Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  K.D.Ushinskiy  bolalarga  ona  tilini  birlamchi  o‘rgatish  asoschisi



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

4.  K.D.Ushinskiy  bolalarga  ona  tilini  birlamchi  o‘rgatish  asoschisi.  Rus  pedagogi 
K.D.Ushinskiy  (1824-1870)  rus  burjua-demokratik  pedagogikasi,  xususan,  maktabgacha 
pedagogikaning  asoschisi  hisoblanadi.  U  bolalarni  maktabgacha  tarbiyalash  nazariyasi  va 
amaliyoti  masalalarini  boshlang’ich  ta’lim  muammosi  bilan  bog’lagan.  Ushinskiy  pedagogika 
tizimining asosiy yetakchi g’oyasi xalqona tarbiya g’oyasi hisoblanadi, bunda u har bir xalqning 
u  yashaydigan  va  mehnat  qiladigan  tarixiy,  tabiiy  shart-sharoitlari  bilan  bog’liq  bo‘lgan  o‘ziga 
xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili - xalqonalikning eng yaxshi ifodasi deh tan olgan hamda 
ta’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola 
ruhiy  kuchlarini  har  tomonlama  rivojlantirish,  til  mohiyati  va  uning  vujudga  kelishining  bosh 
manbai  ekanligi  haqidagi  ta’limot  K.D.Ushinskiy  pedagogik  ta’limotida  markaziy  o‘rinlardan 
birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
K.D.Ushinskiy  ona  tilini  birlamchi  o‘qitishning  uchta  asosiy  maqsadlarini 
shakllantirgan: 
I. So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish; 
II.  Bolaga  fikrni  ifodalash  uchun  ona  tilining  eng  yaxshi  shakllaridan  foydalanishni 
o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish. 
III. Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish. 
Ona  tilini  birlamchi  o‘qitishning  barcha  uch  maqsadiga  ketma-ket  emas,  balki  bir 
vaqtning o‘zida erishiladi. 1861 yilda Ushinskiyning «Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur 
asar Konstantin Dmitrievichning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan 
bog’liq pedagogik g’oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi 
bo‘ldi.  O‘qish  kitobining  butun  mazmuni  muayyan  tizim  bo‘yicha  berilgan.  «Ona  tili»  kitobi 
nafaqat  bilimlar  qomusi,  balki  badiiy  ensiklopediya  ham  hisoblanadi.  Uning  1-qismidan  19  ta 
ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez aytish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar 
she’rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan. 
Ushinskiy  birinchi  bor  kitoblarida  bolalarni  o‘z  zamondoshlari  –  Tyutchev,  Nekrasov, 
Ogarev,  Turgenev  asarlari,  shuningdek,  Karamzin,  Lermontov,  Krilov  asarlari  bilan  tanishtirdi. 
Kitobni  tuzish  tartibi  quyidagicha:  u  bolaning  tabiat,  kishilar  va  jamiyat  haqidagi  bilimlarini 


kengaytirgani  va  chuqurlashtirgani  holda  uni  tanish  narsadan  notanish  narsalar  tomon  boshlab 
boradi.  Ushinskiy  6  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  nutqini  tavsiflar  ekan,  uning  ayrim 
xususiyatlarini,  masalan:  tovushning  tushunarsizligi,  lug’at  boyligining  yetarli  emasligi,  o‘zaro 
bog’liqlikning  yo‘qligini  alohida  ta’kidlagan.  U  bolalar  bilan  mashg’ulot  o‘tkazishning  turli 
shakllarini taklif qilgan: 
  bolalar hayotidan hikoyalar; 
  bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini 
bir-biriga  taqqoslash,  ular  o‘rtasidagi  umumiylik  va  farqlarni  topishda  yordam  beruvchi 
mashqlar; 
  suratlar  asosida  hikoya  qilish,  bu  bolalarga  savollarga  javob  berish,  so‘ngra  esa 
ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi; 
  bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar. 
K.D.Ushinskiyning  til  va  uning  bolaning  ruhan  shakllanishida  tutgan  o‘rni  haqidagi 
ta’limoti  nutqni  rivojlantirish  metodikasini  mustaqil  fan  sifatida  ajratish  uchun  muhim 
ahamiyatga egadir. 
1.  Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – metodikaning nazariy asoslari ishlab 
chiqildi;  uning  har  bir  odamning  rivojlanishida  tutgan  o‘rni  ko‘rsatib  berildi,  bu  esa  bolalarni 
rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asoslash imkonini berdi.  
2.  Bolalar  nutqini  rivojlantirish  ishi  maktab  ta’limiga  qadar  boshlanadigan  ish  sifatida 
alohida bo‘limga ajratilgan. 
3. 
Bolalar  nutqini  rivojlantirishga  bolaning  uzoq  davom  etadigan  ona  tili,  uning 
mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan.  Ushbu murakkab jarayon ustoz 
tomonidan to‘g’ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi. 
4. 
Ona  tilini  o‘qitish  jarayoniga  rahbarlik  qilishning  asosiy  qoidalari:  ona  tilini 
birlamchi  o‘qitishning  maqsadlari;  ularni  amalga  oshirish  mazmuni  va  shakli;  nutqni 
rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan. 
5. 
 Bola  nutqini  uning  fikrlashi,  ma’naviy  va  estetik  his-tuyg’ulari  bilan  birgalikda 
rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish