ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
280
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
zamonaviy texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq etish hozirgidavrning asosiy vazifalaridan
biri ekanligini esdan chiqarmaslik kerak.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunda “Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur
bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir”, deyiladi.
Boshlang`ich sinfning dastlabki uch yili davomida o`quvchilar harflarni o`rganib so`z va undagi
bo`ginlarni to`g`ri o`qish, jumladan so`zlarga ma`no urg`usi berib, ravon va tushunib o`qish kabi
bilim va ko`nikmalarni egallaydilar. To`rtinchi sinfda esa o`quvchilarning o`qishga oid ko`nikma va
malakalarni yanada takomillashtiriladi. Ya`ni o`qish materiallarni tushunish va matn ustida
ishlashga e`tibor kuchay tiriladi.
“Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti”da “o’quvchilarning mantiqiy tafakkur
qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o’z-
o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik
va nafosatdan zavqlana olishga o’rgatish” bilan birga, “predmet haqidagi tushunchalarini,
faoliyatlarini kengaytirish, ularning erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash ko’nikma va
malakalarini egallashlariga erishish” boshlang`ich ta’limining asosiy maqsadi sifatida qayd
etilganligio’qish darslarini innovatsion yondoshu va sosida o’quvchilarni ijodiy fikrlashga
yo’naltirish, o’zgaruvchan vaziyatlarga o’rgatish, erkin raqobat asosida mustaqil faoliyatini tashkil
etishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda kreativmushohadaqilish, erkin mustaqil fikrlashni
tarbiyalash, tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish hamda o’quv faoliyatini oson
o’zlashtirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Ma’lumki, boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhum vazifalarning
asosiy qismi o`qish darslarida amalga oshiriladi. O`qish va nutq o`stirish darslari jarayonida
dasturda belgilangan mavzular asosida o`quvchilarga muayyan bilim beriladi. O`qish
ko`nikmalarini takomillashtira borish bilan bir qatorda o`quvchilarni ma’naviy barkamol inson
ruhida tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazida bo`ladi. Boshlang`ich ta’limda o`qish va nutq
o`stirish dasturining maqsad va vazifalariga ko`ra o`qish darslari orqali o`quvchilar to`g`ri, ongli,
ravon, tez va ifodali o`qishga o`rgatiladi. Bolalar bu jarayonda kitob bilan ishlash ko`nikmasiga ega
bo`la boradilar va ularda kitobga muhabbat tuyg`usi uyg`otiladi. Mazkur jarayonning sifatli va
samaraliamalgaoshirilishibevositao’qish darslarini innovatsion yondoshuv asosida tashkil etishga
bog’liqdir.
O`qish va nutq o`stirish dasturining talabiga ko`ra to’rtinchi sinf o`quvchilari o`z bilimlariga
mos matnlarni ongli, ifodali hamda normal tezlikda o`qiy olishlari lozim. O`quvchilarning o`qish
malakasini takomillashtirish asosan ikki usulda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Birinchidan,
ayrim o`quvchilarning o`qish ko`nikmalaridagi kamchiliklarni tugatish yo`llaribelgilanadi.
Ikkinchidan, barcha o`quvchilarning ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini yanada rivojlantirish,
takomillashtirish alohida diqqat etiladi. Bolalarning ongli va ifodali o`qish ko`nikmalarini
rivojlantirishning eng unumli yo`llari ularning so`z ma`nolari tushunib, mustaqil o`qish
malakalarini kuchaytirishdan iborat bo`ladi. Ko`rinadiki, o`qituvchi bu sinfda doimo o`qish
ko`nikmalarini takomillashtirish, ifodali o`qishni ta`minlash bolalar nutqini boyitish ustida tinmay
ishlashi zarur. Bu jarayonda innovatsionyondoshuvasosidao’qitish, dars davomida turli vosita va
innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o’qitishning sifat va samaradorligini oshirishda
muhim omil hisoblanadi.
Demak, bugungi kunda o’quv-tarbiya jarayonida innovatsion yondoshuv asosida o’qitish,
ilg’or xorijiy tajribalarni ta’lim-tarbiy ajarayoniga tadbiq etish, o’qituvchilarning kasbiy
kompetentligini rivojlantirish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu sababli
boshlang’ich sinf o’qish darslarida innovatsion yondashuv asosida pedagog kadrlarni innovatsion
faoliyatga yo’naltirish hamda pedagogik mahoratini shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirish
eng maqbul ta’lim texnologiyalarini tanlash va qo’llash muammolarini o’rganish nazariy va amaliy
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |