Bir hujayrali hayvonlarda filogenetik bog‘lanishlar
Prokariotlardan qanday qilib eukariot hujayralar kelib chiqqanligi to‘g‘risida ilgari qayd qilindi. Shu munosabat bilan e’tiborimizni bir hujayrali sodda hayvon tiplarini orasidagi filogenetik bog‘lanishlarga qaratamiz. Yuqorida keltirilgan sodda hayvonlarning 3ta tipi – mikrosporadiylar, miksosporadiylar, asetosporalilar parazit holda hayot kechiradilar, binobarin evolyusion jarayon o‘z “xo‘jayinlari” – ko‘p hujayralilardan ancha keyin paydo bo‘lganlar. Shuning uchun bir hujayrali sodda hayvonlar ajdodini ibtidoiy tuzilishga ega mustaqil hayot kechiruvchilar orasidan izlash kerak. Ular orasida infuzoriyalar tana tuzilishi ancha murakkab, labirintular esa o‘zida ko‘p hujayrali hayvonlarning ba’zi xossalarini namoyon qiluvchi ixtisoslashgan organizmlardir. Faqat sarkomastigoforalargina sodda hayvonlarning ajdodlariga xos umumiy belgilarga egadirlar. Lekin sarkomastigoforalar xilma-xil. Ular orasida sarkodalilar va xivchinlilar kenja bo‘limlari ham bor. Ana shular ichida qaysi birlari sodda hayvonlar ajdodiga yaqin degan masala ko‘pchilik olimlarni qiziqtirib kelgan.
Pasher (1914) fikricha bir hujayralilarning dastlabki ajdodi ibtidoiy xivchinlilardir. Chunki ular ham geterotrof, ham avtotrof oziqlanadilar, xivchinlari orqali harakatlanadilar, xivchin esa prokariotlarda ham bor. Xivchin faqat protozalarda emas, metazoolarda ham uchraydi. Sarkodalilarda xivchinni bo‘lmasligini Pasher hayvonlarga xos oziqlanish bilan bog‘liq keyin paydo bo‘lgan hodisa deb tushuntiradi.(16) Ba’zibir sarkodalilar gametasida xivchinni bo‘lishi ham ularni xivchinlilardan tarixiy jarayonda kelib chiqqanligini isbotlaydi, deydi u.
Boshqa olimlar shu qatori A.I. Oparin fikricha bir hujayralilarning ajdodi sarkodoviylar. Chunki ular tanasida qobiq bo‘lmaydi, doimiy shaklga ega emas, soxtaoyoqlarni bo‘lishi, geterotrof oziqlanishi juda sodda belgilar sanaladi.Keyingi tadqiqotlar sarkodali-larning soddalashi ikkilamchi hodisa ekanligini, ba’zi bir amyobalar sitoplaz-masida kinetosomlar qoldig‘ini uchrashligi, bu esa voyaga yetgan formalarda xivchinlar reduksiyalanganligidan dalolat beradi.
G‘ovak tanlilar dengiz, chuchuk suvlarda o‘troq hayot kechiruvchi hayvonlar bo‘lib, tashqi ko‘rinishi bokal yoki tarmoqlangan poyaga o‘xshash sodda tuzilgan. Ontogenez jarayonida uning birlamchi tashqi qavati ichkariga, ichki qavati esa tashqi qavatga aylanadi.
Tanani morfologik tuzilish jihatdan g‘ovak tanlilar askon, sikon, leykon xillarga bo‘linadi. Tana devori qoplovchi hujayralar – pinakotsitlar va ichki xivchinli hujayralar (xoanotsitlar). Keyingi hujayralar suvni filtrlaydi va fagotsitoz funksiyasini bajaradilar. Xoanotsitlar xivchinlar atrofida voronka shaklida, hujayralar oralig‘ida dildiroq modda mezogleya joylashgan.
G‘ovak tanlilar orasida eng oddiysi askon. Ular mayda va yakka holda sikon shakldagi g‘ovak tanlilar katta, qalin devorli, leykon tipidagi g‘ovak tanlilar kolonial formalardir. G‘ovak tanlilarning skeleti ohakdan, muguz moddadan yoki kremniy-muguz aralashmasidan tuzilgan. G‘ovak tanlilarning xoanotsitlari amyobotsit hujayralar orqali oziqlanadi.
G‘ovak tanlilar jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadilar. Jinssiz ko‘payish tashqi yoki ichki kurtaklanish bilan, jinsiy ko‘payish shakllanmagan arxeotsitlardan mezogleyada shakllangan jinsiy hujayralar sperma va urug‘ yordamida ro‘y beradi. Zigotani bo‘linishi natijasida lichinka rivojlanadi va so‘ng u – g‘ovak tanlini hosil qiladi.
G‘ovak tanlilarda ibtidoiy tuzilishni ifoda etuvchi belgilar bo‘lib, to‘qimalar, organlar, nerv, muskul hujayralarni bo‘lmasligi, ozuqani hujayra ichida hazm bo‘lishi o‘troq holda hayot kechirish, regeneratsion qobiliyatni yuqoriligi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |