GAP SEMANTIKASINING PROPOZITIV ASPEKTI
Yuqorida ta'kidlanganidek, har qanday gap mazmunida uch aspekt
ishtirok etadi: 1) propozitiv (nominativ) aspekt, 2) modal (ob'ektiv
modallik) aspekt , 3) kommunikativ (tema-rematik) aspektlar. Bulardan til
birligi sifatidagi gap semantikasida faqat propozitsiya va ob'ektiv modallik
mavjud bo'lsa, nutq birligi sifatidagi gap (jumla) semantikasida esa ulardan
tashqari, albatta, kommunikativ aspekt va ba'zan sub'ektiv modallik ham
ishtirok etadi.
Ayrim tilshunoslar esa, gap mazmunida tildan tashqaridagi
ekstralingvistik omilni rad etmagan holda, til ifodasining ob'ektiv borliq,
vaziyat bilan bevosita emas, balki inson ongida mavjud bo'lgan "ob'ektiv
borliq obrazlari" orqali bog'lanishiga asoslanib, "vaziyat" terminini ruhiy
makon va ruhiy zamonda joylashgan ruhiy vaziyatga nisbatan qo'llaydilar.
Bunga muvofiq, "gap" termini ostida ayrim vaziyatlarni kodlashtiradigan
tovush obrazlarining zanjiri tushuniladi . A.Vejbitskayaning fikricha,
9
semantika predmeti real borliq emas, balki shu real borliqning ongdagi
aksi bo'lishi kerak. Chunki til ob'ektiv borliqni faqat ong orqali ifodalaydi.
Hozirgi sintaktik semantikada denotativ (referensional) aspekt o'rin
olmoqda. Bunga ko'ra aktuallashgan, ya'ni nutqiy elementlarning vaziyat
elementlariga munosabati e'tiborga olinadi . Ammo tilshunoslar o'rtasida
vaziyat elementlari masalasi ham bir xil emas. I.P.Raspopov ta'kidlaydiki,
semantik struktura bilan shug'ullangan hamma tilshunoslar gapning
semantik strukturasi (nominativ aspekt jihatidan) o'zi ifodalagan ob'ektiv
reallik strukturasi bilan bir xildir, degan asosga tayanadilar . "Gapning
semantik strukturasini tildan tashqaridagi vaziyatdan topishga urinish
ma'lum qiyinchiliklarga olib keladi, - deydi G.A.Zolotova. -Chunki
ekstralingvistik plan strukturasi, bo'linishi va umumlashish darajasi tavsif
erkinligiga yo'l beradi... Izomorflik haqida qo'rqmasdan shuning uchun
gapirish mumkinki, vaziyat strukturasini, uning bo'linishini biz til
ko'nikmamizda qanday aks ettirsak, shunday tasavvur etamiz" . g'
Semantik struktura (Sems) nazariyasining shakllanishida alohida
o'rin egallagan. Ch.Fillmor Semsni ichki struktura (GS) deb nomlaydi va
uning asosi sifatida bevosita ishtirokchilar (NS) grammatikasidan emas,
balki ramziy mantiqning predikat - argument prinsipidan foydalanadi. GS
ni u z q t Q r formulasi bilan ko'rsatadi. Bu yerda 5-gap, t-modallik
ifodalovchisi, R-propozitsiya. Propozitsiya R-u Q SQ... Q Sp tarzida
kengayishi mumkin deydi (Bu o'rinda V - fe'l s - argumentning predikatga
bo'lgan munosabatini ifodalovchi ichki kelishiklar).
10
Fillmorning ichki tuzilish nazariyasi ayrim kamchiliklariga qaramay,
gap mazmunini bir xil aks ettirishga ancha yaqinlashdi. Fillmorning ichki -
kelishik konsepsiyasiga V.G.Gakning konsepsiyasi uzviy ravishda
bog'lanadi. Gak ham GS terminidan foydalanib, uni vaziyat bilan bir xil
bo'lgan leksik - sintaktik tuzilishdir, deb hisoblaydi. GS vaziyatning
to'g'ridan-to'g'ri nomi: PS (tashqi struktura) esa vositali nomi sifatida talqin
qilinadi).
GS predikat bilan birga quyidagi yetti aktantni o'z ichiga oladi,
deydi: 1) sub'ekt, 2) ob'ekt, 3) adresat, 4) jarayonning yuzaga chiqishi
uchun yordam beradigan yoki to'sqinlik qiladigan substansiya (initsiator,
qurol, sabab), 5) fazoviy konkretlashtiruvchi (harakatning yuzaga chiqishi,
yoki tugash o'rni) qarashi yoki bir qismi sub'ekt yoki ob'ektni tashkil
qilgan substansiya.
Semantik strukturaking original konsepsnyasi VI. P.Susov tomonidan
ilgari surildi. Unikg qarashicha, real haqiqat bir necha vaziyatlardan
tashkil topadi. Inson ongi konkret vaziyatlarni aks ettiradi, umumlashtiradi
va ularni siteflarga birlashtiradi. Inson ongida umumlashgan vaziyatga
yoki uning sinfiga ichki til shakllari mos qo'yiladi. Uni hosil qilish uch
bosqichda bo'ladi; umumlashgan vaziyatga muvofiq bo'lgan tuzilishni
hosil qiluvchi relyasion bosqich; relyasion strukturaga sub'ekt - predikat
munosabatini qo'shadigan predikatsion bosqich, predikatsion strukturaga
temporgllik, modallik, personallik va boshqa qo'shimcha ma'nolarni
yuklaydigan modifikatsion bosqich.
11
Relyasion
struktura
Fillmorning
Semsini
eslatgan
holda,
relyatemalardan tashkil topadi. Sakkiz relyatema farqlanadi: agentiv,
agentiv bo'lmagan, patsiyentiv, atraktiv, lokativ, ablativ va instrumental.
Ko'rinib turibdiki, Sems maqomi haqida hozirgi kunda tilshunoslar
o'rtasida bir xillik yo'q. Bu narsa Sems realligini inkor qilish yoki
uydirmaligiki tasdiqlash natijasida emas, balki uning favqulodda murakkab
tuzilma ekanligi natijasidir.
I.P.Susov gapning lisoniy belgi ekanligini e'tirof etgan holda uning
konkret (yoki gapnint tashqi tuzilishi) va abstrakt (gapning ichki tuzilishi)
gaplarga ajratadi. Birinchisi ikkinchisini namoyon qiladi. Ikkinchisi har
qanday konkret gapning zaruriy asosi hisoblanadi . Uning fikricha,
abstrakt gap sintaktik faktni xususan, pozitsion tuzilishni, ya'ni leksik
birliklar,
morfologik
ko'rsatkichlar,
intonatsion
elementlar
bilan
to'ldirilmagan, konkret gapni shakllantiruvchi barcha momentlar ishtirok
etmagan sub'ekt va predikat pozitsiyalarni ifodalaydi. Boshqacha
aytganda, abstrakt gap gapning tuzilish sxemasidir. Abstrakt gap sintaktik
na'no ifodalaydi. Aksincha, konkret gap esa yuqoridagi ko'rsatilgan barcha
qo'shimcha momentlarni aks ettirib, sintaktik ma'nogagina emas, balki
supersintaktik ma'noga ham ega bo'ladi .
Konkret gap ko'p bosqichli xarakterga ega bo'lib, gap hosil qilish
(onomasiologiya) jarayonining oxirgi, yakuniy bosqichidir. Konkret gap
oxirgi hosila sifatida ko'p bosqichli barcha ichki tuzilishlarga (nominativ,
relyasion va boshqa) qarama-qarshi qo'yiladi.
12
Gap hosil qilishning boshlang'ich nuqtasi alohida vaziyatlarning
abstrakt bosqichda denotativ-referensional ma'no ifodalovchi mazmuniy
o'xshashliklarni belgilashdan iborat. Shuning uchun ham har qanday gap
semantikasining tahlili vaziyat elementlari va ularning aks ettirish
bosqichidagi muqobillarini aniqlashdan boshlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |