Fe'lning leksik ma'nosi ma'lum leksik-semantik tipning vakili bo'lib, u o'zida
ma'lum ot kategoriyasi bilan birlashishga xoslangan kategorial belgini ham aks
ettiradi . Shu bilan birga fe'llar o'z ichida ma'lum ma'no asosida birlashgan mazmuniy
maydonlarni ham hosil qiladi. Shunday qilib, fe'l gapning ham mazmuniy, ham
grammatik markazini tashkil qiladi. Shuning uchun ham u faqat leksik, morfologik
jihatdangina emas, sintaktik nuqtai nazardan ham e'tibor markazida turadi.
S.D.Katsnel'sonning ta'kidlashicha, ma'no planida fe'l predikatlar oddiy leksik
26
ma'noga nisbatan kengroqdir. Fe'l predikatlar ma'lum leksik ma'noni ifodalash bilan
bir qatorda, u o'zida bo'lajak gap maketini ham aks ettiradi. Fe'l predikatlar ma'lum
"bo'sh o'rin"larga ega bo'lishi bilan birga, o'zi ham mazmuniy jihatdan ma'lum
mazmuniy paradigmaga mansub bo'ladi.
Hozirgi tilshunoslikda fe'llarning hamma e'tirof etgan mazmuniy tasnifi
mavjud emas. Turli prinsipga ko'ra turlicha tasnif qilinadi (denotativ, paradigmatik va
sintagmatik aspektda).
Paradigmatik nuqtai nazardan, fe'l invariant ma'noga ko'ra tasnif qilinadi.
Bunga muvsfiq harakat (faoliyat), holat, xususiyat, munosabat fe'llariga ajratiladi .
Fe'l predikatlarning bu semantik maydonlari o'z ichida yana mikromaydonlarni
tashkil qiladi. Xususan, faoliyat fe'llarini, o'z navbatida, ruhiy faoliyat, nutqiy
faoliyat, mehnat faoliyati va boshqa mikromaydonlarga bo'lish mumkin. Ruhiy
faoliyat fe'llarnni, o'z navbatida, yanada kichikroq mikromaydonlarga bo'lish
mumkin: 1) sezish (his qilish) fe'llari (sezmoq, his qilmoq); 2) xohish fe'llari
(istamoq, xohlamoq); 3) idrok qilish fe'llari: a) umumiy idrok (anglamoq, bilmoq); b)
ko'rish idroki (ko'rmoq, ko'r bo'lmoq); v) eshitish idroki (eshitmoq, kar bo'lmoq,
qulog'i og'ir bo'lmoq); g) hidlash fe'llari (sezmoq, siypalamoq); 4) e'tibor fe'llari
(e'tibor qilmoq, e'tibor bilan eshitmoq);
5) emotsional kechinma fe'llari (to'ymoq);
6) emotsional munosabat fe'llari (sevmoq, hurmat qilmoq, yoqmoq);
7) fikrlash fe'llari (fikrlamoq, o'ylamoq, tasavvur qilmoq, taxmin qilmoq,
yanglishmoq, xato qilmoq);
8) sezish fe'llari (bilmoq, o'zlashtirmoq, egallamoq);
9) xotira fe'llari (eslatmoq, esdan chiqarmoq).
I.Qo'chqortoyev o'zbek tili nutq fe'llarini quyidagi to'qqiz guruhga tasnif qiladi
.
1) demoq fe'li;
2) gapirish fe'llari (gapirmoq, bayon qilmoq, hikoya qilmoq, lof urmoq);
3) xabar fe'llari (aytmoq, bildirmoq, ma'lum qilmoq);
27
4) nutqning talaffuz xarakteri (baqirmoq, bobillamoq, gangimoq, bidirlamoq,
chivirlamok,);
5) nutqiy simmetrik fe'llar (chaqchaqlashmoq, gaplashmoq, suhbatlashmoq,
dardlashmoq);
6) nutqiy kontakt fe'llari (so'ramoq, surishtirmoq, e'tiroz bildirmoq, inkor
qilmoq);
7) nutqiy baho fe'llari (maqtamoq, yomonlamoq);
8) nutqiy da'vat fe'llari (undamoq, da'vat etmoq. targ'ib qilmoq);
9) jim bo'lish fe'llari (indamaslik, sukut qilmoq, tek turmoq).
Bir semantik maydonga mansub bo'lgan predikatlar o'zaro valentlik nuqtai
nazardan farq qilishi mumkin. Masalan, so'ramoq, surishtirmoq, e'tiroz bildirmok
inkor qilmoq fe'llari valentlik belgisiga ko'ra o'zaro farqlanadi. So'ramoq,
surshitirmoq fe'llari ikki valentlikka - sub'ekt va ob'ekt valentliklarga ega bo'lib,
ularning birinchisini bosh va ikkinchisini tushum kelishigida kelishini taqozo etsa:
so'radi, surishtirdi, e'tiroz bildirmoq, izhor qilmoq fe'llari ham ikki valentli bo'lishiga
qaramay, argumentlardan birini bosh va ikkinchisini jo'nalish kelishigida kelishini
talab qiladi (Lolaga e'tiroz bildirdi).
Do'stlaringiz bilan baham: