Nizomiy nomidagi



Download 439,42 Kb.
bet47/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Ko‘ptuklilar-polixidlar. Ko‘p tuklilar sinfidan iborat. Ko‘p tukli halqali chuvalchanglarning tanasi cho‘ziq, biroz yassilangan segmentlari 5-800 gacha. Halqalari erkin yashovchilarda gomonom, o‘troq hayot kechiruvchilar birmuncha farqlanadi. Parapodiylar erkin yashovchi ko‘p tuklilarda yaxshi rivojlangan, o‘troq hayot kechiruvchilarda qisman reduksiyaga uchragan. Tana bo‘shlig‘i – selom metamer joylashgan juft xaltachalardan iborat. Selom tayanch, transport, ayirish va jinsiy funksiyalarni bajaradi. Selomda moddalar almashinuvini suyuq va qattiq moddalari to‘planadi, spermiylar va tuxum hujayralar yetiladi.

Hazm sistemasi og‘iz, ektodermal oldingi va orqa ektodermal, o‘rta ichakdan iborat.

Yirtqich tuklilarning ko‘pchiligida halqum tashqariga ag‘darilib o‘ljani tutadi. Yirtqich bo‘lmaganlarda halqum kuchsiz rivojlangan.

Sodda tuzilgan ko‘p tuklilar teri yuzasi orqali nafas oladi. Ko‘pchilik ko‘p tuklilarning parapodiylarning bir qismi jabraga aylangan. Qon aylanish sistemasi orqa va qorin bo‘ylab joylashgan qon tomirlardan iborat. Halqa tomirlar orqali qon jabralarga boradi. Qoni qizil, lekin temir birikmasi gemoglobin tarkibida emas, balki plazmasida erigan holda bo‘ladi.



Kamtuklilar germofrodit. Jinsiy bezlari metamer joylashgan. Belbog‘i tanada rivojlangan. Kam tuklilarda tana o‘simtalari – parapodiy, palpa, jabralar yo‘qolib ketgan. Ular o‘rniga qillar saqlanib qolgan.

Tanasi biroz yassilangan silindr shaklida uzunligi 0,5 mm dan 3 m gacha. Tanasi 30-40 tadan 600 tagacha halqadan tuzilgan. Tana halqalarda 2 ta qorin, 2 ta yon qillari joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasi halqum, qizilo‘ngach, muskulli oshqozon, o‘rta va orqa ichakdan tashkil topgan.(37-rasm)

Qon aylanish sistemasi ko‘p tuklilarnikiga o‘xshash. Qonning qon tomirlar bo‘ylab harakatlanishi halqum atrofidagi halqa qon tomirlari ta’minlaydi. Kam tukli chuvalchanglar teri orqali nafas oladi.

Ayirish organlari har bir halqada bir juft naychalar metanefridiylardan iborat.

Naychalarning tana bo‘shlig‘idagi uchki qismida kengaygan kiprikli voronka bo‘lib, unga keraksiz mahsulotlar to‘planadi va naychalar orqali teridan tashqariga chiqariladi.(38-rasm)

Nerv sistemasi boshqa halqali chuvalchanglarniki singari bir juft halqum usti gangliylar, halqum atrofi konnektivalar hamda qorin nerv zanjiridan tuzilgan. Ko‘zlari yo‘q lekin teri yuzasida yorug‘likni sezuvchi hujayralar joylashgan. Germafrodit, rivojlanish metamorfozsiz.



Zuluklar sinfiga asosan hayvonlarning qonini so‘ruvchi ektoparazit yoki yirtqich hayot kechiradigan halqali chuvalchanglar kiradi. Ularning tanasi qalin kutikula bilan qoplangan.

Hazm qilish sistemasi oldingi, o‘rta va orqa ichakdan tuzilgan. Nafas olish organlari odatda bo‘lmaydi, faqat ayrim dengiz zuluklarda tashqi jabralar bo‘ladi. Haqiqiy qon aylanish sistemasi faqat qildor va xartumli zuluklarda bor.

Nerv sistemasi boshqa halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash. Sezgi organlari sezgir epiteliy hujayralardan rivojlanadi. Ko‘pchilik zuluklarda ko‘zlar bo‘lib, u faqat yorug‘lik bilan qorong‘ulikni farqlay oladi. Zuluklar germafrodit.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish