Yopiq urug‘li o‘simliklarning filogeniyasi va kelib chiqishi. Darvin yashagan davrdan boshlab paleontolog olimlar yopiq urug‘li o‘simliklarning qazilma holdagi ajdodini topishga harakat qildilar. Lekin biror natijaga erisha olmadilar. Keyingi davrda urug‘li o‘simliklarning tabiiy guruhlari o‘rtasida filogenetik bog‘lanishlarni aniqlash orqali yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi haqida mulohaza yuritish o‘rinli bo‘ladi degan qarash botaniklar orasida tarqaldi.(26)
Shu sababli yopiq urug‘lilarni faraz qilingan ajdodini topishda olimlar yangi yo‘nalish ya’ni avvalo hozirgi va qadimgi davrlarda yashagan urug‘li o‘simliklar orasidagi filogenetik aloqalarni aniqlash va olingan dalillarga asoslanib yopiq urug‘lilarni ajdodi qachon qanday ko‘rinishda bo‘lganligi to‘g‘risida hukm chiqarish asosli degan xulosaga keldilar.(1-sxema)
Mazkur muammoni hal etishda keyingi vaqtda Amerikaning Filda va Chikago shaharlaridagi tabiiy tarix muzeyi olimi P.Kreyn xizmatlari diqqatga sazovor. Dastlab u urug‘li o‘simliklarning filogenetik aloqalarini aniqlash uchun qirqquloqlar, sagovnik va qarag‘ay ustida tadqiqot olib bordi va ularning uchchalasida ksilema traxeidlardan tashkil topganligini ma’lum qildi va unga asoslanib uzoq o‘tmishda bu uch guruh o‘simlik bir ajdod formadan kelib chiqqan degan xulosaga keldi. Keyingi tekshirishlar sagovniklar va qarag‘aylar urug‘i hamda tanasida yog‘ochlik (ikkilamchi ksilema) borligi, qirqquloqlarda ular uchramasligi e’tirof etildi. Modomiki shunday ekan u holda bu ikki o‘simlik guruhini umumiy ajdodi qirqquloqlar, sagovniklar, qarag‘aylarning umumiy ajdodidan ancha keyin yashagan degan xulosaga kelish mumkin.
To‘rt xil o‘simlik guruhlarida umumiy belgilar traxeid, urug‘ va qatronni uchrashligiga qarab tuzilgan sxema qaysi o‘simlik guruhi tarixiy jarayonda qachon paydo bo‘lganligini anglatadi.
Qarag‘aylar bilan duglasiyaga xos umumiy belgi bu barglarda qatron (smola)yo‘llari mavjudligidir. Agar bunday tahlilni boshqa yanigi o‘simliklarga ham tadbiq etsak, u holda ana shu o‘simliklarning quyi guruhlariga xos belgilar soni ortib boradi.(26)
Hozirgi davrdagi o‘simliklarning ajdod belgilariga qarab filogenetik tahlilga qadimgi davrlarda yashagan urug‘li o‘simliklarga doir ma’lumotlarni qo‘shsak yopiq urug‘li o‘simliklar evolyusiyasini aniqlash anchagina oson bo‘lardi.
Quyida berilgan 3-sxemada urug‘li o‘simliklar orasidagi taxmin qilinayotgan filogenetik aloqalarning ikki A va B sxemasi tasvirlangan. B sxemada hozirgi davrdagi va qazilma holda topilgan urug‘li o‘simliklar orasida qardoshlik aloqalar berilgan. Tabiiyki yangi topilgan qazilma holdagi o‘simliklar hisobiga mazkur sxema o‘zgarishi mumkin. Ammo bu sxemadagi hozirgi ko‘rinish ham yopiq urug‘lilarning urug‘li o‘simliklar orasidagi o‘rni to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
O‘simliklar dunyosining turli guruhlari orasidagi filogenetik bog‘lanishlarga asoslangan xolda ularni tizimga solish respublika botanik olimlarning doimo diqqat markazida bo‘lgan.
bor. Ular orasidagi filogenetik bog‘lanishlarni o‘rganishga doir ilmiy tadqiqotlar XX-asrni 20-yillaridanoq G.S.Zaysev ishtirokida boshlangan, so‘ng F.M.Mauer tomonidan davom ettirilgan. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab bu sohadagi tadqiqotlar respublika Fanlar Akademiyasining akademigi A.A.Abdullaev va uning shogirdlari tomonidan davom ettirilmoqda. Madaniy g‘o‘zalarni yovvoyi g‘o‘zalar hamda yovvoyi g‘o‘zalarni o‘zaro chatishtirishdan so‘ng ularning nasllarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha ko‘pchilik amerika g‘o‘za turlari avstraliya g‘o‘za turlari orasida filogenetik yaqinlik deyarli yo‘qligi Afrika-osiyo g‘o‘za turlari bo‘lmish xerbaseum bilan afrika g‘o‘zalari arboreum orasida qisman filogenetik yaqinlik borligi bir genom guruhga kiruvchi g‘o‘za turlari filogenetik jihatdan juda yaqinligi aniqlandi.(36)
Do'stlaringiz bilan baham: |