Nizomiy nomidagi toshkent davlat


 O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o`stirishning metodik masalalari



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

2. O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o`stirishning metodik masalalari. Ilk turdagi nutqiy 
rivojlanishda 4-5  yoshdan maxsus tayyorgarliksiz  hikoya qilib berish boshlanadi.  Bolalar sehrli 
ertaklar  va  bo‘lgan  voqealarni  bir-biriga  so‘zlab  beradilar,  o‘yinchoqlardan  foydalangan  holda 
o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va 
Qimmat», “Egri va To‘g’ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar asosida 
kichik og’zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli darajada rivojlanayotganini bildiradi. 
Bola  nutqini  ma’nodosh,  shakldosh  va  ko‘p  ma’noli  so‘zlar,  umumlashtiruvchi  nomlar 
bilan  boyitishga  harakat  qiling.  Unga  yangi  so‘zlarni  o‘zlashtirishiga  yordam  bering.  Bolada 
to‘g’ri  gapirishga  intilishni  qo‘llab-quvvatlang.  Bolaning  so‘zlarni  to‘g’ri  talaffuz  qilishiga 
ahamiyat bering. 
-  tez  aytish  va  qisqa  she’rlarda  tovushlarni  to‘g’ri  ifodalashiga  erishing.  Uning  ifoda, 
intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o‘rgating. 
Yuqorida  bayon  qilinganlar  asosida  shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  maktabgacha 
katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirlarini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va 
ifodali bayon qiladi, u nafaqat so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi 
tovushlardan  va  gaplar  qaysi  so‘zlardan  tashkil  topishini  anglab  olishni  o‘rganadi.  Bularning 
barchasi  maktabda  muvaffaqiyatli  ta’lim  olish,  bola  shaxsini  har  tomonlama  kamol  toptirish 
uchun zarurdir. 
Ota-onalarning  vazifasi  esa  farzandi  nutqining  to‘g’ri  rivojlanishi  uchun  g’amxo‘rlik 
qilishdan iborat. 
Katta  guruh  bolalarining  kuzatgan  voqeani  esda  saqlashi  asosida  nutqni  rivojlantirishga 
yordam  beruvchi  hikoyasi  ham  samarali  ekanligi  namoyon  bo‘ldi.  Ko‘rganlarini  esda  saqlash 
asosida  hikoya  tuzish  bilan  bir  qatorda,  o‘ylab,  tasavvur  etish,  hikoya  qilish  ham  nutq 
o‘stirishning  samarali  usullaridan  sanaladi.  Tasavvur  etish  kichik  va  o‘rta  yoshdagi  bolalarda 
o‘yin,  ko‘rish,  rasm  chizish  vositasida  paydo  bo‘lsa,  nutq  faoliyatida  katta  yoshida  tarkib  topa 
boshlaydi  va  ijodiy  xususiyat  kasb  etadi.  Bola  bunda  hikoyani  o‘zi  yaratadi,  ijod  qiladi, 
qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi. 


Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi 
hikoyani  boshlab  berishi,  so‘ng  bolalar  davom  ettirishi  mumkin.  Ana  shu  davom  ettirish, 
tugallash jarayonida bola o‘ylaydi,  ijod qiladi.  O‘ylash, hikoya mazmunini  «to‘qish»da bolalar 
voqea  bo‘lgan  joy,  vaqti,  mazmuni,  qahramonlarning  xatti-harakatlariga  alohida  e’tibor 
beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.  
To‘rt  yoshli  bolalarni mashg’ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyatlari bilan o‘ziga xosdir. 
To‘rt yoshli bolalarning fizшologik va psixologik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi.  Biroq  bu  yoshdagi  bolalarning  diqqati  beqaror,  irodasi  kuchsiz  bo‘lib,  tashqi  va 
tasodifiy  vaziyatlar  ta’siri  ostida  tez-tez  o‘zgarib  turadi,  his-tuyg’ulari  kuchli  bo‘lib,  buning 
natijasida qobiliyati shunchalik tez pasayadi. 
O‘rta  guruh  yoshdagi  bolalarda  zarur  bo‘lgan  nutq  malakalarini  shakllantirish  ko‘p 
martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir 
grammatik  shakldagi  so‘zdan  foydalanishda,  surat  asosida  tasviriy  hikoya  tuzishda,  she’r  yod 
oldirishda).  Har  bir  takrorlangan  material  bolalarda  qiziqish  uyg’otishi  va  diqqatini  o‘ziga 
tortishi  kerak.  Nutqni  o‘stirish  mashg’ulotlarida  bolaning  o‘zi  gapiradi,  tarbiyachining 
tushuntirishlari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalarda biror mavzuda 
hikoya  qilib  berish  yoki  tengdoshlarining  nutqini  tinglash  qobiliyati  endigina  shakllanib 
borayotgan  bo‘ladi.  Bu  xususiyatlarni  tarbiyachi  har  doim  mashg’ulotlarni  rejalashtirishda,  uni 
o‘tkazishda hisobga olishi shart. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish