Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Yan  Amos  Komenskiyning  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  rivojlantirishga  oid



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

3.  Yan  Amos  Komenskiyning  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  rivojlantirishga  oid 
qarashlari.  Buyuk  slavyan  pedagogi  Yan  Amos  Komenskiy  (1592-1670)  G’arbning  buyuk 


olimlaridan  biri  hisoblanadi.  Uning  pedagogik  tizimi  o‘sib  kelayotgan  avlodni  insoniylik, 
tinchliksevarlik, tenglik va birodarlik ruhida tarbiyalash g’oyalari bilan yo‘g’rilgan. 
Yan  Komenskiyning  pedagogik  merosi  ulkan  va  ko‘p  qirralidir.  Olimning  chop  etilgan 
falsafiy va pedagogik asarlari uning tarixiy ahamiyatini belgilab berdi. «Onalar maktabi»da qayd 
etilgan  bolani  dastlab  oilada  tarbiyalash  va  rivojlantirish  g’oyalari  bugungi  kunda  ham  o‘z 
dolzarbligini  yo‘qotmagan.  Hajmi  kichik,  biroq  mazmuni  juda  chuqur  bo‘lgan  mazkur  asarni 
unda qo‘yilgan muammolarning dolzarbligi va ahamiyatliligi, ularni amalga oshirish uchun taklif 
qilinayotgan yo‘llar va vositalarning soddaligi hamda ishonchliligi, nihoyat oila, ayollar, bolalar 
va ularni tarbiyalashga bo‘lgan munosabatning insoniy yo‘nalishga egaligi bo‘yicha uni mumtoz 
asarlar  sirasiga  kiritish  mumkin.  «Inson  zotini  himoyalash  eng  avvalo  beshikdan  boshlanishi 
lozim». Bundan ortiq sodda va dono fikr bo‘lmaydi. Uddaburon olimlar qaysi bir ijtimoiy tarbiya 
tizimini  kashf  qilmasinlar,  baribir  bolalar  hayot  kechiradigan,  ular  jismonan  va  ma’nan 
rivojlanadigan muhit sifatida oila eng samarali tarbiya tizimi hisoblanadi. Qatorlashgan g’oyalar 
tizimiga  ega  bo‘lgan  «Onalar  maktabi»ni  birlamchi  oilaviy  tarbiya  bo‘yicha  birinchi  asar  deb 
hisoblash mumkin. 
«Onalar  maktabi»ning  bosh  g’oyasi  -  oiladagi  birlamchi  tarbiyaning  bola  uchun 
quvonchli  bo‘lishi,  uning  kelajagini  baxtli,  ota-onalar  uchun  yoqimli  va  umidbaxsh,  jamiyat 
uchun  foydali  qilishdan  iboratdir.  Komenskiy  tabiiy  iqtidorni  ilk  yoshdan  boshlab  har 
tomonlama rivojlantirish g’oyasidan kelib chiqqan holda onalar maktabi oldiga qiyin vazifalarni, 
ya’ni:  bolalarga  bilish  (bilimga  ehtiyojmandlikni  tarbiyalash,  bilimga  chanqoqlik)ni,  harakat 
qilish (mehnatkash bo‘lish, o‘zini boshqara olish va yaxshi amallar qilish)ni va gapirish (nutq va 
fikrlashni rivojlantirish)ni o‘rgatish vazifalarini qo‘yadi. Shu munosabat bilan u aqliy, jismoniy 
va ma’naviy tarbiyalash, nutq va fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha aniq maslahatlar beradi. 
«Onalar  maktabi»dagi  alohida  bir  bob  qanday  qilib  bolalarga  nutqni  mashq  qildirish 
lozimligiga  bag’ishlangan.  Komenskiy  aql  va  nutqni  rivojlantirish  uchun  bir  xil  harakat  qilish 
zarur deb hisoblagan. U aql va nutqqa organik birikma sifatida qaragan.  Bu tasodifiy emas, zero 
bola nutq tufayli o‘z fikrlarini ifodalaydi va atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishadi, nutqni 
egallash  orqali  u  atrofni  o‘rab  turgan  olamni  anglaydi.  Bolada  nutq  va  fikrlash  rivojlanadi.  U 
sensor  rivojlantirish  va  tarbiyalashga  alohida  e’tibor  bergan,  chunki  usiz  aql  va  nutqni 
muvaffaqiyatli  rivojlantirib  bo‘lmaydi.  Buyuk  pedagogning  mazkur  qoidaga  rioya  qilishni 
«didaktikaning oltin qoidasi» deb atagani ham bejiz emas. 
Nutqqa  taalluqli  bo‘lgan  boshqa  bir  g’oyani  Komenskiy  ona  tilini  o‘qitish,  ona  tilida 
o‘rgatishni talab qilish shaklida ifodalagan. Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish, Komenskiy 
xulosasiga ko‘ra, - bu eng avvalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, 
bo‘g’inlar va so‘zlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan to‘g’ri tuzish, narsalarning 
nomini to‘g’ri aytish va mos fikr bildirishdan iborat. Ushbu maqsadda Komenskiy ota-onalarga 
bolalar  bilan  muloqot  qilishda  narsalar  nomlarini  va  so‘zlarni  buzmasdan,  to‘g’ri  aytish, 
bolalarga  talaffuzi  qiyin  bo‘lgan  va  nisbatan  uzun  so‘zlarni  aytishni  mashq  qildirish  va  buning 
uchun o‘yin uslubidan foydalanishni maslahat beradi. Komenskiyning xizmati shundan iboratki, 
u  pedagoglar  ichidan  birinchilardan  bo‘lib  bola  nutqini  rivojlantirishda,  uning  ona  tilini  butun 
go‘zalligi  va  milliy  xususiyatlari  bilan  birgalikda  o‘zlashtirib  olishida  she’riyat,  ertaklar, 
maqollar va matallar, tez aytishlarning tutgan o‘rniga birinchi bo‘lib e’tiborni qaratdi. Gapirishni 
boshlayotgan  bolalar  kattalar  nutqini  tushunishlari  uchun  ular  so‘zlovchining  yuzini  va  uning 
qo‘l  harakatlarini  ko‘rishlari,  uning  savollarini  tushunishlari  va  to‘g’ri  javob  berishlari  darkor, 
deb yozgan edi Komenskiy. Ona tabassumi va bola tomonga cho‘zilgan qo‘llar, imlash, hoshni 
qimirlatib qo‘yish, qayg’uli yuz va barmoq bilan do‘q urish - bularning barchasi so‘zlovchining 
kayfiyatini ifodalaydi, buni bola qabul qilib oladi va u aytilgan fikrni tushunishga yordam beradi. 
Bu ritorik harakatlar muloqotda juda asqotadi, nutqni va fikrlashni rivojlantiradi. 
Ya.A.Komenskiyning «Onalar maktabi» asari G’arbda va Rossiyada oilaviy tarbiyaning 
keyingi  rivojiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatdi.  Pestalotssi  va  Frebel,  K.D.Ushinskiy  va 
Ye.N.Vodovozova  birlamchi  oilaviy  tarbiyaga  shaxsni  shakllantirish  tizimidagi  o‘ta  zarur 
bosqich  sifatida  qaraganlar.  Bularsiz  o‘sib  kelayotgan  avlodni  muvaffaqiyatli  tarbiyalash 


borasidagi  barcha  harakatlarimiz  zoye  ketadi.  Ularning  barcha  asarlarida  o‘sib  kelayotgan 
avlodni  ma’naviy  kamol  toptirish,  ideal  jamiyat  talablari  va  vazifalariga  javob  bera  oladigan, 
yuqori  afzalliklarga  ega  bo‘lgan  shaxsni  shakllantirish  masalasi  asosiy  o‘rin  tutadi.Keng 
qamrovli  shaxsni  shakllantirish  faqat  ta’lim  va  tarbiya  orqaligina  amalga  oshirilishi  mumkin. 
Tarbiyaning barcha murakkabligi va qiyinchiliklarini tushungan holda Sharq olimlari tarbiya va 
ta’lim mazmunini belgilab berishga intilganlar (Ibn Sino). 
Tarbiya  –  ota-onalarning  qanday  mavqeyiga  egaligidan  qat’iy  nazar  ularning  asosiy 
vazifasidir.  Olimlarning  bola  shaxsini  hurmat  qilish,  uning  qiziqishlarini  o‘rganish,  tabiiy 
qobiliyatini  hisobga  olish  haqidagi  fikrlari  (Ibn  Sino,  D.Dovoni,  Alisher  Navoiy)  juda 
qimmatlidir. 
Yan Komenskiyning «Onalar maktabi» asari birlamchi oilaviy tarbiyaga oid yaxlit tizimli 
birinchi asar hisoblanadi. 
«Onalar  maktabi»ning  bosh  g’oyasi  -  oiladagi  birlamchi  tarbiyaning  bola  uchun 
quvonchli  bo‘lishi,  uning  kelajagini  baxtli,  ota-onalar  uchun  yoqimli  va  umidbaxsh,  jamiyat 
uchun foydali qilishdan iboratdir.  
Komenskiy fikriga ko‘ra, shaxsni shakllantirishni «haqiqiy tarbiyaning poydevori bo‘lgan 
ilk yoshdan boshlash oson. Tabiiy iqtidorni (miya, yurak, qo‘l, til) rivojlantirish onalar maktabi 
tomonidan  bolaning  ilk  yoshlaridan  boshlab  o‘tkazilishi  lozim.  Sensor  va  aqliy  tarbiya 
masalasini birinchi bo‘lib Yan Komenskiy o‘rtaga tashladi. 
Komenskiy o‘tmishdagi pedagoglar ichida birinchilardan bo‘lib nutqni rivojlantirish, ona 
tilining  butun  go‘zalligini  va  uning  milliy  xususiyatlarini  o‘zlashtirib  olishda  xalq  og’zaki 
ijodiyotining tutgan o‘rniga e’tibor qaratdi. 
Yan  Komenskiyning  «Onalar  maktabi»  asari  G’arbda  va  Rossiyada  oilaviy  tarbiyaning 
keyingi rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish