N ga Q vf modelidagi qurilma mohiyat sifatida to'ldiruvchi pozitsiyasidagi
argumentlarning fe'l predikat orqali yuzaga chiquvchi munosabatini aks ettiradi.
To'ldiruvchi holatidagi argument turli referent ma'nolarni ifodalaydi. Bu referent
60
ma'nolar to'ldiruvchi holatidagi argumentning predikat bilan sintagmatik munosabati
hamda har ikki qismining qanday leksemalar bilan to'ldirilishiga qarab belgilanadi.
Masalan: 1) Bu so'zlar unga yoqdi (A.Q.); 2) Chelak suvga to'ldi; 3) Kitobni
singlisiga oldi; 4) Ro'molni mukofotga oldi; 5) Halima Salimaga aytdi; 6) Yosh
bolaga o'xshaydi.
Birinchi jumla bilan ikkinchi jumla, uchinchi jumla bilan to'rtinchi jumla bir xil
sintaktik strukturaga ega bo'lsalar ham lekin mazmuniy ishtirokchilariga ko'ra bir-
biridan farq qiladi. Birinchi jumlada yoqdi predikati orqali munosabatda bo'lgan ikki
semantik predikatning birinchisi (bu so'zlar) ta'sir qiluvchi predmetni, ikkinchisi esa
(unga) ta'sirga uchrovchi predmetni bildiradi. Ikkinchi gapda to'ldi predikati orqali
munosabatda bo'lgan ikki predmetning birinchisi (chelak) ta'sirga uchrayottan
predmetni ikkinchisi (suv) esa ta'sirga vosita bo'layotgan va ta'sir qilayotgan
predmetni bildiradi. To'rtinchi va beshinchi jumla strukturasi oldi predikati orqali
bog'langan ikki semantik predmetdan iborat bo'lsa ham, lekin semantik
predmetlarning rollariga ko'ra bu jumlalar bir-biridan farq qiladi. To'rtinchi jumladagi
semantik predmetlardan birinchisi (ro'mol) agens ta'siriga uchrovchi predmetni,
ikkinchisi (mukofot) agens harakatning yuzaga chiqishi uchun asos bo'lgan predmetni
aks ettiradi. Beshinchi jumladagi aytdi predikati orqali o'zaro munosabatda bo'lgan
Halima va Salima predmetlari ham yuqoridagilardan tubdan boshqacha vazifa
bajaradi: birinchisi harakatni yuzaga chiqaruvchi predmet (agens), ikkinchisi esa
agens harakatini qabul qiluvchi predmet (patsiyens) vazifalarida keladi. Oltinchi
jumladagi predikat munosabatda bo'lgan predmet predikat orqali ifodalangan
o'xshatishga etalon bo'lgan predmetni bildiradi.
Shunday qilib, jo'nalish kelishigidagi va bilan ko'makchili otdan ifodalangan
vositali to'ldiruvchi bilan kengaygan gap invariant sifatida bir umumiy gap modelini
tashkil etsa ham, lekin bu invariant nutq tarkibida turli leksik variantlar bilan
to'ldirilgan xilma-xil semantik-sintaktik variantlar sifatida namoyon bo'ladi.
N dan Q vf modeli chiqish kelishigidagi otdan ifodalangan vositali to'ldiruvchi
bilan kengaygan jumlalarning umumlashgan tipini gavdalantiradi. Bu model qismlari
61
nutq jarayonida leksik birliklar bilan to'ldirilgan holda turli semantik-sintaktik
variantlarda namoyon bo'ladi. Masalan: 1) Ovqatdan oling; 2) Kichik o'g'limdan baxt
ko'rdim; 3) Olimlardan gapirdi; 4) Up betondan qurilgan. Bu jumlaning dastlabki
ikkisida predikat orqali munosabatda bo'lgan ikki predmetdan faqat biri bevosita
ifodalangan va ular birinchi jumlada shaxs harakatiga qisman qaragan predmetni,
ikkinchisida predikat aks ettirgan harakatni yuzaga chiqaruvchi predmetni (agensni)
bildiradi. Uchinchi jumla bir o'rinli munosabatdan iborat bo'lgan sistemani ifodalaydi.
Predikatning bo'sh o'rnini to'ldiruvchi olimlardan argumenti munosabat bildiruvchi
gapirdi predikatidan anglashilgan harakatni yuzaga chiqaruvchi agensni bildiradi.
To'rtinchi jumla ikki o'rinli munosabatni aks ettiruvchi sistema sanalib, bo'sh
o'rinlarni to'ldirgan uy va betondan predmetlari munosabat bildiruvchi qurildi
predikati orqali bog'langan. Birinchi predmet predikatdan anglashilgan harakatning
natijasi bo'lgan predmetni, ikkinchisi esa predikatdan anglashilgan harakatning
yuzaga chiqishiga vosita, material bo'lgan predmetni ifodalaydi.
N da Q vf modeli ham turli semantik-sintaktik variantlar orqali yuzaga chiqadi:
1) Samolyotda uchdik, 2) O'qishda namuna bo'lmoqda. Birinchi jumlada predikatdan
ifodalangan harakatning yuzaga chiqishi uchun vosita bo'lgan predmetni, ikkinchisida
esa predikatdan anglashilgan harakatning doirasini ko'rsatuvchi predmetni bildiradi.
Anglashiladiki, til sathidagi bir umumlashgan struktura nutqda o'zining turlicha
namoyon bo'lish imkoniyatiga ega. To'ldiruvchi holatida kelgan semantik predmet
turli vazifalarni bajarishi mumkin: harakatni yuzaga chiqaruvchi predmet, harakatni
qabul qiluvchi predmet, harakatning yuzaga chiqishiga vosita bo'lgan predmet,
o'xshatilishiga etalon bo'lgan predmet va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: