Ko'krak vitochkasini yon qirqim chizig’iga ko'chirish
Yon qirqim chizig’ida nuqta belgalab olinadi. Nuqtaning o'rni yon chiziqning belgacha bo'lgan uzunligining taxminan 1/3 qismida belgilanadi. Bu nuqtani ko'krak vitochka uchi bilan birlashtirib, yangi vitochka chizig’i o'tkaziladi (1-rasm). Shu belgilangan chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi. Ko'krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to’g’ri keltirib berkitiladi va elim surtiladi yoki to’g’nag’ich bilan to'g’nab qo'yiladi. Yangi vitochkaning uchi markazdan 3-5 sm yon tomon suriladi. Bu yangi vitochkaning uchi bo'ladi. Bu uchini vitochkaning qirqimlari bilan tekis qilib tutashtiriladi (1-rasm, a).
Do'stlaringiz bilan baham: |