Nizomiy nomidagi toshkent davlat


-9-§. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

8-9-§. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari,  
metodlari va vositalari 
Reja: 
 
Hashoratlar 
 
O‘rgimchak 
Аri 
Pashsha 
Suvarak 
Chivin 
 
Qo‘ng’iz 
Xonqizi 
 
Chigirtka 
 
Аsalari 
 
Каpalak 
 
Chumoli 
 


1. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari.  
2. O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik masalalari. 
3. Mashg’ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati.  
 
Tayanch  tushunchalar:  sonor  tovushlartempi,  ovoz  kuchi,  intonatsion  ifoda,  fonematik 
eshitish, tovush madaniyati, niartikulyatsiya apparati, zamon 
1.  O‘rta  yoshdagi  bolalar  nutqini  o‘stirish  vazifalari.  Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi 
bolalarga  ta’lim  –  tarbiya  berishda  tevarak  atrof  bilan  tanishtirish  va  nutqni  rivojlantirish 
bo‘yicha olib boriladigan ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg’ulotlardagina amalga 
oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik hayotida ham, mehnat faoliyatida va o‘yin faoliyatida 
amalga oshiriladi.  
 
bolaning  o‘z  qarindoshlari,  qo‘shni  tengdoshlari  shaxsiga  va  faoliyatiga 
qiziqishini  qo‘llab-quvvatlash,  birgalikdagi  o‘yinlarda  ularning  dialogik  nutqini  yo‘lga 
qo‘yishga ko‘maklashish; 
 
turli muloqot vositalari, ya’ni - so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora)dan muayyan 
vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foydalanishni o‘rgatish; 
 
bolalarning  ertak  va  kichik  hikoyalarni  so‘zlab  berishga  qiziqishini 
qo‘llab-quvvatlash; 
 
bolani  “tovush»,  “so‘z»,  “gap»  atamalari  bilan  tanishtirish  kabilardan 
iborat.  
O‘rta  guruhda  bolaning  narsa  (buyumlar)  to‘g’risidagi  bilimlarini  chuqurlashtirish 
bo‘yicha  mukammal  ish  olib  borish  ko‘zda  tutilgan.  Bu  guruh  bolalarining  faol  lug’ati 
narsalarning nomlarini, qisimlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, 
tashqi ko‘rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib boradi. 
Bolalarning o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, 
idish-  tovoqlar,  sabzavotlar,  mevalar,  gullar,  qushlar,  hayvonlar  va  hokazolarni  ishlatishga 
o‘rgatiladi; tanish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy idishlar, 
ovqat  suzadigan  idishlar,  oshxonada  ishlatiladigan  idishlar,  oyoq  kiyimlar,  qishki  va  yozgi 
kiyimlar) o‘rgatiladi. 
4-5  yoshli  bolalar  jamiyat  hayotining  ayrim  hodisalari  bilan  tanishtiriladi,  kishilar 
mehnati,  ularning  kasblari,  mehnat  qurollari  hamda  ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan 
tanishtirilib  boriladi  va  buning  natijasida  ularning  lugatlariga  mehnat  faoliyatining 
xususiyatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi  o‘zaro munosabatlarini bildiruvchi  so‘zlar 
kiritib boriladi.  
O‘rta  guruhda  ona  shahriga,  qishlog’iga  bo‘lgan  qiziqish  va  muhabbatni  tarbiyalash 
davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat binolarining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib 
boriladi: pochta, maktab, do‘kon, kino-teatr va hakozolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va 
qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar 
hisobiga (yangi ko‘prik qurishyapti, shahar bog’i tashkil qilindi) lug’atlari boyitib boriladi. Bola 
tilining lug’at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik qurilishini ham egallay boshlaydi.  
O‘rta  guruh  yoshdagi  bola  nutqi  uchun  quyidagi  xususiyatlar  xosdir:  Bola  besh  yoshga 
etganda uning faol lug’ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana 
boshlaydi.  So‘z  turkumlaridan  otni  tez  o‘zlashtiradi,  vaqt,  son  shaxs  kabi  kategoriyalardan 
foydalanadi,  sodda  va  murakkab  jumlalar  tuzadi.  To‘rt  yoshli  bolalar  o‘z  nutqlarida 
bog’lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli 
kelishiklarda  to‘g’ri  ishlata  oladigan  bo‘ladilar.  Otlardan  so‘ng  so‘z  turkumlaridan  fe’llarni  va 
sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar.  Lekin  yangi  o‘zlashtirilgan so‘zlarni  hamma vaqt  ham  yangi 
grammatik  shaklda  eslab  qola  olmaydi,  yoyiq  gapdan  foydalangan  vaqtda  uning  mazmuni  va 
shaklini  tekshirib  ulgгra  olmaydi.  Fe’llarning  zamonga  qarab  o‘zgarishini  (hozirgi,  o‘tgan  va 
kelasi  zamon)  tezda  to‘g’ri  o‘zlashtirib  ololmaydilar,  nutqlarida  fe’llarning  zamon 
qo‘shimchalarini  almashtirib  yuboradilar.  Ayrim  bolalar  nutqida  gaplaridagi  so‘zlar  bir-biriga 
to‘g’ri bog’lanmaydi, ayrim so‘z turkimlarini tushirib qoldiradilar.  


To‘rt  yoshli  bolalarni  so‘zlashuv  (dialog)  nutqiga  o‘rgatishda  bolalarga  berilgan 
savollarga  bitta-bittadan  javob  berishga,  jamoa  bo‘lib  so‘zlashishga,  suhbatda  qatnashishga, 
o‘rtog’ining  javobini  qunt  bilan  tinglashga  va  savollar  berishga  o‘rgatiladi.  O‘rta  guruhda 
bog’lanishli  nutqni  rivojlantirishda  yangi  vazifa,  ya’ni  hikoya  qilishga  o‘rgatish  kiritiladi.  4-5 
yoshli  bolalarni  buyumlarni  tasvirlashga  (o‘yinchoqlarni,  o‘simliklarni,  kiyimlarni),  ularning 
o‘ziga  xos  belgilarini  aytishga,  bolalarga  tanish  bo‘lgan  qisqa  ertaklarni  (masalan:  «Echki 
bolalari  bilan»),  mashg’ulotlarda  birinchi  martda  o‘qib  berilgan  uncha  katta  bo‘lmagan 
hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘rgatiladi. 
4-5  yoshli  bolalar  nutqning  tovush  tomoni  ayrim  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi: 
birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, 
ikkinchi  xususiyati  esa  tovush  talaffuzidagi  kamchiliklarni  sezish  qobiliyati  yetarli 
rivojlanmagan  bo‘ladi  va  uchinchi  xususiyati  hali  bolalarda  artikulyatsiya  apparati  yetarli 
darajada  rivojlanmagan  bo‘ladi.  Bu  yoshdagi  bolalarda  nutq,  tovush  madaniyatini  tarbiyalash 
asosan  fonematik  eshitishni  va  ona  tilidagi  hamma  tovushlarni  to‘g’ri  talaffuz  etishni 
shakllantirishga qaratilgandir.  
Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so‘zlarda urg’ularni 
to‘g’ri  ishlatish,  gapirganda  to‘g’ri  nafas  olish,  va  chiqarishni  ham  tarbiyalash  zarur.  Ayniqsa, 
hushtakli (s-z), shovqinli  (sh, j,  ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g’ri  talaffuz etilishiga alohida 
ahamiyat berish kerak.  
O‘rta  guruhda  bolalarning  badiy  adabiyotga  bo‘lgan  qiziqishi  rivojlantirib  boriladi. 
Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g’ri idrok 
qilish o‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning xatti-
harakatlarini  baholay  olishga  yordam  beradi,  badiiy  so‘z  jozibasini  his  eta  olish  qobiliyatini 
tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) 
o‘rgatadi.  

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish