Tetiklashtiruvchi mashq:
So‘z va harakatni uyg’unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara»
Yakshanba kun ertalab,
Chuchvara qilmoqchiydik.
Tog’oraga un solib,
Ketidan suvni quydik.
Tuxum chaqib xamirga,
Yaxshilab mushtlab oldik.
Koptokcha qilib uni,
O‘qlovda yoyib oldik.
Go‘shtni qiyma qilamiz,
Unga piyoz qo‘shamiz.
Xamirni kesib olib,
Qiyma qo‘yib tugamiz.
Tuzli suvni qaynatib,
Chuchvarani solamiz.
Do‘stlar kelgach biz uni,
Dasturxonga tortamiz.
Barcha do‘stlar kelishdi,
Chuchvarani yeyishdi.
Bizga rahmat deyishib,
Uylariga ketishdi
Bolalarning bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg’ulotni tugatish mumkin. Tez
aytishni avval sekin sur’atda, keyin tez suratda aytadilar:
Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi?
Mashg’ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |