Metallarning standart elektrod potensiyallari qatori
Agar metall oʻzinig tuzi eritmasiga tushirilgan boʻlsa, qattiq modda bilan suyuqlik chegarasida uch xil holat kuzatiladi. Metall eritmaga ion holatida oʻtib, plastinka manfiy zaryadlanishi, suyuqlik esa musbat zaryadlanishi amalga oshadi. Bunday holat faol metallar bilan kuzatiladi. Metall va suyuqlik chegarasida qoʻsh elektr qavat hosil boʻlishi mumkin. Umuman bu jarayonlar muvozanatda sodir boʻladi.
Aksincha agar metall passiv boʻlsa, metallning sirtiga kationlar choʻkadi va metalldan ekektronlar olinishi hisobiga qattiq faza musbat zaryadlanadi. Anionlar hisobiga suyuqlik manfiy zaryadlanishi mumkin. Ba’zan metall inert boʻlib metall bilan suyuqlik chegarasida qoʻsh elektr qavat yuzaga kelmasligi ehtimolli ham bor. Agar shu tartibda oʻzgarishga uchragan ikki metallni bir-biriga bogʻlansa va ularni suyuqliklari ham maxsus kaliy xloridli naylar bilan tutashtirilsa elektronlarning tartibli harakati kuzatiladi va zanjirda elektr toki paydo boʻladi. Kimyoviy reaksiya asosida zanjirda elektr toki hosil qiladigan tizimlar galvanik elementlar deyiladi. Ana shunday galvanik element sxemasi va koʻrinishi 3-rasm da keltirilgan
Agar jarayon qaytar boʻlsa, ikkita elektrod potensiallarining farqi zanjirning elektr yurituvchi kuchiga teng boʻladi. Bu yerda mis va rux elektrodlaridan iborat galvanik zanjir tuzilgan. Bu elementning elektr yurituvchi kuchi alohida elektrodlar potensiallarining ayirmasiga teng.
1-jadval . Metallarning elektrod potensiallarining qiymati.
Li
|
Cs
|
K
|
Ca
|
Na
|
Mg
|
Al
|
Mn
|
Zn
|
Cr
|
Li+
|
Cs+
|
K+
|
Ca2+
|
Na+
|
Mg2+
|
Al3+
|
Mn2+
|
Zn2+
|
Cr3+
|
-3,04
|
-3,01
|
-2,92
|
-2,87
|
-2,71
|
-2,37
|
-1,68
|
-1,18
|
-0,76
|
-0,74
| qaytaruvchilik oksidlovchilar
Fe
|
Ni
|
Sn
|
Pb
|
H2
|
Cu
|
Ag
|
Hg
|
Au
|
Fe2+
|
Ni2+
|
Sn2+
|
Pb2+
|
H+
|
Cu2+
|
Ag+
|
Hg2+
|
Au3+
|
-0.44
|
-0.25
|
-0.14
|
-0.13
|
0.00
|
+0,34
|
+0,8
|
+0,85
|
+1,50
|
Bu yerdagi elektrodlar potensiallari farqi ayni galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini aniqlashga imkon beradi. Hozirgi paytda koʻp metallarning oʻzini tuzlari eritmasiga botirilganda elektrod potensiallari qiymati aniqlangan.
Tajribalarda metallarning potensiali (1-jadval) standart, yani potensiali ma’lum elektrodlarga (vodorod, kalomel) nisbatan aniqlanadi. Standart elektrodlardan biri normal vodorod elektrodi (4-rasm) hisoblanadi. Bu elektrodda platinalangan platina vodorod ionlari konsentratsiyasi birga teng bo ʻ lgan va 101,3 kPa bosimda vodorod gazi yuborib turiladigan elektroddan iborat. Bunday elektrodning potensiali nolga teng . Bu elekrod va sinaladigan elektrodlardan zanjir tuzilib, tajribada avval elementning elektr yurituvchi kuchi va soʻngra elekrodning potensiali aniqlanish mumkin.
2-rasm. Mis va ruxdan iborat galvanik zanjirda ionlarning harakatlanishi.
3-rasm. Vodorod elektrodining ko’rinishi
4-rasm. Noma’lum elektrodlar potensialini oʻlchash uchun ishlatiladigan elektrodlar zanjirini koʻrinishi.
4 - rasmda potensiali aniqlanishi kerak boʻlgan elektrod (1) va vodorod
elektroddan (3) zanjir tuzilib avval ularning elektr yurituvchi kuchi va soʻngra elektrod potensiali aniqlanish sxemasi koʻrsatilgan. Hosil boʻlgan zanjirdagi tok (2) voltmetr bilan oʻlchanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |