tuxumdan, jinsiy qin va ko‘p sariqdonlardan iborat. Ichaksiz kiprikli chuvalchanglarning jinsiy bezlari rivojlanmagan. Ko‘pchilik kiprikli chuvalchanglar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.

Kiprikli chuvalchanglar ichaksizlar turkumi tuban tuzilgan dengizda yashovchi mayda bo‘lib, ichagi, protonefriyalari bo‘lmaydi, nerv, jinsiy organi sodda tuzilgan. To‘g‘ri ichaklilar turkum vakillari chuchuk suv, dengiz va quruqlikda uchraydi. Ayrim turlari mollyuskalar va boshqa umurtqasizlarda parazitlik qiladi. Uch shoxli yoki planariyalar turkumi yirik 30 sm ga boradi. Chuchuk suv, ba’zan quruqlik va dengizda hayot kechiradi. Ko‘p shoxlilar tanasi yirik (15 sm) bargsimon dengizlarda yashaydi.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish