Sadriddin: Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik. To‘qqiz qavatlik qurmadik,
sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, buvalarimiz, buvilarimiz chiqishga qiynaladilar. Uyimizning
kirish joylarini, mehmonxona va yotoqxonalarini, bolalar xonasini ham keng-keng qilib qurdik.
Hovlisida turli bolalar maydonchasi bor. Gulzorlarga joy ajratdik. To‘yxonamiz ham bor. Keyin
har bir xonadon uchun mevali bog’chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar soyasida
hordiqchiqariladi. Bog’cha va do‘konni uyimizga yaqin joyga qurdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |