2. Firmaning maksad va vazifalari. Xar bir firma oldiga ularning echimi tijorat muvaffakiyati va uning xalkaro imidjini belgilab beruvchi vazifalar kuyilishi lozim. Bu tizim vazifalarni bajarish marketingini boshkarish nomi bilan ma’lum. Masalan, «Interneshnl mineral end Kemal Korporeyshn» firmasi mineral ug‘itlar ishlab chikarish bilan xam shug‘ullanadi xamda uz dasturini «jaxonda ochlikka karshi kurash» deb ataydi, ya’ni firmaning vazifalari xalkaro xarakterga ega bulib, bir kator mamlakatlarda kishlok xujalik maxsulotlari usishini ta’minlashdan iborat. Bu esa marketing tadkikotlarini kushimcha moliyalashtirishni talab kiladi.
3. Xujalik portfeli rivojlanish rejasi dastlab firma tarkibiga kiruvchi barcha ishlab chikarishning xolatini baxolashni nazarda tutadi. bu esa rentabellik darajasi yukorirok ishlab chikarishni aniklash va mos keluvchi prognoz karorlari kabul kilishga imkon beradi.
4. Firmaning usish strategiyasi. Usish strategiyasini uch boskichda utkazilgan taxlil asosida ishlab chikish mumkin:
intensiv usish imkoniyatlari aniklanadi;
integratsion usish imkoniyatlari aniklanadi;
tarmokdan tashkaridagi imkoniyatlar, ya’ni diversifikatsion usish imkoniyatlari aniklanadi.
Xalkaro amaliyotda strategik taxlilning ulardan marketing prognozlarida foydalanish mumkin bulgan turli sxemalaridan, masalan, Boston konsalting guruxi sxemasidan foydalaniladi. Ushbu sxema buyicha firma tomonidan ishlab chikariluvchi tovarlar kuyidagi guruxlarga taksimlanadi:
«yulduzlar» - foyda keltiradi va firmaning usishiga xizmat kiladi. Ular bozor segmentini ilgarigi darajada saklash yoki xatto ustirishga xam imkon beradi;
«sog‘in sigirlar» - etuklik boskichidan utgan sobik «yulduzlar». Ular sotuvning kengayishiga xizmat kilmasada, firma uchun foyda keltiradi va kushimcha investitsiyalarga muxtojlik sezmaydi;
«tarbiyasi og‘ir bolalar» - etarlicha moliyalashtirilsa ular usishi mumkin. Bular bulajak «yulduzlar» xisoblanadi;
«omadsizlar» (yoki ulik yuk) – foyda keltirmaydigan tovarlar, firmaning bozor segmentining kamayishi.
Firma strategik faoliyati sektorining rakobat pozitsiyasi uning bozordagi ulushi, xalkaro bozor tug‘risidagi ma’lumotlardan xabardorligi, rakobatbardoshligi, sotuvning samaradorligi, tovar sifati va imidji buyicha baxolanadi.
Xar bir omil buyicha xisob-kitoblarda urtacha koeffitsientdan foydalaniladi. Strategik faoliyat soxasini matritsa kurinishida aks ettiradigan bulsak, uchta xududni ajratib kursatish mumkin: birinchisi – iktisodiy usishni moliyalashtirish uchun kulay, ikkinchisi taxlil kilinishi mumkin, uchinchisi esa keskin kizikish uyg‘otmaydi va nazorat ostida kolishi lozim buladi.
Xalkaro marketingda joriy rejalashtirish va nazorat. Xalkaro marketing bashorati asosida joriy marketing rejasi ishlab chikiladi. Marketing rejasini tuzishni firma erishishi lozim bulgan nazorat kursatkichlarini aniklashdan boshlash lozim. Sungra rejada joriy marketing xolati taxlil kilinib, xalkaro bozor soxasining turli xil omillari kurib chikiladi xamda tovarlar, rakobatchilar va vositachilar taxlil kilinadi.
Maxsulotni rejalashtirish bu firma maxsulotlarini ishlab chikish va boshkarishning barcha jixatlari buyicha sistematik karorlar kabul kilishdir. Maxsulotning yangi turlari tanlanib, ommaviy ishlab chikarish yulga kuyiladi, sotuv kanallari rivojlantirilib, uzlashtirilgan maxsulotlar ishlab chikarish kengaytiriladi yoki kiskartiriladi.
Keyin esa firma uchrashi mumkin bulgan xavf-xatar va imkoniyatlar taxlil kilinadi. Bu esa firma raxbariyatiga firma tovarlari uchun bozor vaziyatining uzgarishini oldindan kura bilish imkonini beradi. Rejalashtirish jarayonida marketing faoliyatining firmaga sezilarli iktisodiy samaraga ega bulish imkonini beruvchi muxim yunalishlari aniklanadi.
Byudjetlar – foyda va zarar bashoratlari rejaning eng muxim bulimlaridan biridir. Firma raxbariyati taklif etilgan byudjetni kurib chikkandan sung uni kabul kiladi yoki rad etadi. Bulim kursatkichlari materiallar xarid kilish, ishlab chikarishni tayyorlash, ishchi kuchiga extiyojni rejalashtirish uchun asos xisoblanadi. Marketing rejalari muddati buyicha kiska muddatli (1-2 yil), urta (2-5 yil) va uzok (5 yil va undan ortik) muddatli bulishi mumkin.
Kamrab oluvchi vazifalari buyicha esa marketing rejalari umumiy (firmaning barcha funksiyalari buyicha) va maksadli (ayrim funksiyalar buyicha) turlarga taksimlanadi.
Rejalashtirish marketingda tuxtovsiz jarayon bulib, unda u yoki bu kursatkichlar doimiy ravishda aniklab boriladi. Bunda reja tuzishning kupvariantlilik tamoyili kullanadi.
Xalkaro marketing faoliyatini olib boruvchi firma uz rejalarini standartlashtirish darajasini belgilab olishi zarur. Standart rejalar xam, nostandart rejalar xam uz afzallik va kamchiliklariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |