Nizomiy nomidagi toshkent davlat


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati nimalardan iborat? 
2. Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish uslulari 
haqida nimalarni bilasiz ?.  
3. Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g’irchoqlarning roli qanday? 
4. Qo‘g’irchoqlarning qanday ko‘rinishlarini bilasiz? 
5. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari xususida to‘xtaling?.  
 
9-§. Bolalarni rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish 
Reja: 
1. 
Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishning vazifalari va 
uslubiyoti. 
2. 
Qayta hikoya qilishga o‘rgatish metodikasi. 
 
Tayanch  tushunchalar:  Tetiklashtiruvchi  mashq,  lug’at,  so‘z  oboroti,  tuzilish, 
analogiya, siluet. 
1. Turli yosh guruxlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o'rgatishning vazifalari va 
uslubiyoti.  Maktabgacha  ta'lim  muassasalarining  katta  guruxlarida  bolalarning  nutqi  qay 
darajada  shakllanganligi  aniqlanib,  maxsus  topshiriqlar  ro'yxatini  ishlab  chiqiladi,  har  bir  bola 
bilan yakka tartibda mashg’ulot olib boriladi.  
I-topshiriq  bolaga  tavsiya  etilgan  ertak  yoki  hikoyani  qayta  hikoya  qilib  bera  olishini 
aniqlash.  "Zumrad  va  Qimmat",  "Bo'g'irsoq",  "Ikki  echki",  "Ur,  to'qmoq",  "Echki  bolalari", 
"Toshbaqa  bilan  chayon"  kabi  ertak  va  hikoyalardan  uchtasini  taklif  etiladi.  Bola  ertakni  eslay 
olmasa, unga shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.  
Bolalar hikoyasi quyidagi ko'rsatkichlar asosida tahlil qilinadi: 
- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz). 
- matn mazmunining to'liqligi; 
- matnni bayon qilishda izchillik; 
- ifoda vositalaridan foydalanish ko'nikmasi; 
- nutqning ravonligi. 
Tevarak-atrofdagi  narsa-predmetlarga  oid  matnni  qayta  hikoya  qilib  berishda  bolalar 
nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin: 
- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi; 
- matndagi so'zlarga taqlid qilib so'zlaydi; 
- ba'zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi; 
- bir oz to'xtab-to'xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo'ladi; 
- nutqda ifodalilik yetishmaydi: 
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi; 
- o'zicha ba'zi so'zlarni qo'shib, ma'nosiz hikoya qiladi; 
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi; 
- hikoya qilish jarayonida matn ma'nosini o'zgartirib yuboradi; 
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. 
Bolalarga "Mehmonda", "Uycha", "Maktabga yo'l" mavzulari va ularga ishlangan rasmlar 
tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo'l qo'ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi. 


Mazkur  bog'chalarda  bolalarning  nutqini  kuzatganda  quyidagilar  asosiy  mezon  sifatida 
olinadi: 
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil bayon 
eta olishi; 
- matn mazmunini to'liq ifodalay olishi; 
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi; 
- ifoda vositalaridan foydalana olishi; 
- nutqning ravonligi, tezligi; 
- jumlalarning grammatik jihatdan to'g'ri tuzilganligi; 
- nutq madaniyatiga rioya etishi. 
Bolalar  nutqini  o'rganishning  eng  qulay  usuli,  shubhasiz,  suhbat  metodi  hisoblanadi. 
Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo'lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, 
ular  haqida  sayrlarda  uyushtirilgan  savol-javoblar  ham  muhimdir.  Shu  bilan  birga,  bolalarning 
bog'lanishli nutqini o'rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham 
muhim ahamiyat kasb etadi.  

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish