Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

Sardorning  hikoyasi:  «Sanjar  qovunni  ko‘p  еb  qo‘yib,  qorni  og’rib  qoladi.  Otasi  «tez 
yordam»  chaqiradi.  Doktor  kelib,  bemor  Sanjarga  tezkor  tibbiy  yordam  ko‘rsatadi.  Sanjarning 
otasi, onasi doktorga tashakkur bildiradilar». 
 
Mehrinisoning hikoyasi: «Gulnoza dam olish kuni opasi, singlisi bilan hovlida o‘ynadi. 
Oyisi  murabbo  pishirgani  bir  chelak  olxo‘ri  olib  kelgan  edi.  Gulnoza,  opasi,  singlisi  o‘ynab-
o‘ynab  chanqadilar.  Olxo‘ridan  еb  olib,  bir  necha  marta  sovuqsuv  ichishdi.  Uchalasining  ham 
qorni og’rib, isitmasi ko‘tarildi. 
 
Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada bolalar doktori, hamshira 
opa  ularga  shoshilinch  yordam  ko‘rsatdi.  Ular  kerakli  dori-darmonlarni  olib,  tezda  sog’ayib 
ketdilar. Shundan so‘ng ho‘l meva еb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar». 
 
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan muhokama 
etilib,  ma’lum  qismi  bayon  qilinadi.  Bolalar  yo‘l  qo‘ygan  xatolar  tuzatib  boriladi  va  oxirida 
xulosa qilinadi.  
Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  «Bog’cha  sahnasi  uchun  saboq»  nomli  bir  pardali, 
bir  ko‘rinishli  pesa  sahnalashtirilib,  namoyish  etiladi  va  bolalarda  katta  qiziqish  uyg’otadi. 
Spektakldan so‘ng tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi. Bolalar 
ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi: 
Sobir.  Katta  ko‘chada  mashinalar  g’iz-g’iz  o‘tib  turganda,  birdan  ko‘chaning  o‘rtasida 
samokat  uchib  kelayotgan  Bo‘rivoy  ko‘rinadi.  U  mashinalarning  ishorasiga  ham  e’tibor 
bermaydi.  Shunda  svetafor  uni  to‘xtatadi  va  tanbeh  beradi.  Bo‘rivoy  bunga  e’tibor  bermay, 
qochib qoladi.  
Sanjar.  Svetafor  va  qaerdandir  paydo  bo‘lgan  Bo‘rivoy  quyonlarni  quvib  ketishadi. 
Bo‘rivoy qo‘lga olindi. Dan mashinasi еtib keladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi. 
Zuhra. Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sakrab o‘ynay boshlaydilar. 
Birdan  mashinalardan  biri  quyonchani  urib  yuboradi.  «Tez  yordam»  mashinasi  еtib  keladi  va 


quyonchaning oyog’ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya etmay ko‘chada 
o‘ynaganlari uchun shikast еydilar. 
Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini kuzatganlari asosida esda saqlab 
qolganlarini to‘g’ri izchil, gapirib beradilar. 
Ularning  hikoyasini  boshqa  bolalar  to‘ldiradilar.  Katta  guruh  bolalarining  kuzatgan 
voqeani  esda  saqlashi  asosida  nutqni  rivojlantirishga  yordam  beruvchi  hikoyasi  ham  samarali 
ekanligi  namoyon  bo‘ldi.  Ko‘rganlarini  esda  saqlash  asosida  hikoya  tuzish  bilan  bir  qatorda, 
o‘ylab,  tasavvur  etish,  hikoya  qilish  ham  nutqo‘stirishning  samarali  usullaridan  sanaladi. 
Tasavvur  etish  kichik  va  o‘rta  bog’cha  yoshidagi  bolalarda  o‘yin,  ko‘rish,  rasm  chizish 
vositasida paydo bo‘lsa, nutqfaoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy xususiyat 
kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini o‘ylab 
topadi. 
Bu  faoliyatda  «o‘ylash»,  «o‘ylab  topish»,  «ijod  qilish»  muhim  sanaladi.  Bunda  dastlab 
tarbiyachi  hikoyani  boshlab  berishi,  so‘ng  bolalar  davom  ettirishi  mumkin.  Ana  shu  davom 
ettirish, tugallash jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da 
bolalar  voqea  bo‘lgan  joy,  vaqti,  mazmuni,  qahramonlarning  xatti-harakatlariga  alohida  e’tibor 
beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutqshakliga e’tibor beriladi.  
Bu  usulda  ko‘rgazmalilik,  kuzatish  muhim  rol  o‘ynaydi.  Bolalar  o‘zlari  va 
tengdoshlarining  narsalarini  taqqoslaydilar,  o‘xshash  va  farqli  tomonlarini  bilib  oladilar.  Bu 
jarayonda hikoyani «to‘qish» oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura 
oladi?»  o‘yini  bolalarning  fikrlash  doirasi  nihoyatda  kengligini  ko‘rsatadi.  Mashg’ulotning 
maqsadi bolalarni bir qavatli va ko‘p qavatli uylar qurish, qurilish vositalari, quruvchilar haqida 
ijodiy  tasavvur  etishga,  o‘ylashga,  fikr  qilishga  yo‘llash,  quruvchilar  mehnati  bilan  tanishtirish 
asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir. 
Qurilish  materiallari:  g’isht,  panel,  bloklar,  ko‘tarma  kranlar,  yuk  mashinalar,  ishchilar 
uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg’ulot uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘taydi. 
Bolalar  uch  guruhga  bo‘linib,  tarbiyachining  topshirig’i  bo‘yicha  turar  joy,  bolalar 
bog’chasi,  do‘kon  qurishni  boshlab  yuboradilar.  Qurilish  materiallari,  ish  qurollari  har  uch 
guruhga  bab-baravar  taqsimlandi.  Bir  guruh  bolalar  rasmga  qarab,  turar  joy  binosi,  ikkinchi 
guruh bog’cha, uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat rasmdagi tasvirga qarab emas, 
o‘zlarining  tasavvurlaridagi  imoratlarni  qurishlari  mumkin.  Masalan,  rasmdagi  turar  joy  binosi 
to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsa-da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g’ishtli imorat 
quradilar. Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar. 
Imoratlarni  qurishda  bo‘sh  qolgan  bolalar  ham  uch  guruhga  bo‘linib,  «quruvchilarga» 
yordam beradilar (og’zaki). 
Turar  joy  hovlisiga  yuk  mashinalari  birin-ketin  kirib  kela  boshlaydi.  Bular  yangi  turar 
joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»larning yuklari bo‘lishi mumkin. 
Ta’lim muassasasida ham bayram - qabul marosimi. Ona-Qo‘g’irchoqlar o‘g’il-qizlarini, 
qo‘llarida  guldastalari  bilan  еtaklab  kelmoqdalar.  Bog’cha  opa-qo‘g’irchoqlar  ularni  kutib 
olayaptilar. 
Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g’irchoqlar xarid bilan band. 
Nihoyat,  asosiy  muammo,  bolalarning  o‘zlari  qurgan  binolari  haqidagi  hikoyalari 
tinglanadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish