RELYASION STRUKTURA
Relyasion struktura vaziyat elementlari bilan ularning til ifodalari o'rtasida
oraliq strukturadir .
Relyasion struktura ma'lum vaziyatning ongdagi gavdalantiruvchisi sanalib, u
o'z navbatida, ifodalanmish sifatida tashqi struktura - sintaktik struktura orqali
ifodalanadi. Demak, relyasion struktura gapning ichki tuzilishini tashkil etadi.
Relyasion struktura ikki tomonlama munosabatga kirishadi. U, birinchidan, vaziyat
bilan bog'langan. Ikkinchidan, konkret gaplar (jumla)ning alohida pozitsiyalariga
bo'linishi bilan munosabatda bo'ladi. Boshqacha aytganda, relyasion struktura konkret
14
gap siktaktik shakllarning eng muhim momentlarini umumlashgan, sxematik ifodasi
bo'lib, zazpyat elementlari bilan konkret gap elementlari o'rtasidagi oraliq zvenoni
tashkil etadi.
Relyasion struktura tildan tashqaridagi vaziyat tuzilishini gavdalantiruvchi bir
butunlikdir. Uning elementlarini I.P.Susov relyatema deb nomlaydi. Relyatema
zaziyatning alohida elemektlarini - predmetlar va belgilarni umumlashgan tarzda aks
ettiradi. Relyasion struktura ham xuddi vaziyat elementlari kabi predmet va belgi
relyatemalarga ajraladi. Belgi relyatemalar o'z navbatida, turli darajalarga (ranglarga)
bo'linadi (birinchi, ikkinchi, uchinchi). Predmet relyatemalar nol' darajaga ega.
Birinchi darajali belgi relyatemasi bevosita predmet relyatemasi bilan, ikkinchi
darajali belgi relyatemasi birinchi darajali belgi relyatemasi bilan, uchinchi darajali
belgi relyatemasi ikkinchi darajali belgi relyatemasi bilan munosabatda bo'ladi.
Shunday qilib, relyasion struktura ham bosqichni tashkil qiladi.
Relyasion struktura elementlari vaziyat elementlarining ongdagi in'ikosi
bo'lganidan relyatema vazifasi ham vaziyat elementlari vazifasiga muvofiq
belgilanadi: a) boshlang'ich predmet relyatemalari (agens va agens bo'lmagan); b)
yakunlovchi predmet relyatemalari (patsiyens, o'rin); v) yordamchi predmet
relyatemalari (o'rin, qurol-vosita). Hammasi bo'lib sakkizta predmet relyatemalar va
sakkizta belgi relyatemalari, jami 16 ta relyatema ajratiladi . I.P.Susov relyasion
strukturada yadro relyatemani relyator unga ergashib kelgan relyatemani esa relyat
termini bilan nomlaydi. Relyat relyator valentligini reallashtiradi. I.P.SUSOV taklif
etgan relyat-relyator strukturasi V.A.Bogdanovning argument-predikat tuzilishiga
yaqin keladi. Shuning uchun ham relyasion strukturani predikat va uning
argumentlari asosida ham izohlash mumkin. Demak, relyasion struktura gap hosil
qilish jarayonini predikativ va modifikatsion aspektga ega bo'lmagan bosqichini
ifodalaydi.
I.P.Rospopov ham gapning ko'p pog'onali ekanligini tan olgan holda,
konstruktiv-sintaktik va kommunikativ-sintaktik sathlarga ajratadi. Qonstruktiv-
sintaktik sath gapning zaruriy qismi bo'lsa ham, lekin hali gap emas. Gapning o'ziga
15
xos asosiy belgilari kommunikativ-sintaktik sath birliklari bo'lgan modallik va
aktuallik konstruktiv-sintaktik baza ustiga qo'shilgandagina uni gapga aylantiradi .
Hozirgi tilshunoslikda gap orqali ifodalangan relyasion struktura ikki xil
belgilanadi. Bir o'rinda axborot strukturasi sub'ekt-predikat tuzilma holida,
ikkinchisida ma'lum munosabat bilan bog'langan predmetlar sistemasi sifatida
tasavvur qilinadi.
An'anaga ko'ra, gap hukmning so'zlar vositasida ifodalanishi deb qaraladi,
shuning uchun sintaksis mantiqiy kategoriyalar asosida o'rganiladi. Har qanday hukm
sub'ekt-predikat munosabatidan tashkil topadi. Shunga muvofiq, hukm ifodalangan
gap mazmuni ham sub'ekt-predikat strukturalarga ajratiladi. Sub'ekt ega va ega
guruhiga, predikat kesim va kesim guruhiga tenglashtirildi: Men Q keldim; Aziz
asrimizning aziz onlari Q aziz odamlardan so'raydi qadrin. Birinchi gapda sube'kt
(ega)-men, predikat (kesim) - keldim. Ikkinchi gapda sub'ekt - Aziz asrimizning aziz
onlari, predikat - aziz odamlardan so'raydi qadrin.
Gapda ifodalangan axborot strukturasini ma'lum munosabat bilan bog'langan
predmet sistemasi sifatida belgilash hozirgi tilshunoslikning yetakchi tendensiyasidir.
Bunga ko'ra gapning relyativ strukturasi (propozitsiyasi) predmet va uning predikativ
belgisidan iborat bo'lgan sistema sifatida (shahar-katta; uy - baland) va ma'lum
munosabat bilan bog'langan predmetlarni o'z ichiga olgan sistema sifatida tasavvur
qilinadi. Masalan, o'quvchilar daraxtlarni oqladilar gapning relyativ strukturasi ikki
predmet va ular o'rtasidagi munosabatdan iborat. Birinchi predmet - o'quvchilar,
ikkinchi predmet - daraxtlarni, ular o'rtasidagi munosabat esa oqladilar orqali
ifodalangan. Aziz asrimizning aziz onlari aziz odamlardan so'raydi qadrin gapining
mazmuni o'zaro so'raydi so'zi orqali munosabatga kirishgan uch predmet (aziz
asrimizning aziz onlari Q aziz odamlardan Q qadrin)ni o'z ichiga oluvchi sistemadan
iborat.
L.Ten'er harakat ishtirokchilarini, ya'ni predmetlarni sub'ekt va ob'ektlarga
ajratmay umumlashtirgan holda aktantlar nomi bilan atadi.
16
V.G.Gak ob'ektli predikat terminini kiritdi. Uning fikricha, ob'ektli predikat
ikki substansiya - A va V o'rtasidagi munosabatni ifodalaydi . Bu konsepsiyaga
muvofiq, har qanday gapning relyativ strukturasi predikat va uning aktantlaridan
iborat. Aktantlar (argumentlar) predikatning bo'sh o'rinlarini (valentliklarini)
to'ldiradi. Demak, predikat aktantlari uning valentliklari bilan bog'liq. N.I.Filicheva
ta'kidlaganidek, valentlikni va uning bo'sh o'rinlarini o'zida aks ettiruvchi so'z ichki
tuzilishida sintaktik munosabatlarning "skeleti"ni hosil qiladi va bu skelet konkret
nutqiy reallanuvdan tashqarida ham o'znni ko'rsatib turishi mumkin . Shuning uchun
ham, avvalo, relyasion struktura elementlarining sintagmatik va paradigmatik
munosabatlari hamda ularning konkret sintaktik struktura orqali ifodalanishi haqida
bahs yuritishga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |