2. Abdulla Avloniy (1878-1934) - jamoat va siyosat arbobi, shoir hamda pedagog bo‘lib,
Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari. Abdulla 1908 yilda
kambag’allarning farzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi ta’lim
usullarini qo‘llagan holda ona tilidan dars beradi. Avloniyning xalq ta’limi sohasidagi faoliyati
uning yozuvchi va shoir, iqtidorli yoshlar teatrining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruvchi
rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog’liqdir.
1916 yilda Rossiyada va Turkistonda milliy ozodlik harakatlari avj ola boshlaydi. A.
Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifatida faol ishtirok etadi. 1917 yilning yozidan
boshlab Avloniy «Turon» gazetasini chiqara boshlaydi. Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning
xalq maktabini tashkil etish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va darsliklar chop etish masalalariga
bag’ishlangan ko‘plab maqolalari bosiladi. Ayniqsa, u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va
ular uchun maxsus maktablar tashkil etish muammosiga alohida e’tibor beradi. Ushbu yillarda
Avloniy «Adabiyot» (I-IV-kitoblar), «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini
yozadi va chop etadi.
A.Avloniy dunyoqarashining shakllanishida ilg’or rus adabiyoti va madaniyati muhim rol
o‘ynaydi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiyning ijodiy meroslariga katta hurmat bilan
munosabatda bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan. U muayyan
muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining matbuot bo‘limini
boshqargan, so‘ngra xalq ta’limi bo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab yangi maktablar
qurilishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilarni savodsizlikni bartaraf etish ishlariga jalb qiladi.
Avloniy pedagogika bilim yurti, O‘zbekiston O‘lka ma’rifat instituti, Toshkent harbiy
bilim yurti, O‘rta Osiyo davlat universitetida ishlagan kezlari ham ma’rifat tarqatish ishiga butun
kuch-g’ayratini sarfladi.
Tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga ham bergan
darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot
shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar. Eng yomon kishilar ilmga amal
qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar
axloqiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbek olimi, shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy – o‘gitlaridan namunalar:
«Hayo, nomus omonat dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildir».
«Ko‘paygan so‘zni bo‘lg’ay to‘g’risi oz,
Shakarning ko‘pidan ozi bo‘lur soz».
«Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan, qilgan va bilganlarining haqiqatini va
to‘g’risini so‘zlaydilar»…
«G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir».
«Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo xalokat,
Yo saodat – yo falokat masalasidir».
«Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo‘lsa ham,
Ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi
Biriga boylangan jon ila tan kabidur».
«Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asarlar muallifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |