ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
545
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
- xulosalarni shakllantirish;
- axborotni talqin qilish va umumlashtirish;
- matn mazmuni, tilga oid xususiyatlari va strukturasini tahlil qilish va baholash.
Qatnashchilarning o‘quv va mutolaa (kitobxonlik) muvaffaqiyatlarini baholash maktab ta’limi
sifatini baholash sohasi xalqaro ekspertlari tomonidan qabul qilingan, o‘quvchilarning kitobxonlik
malakalarini egallaganligining asoslangan muayyan darajalariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur
darajalar o‘quvchilarning tadqiqotda taklif qilingan matn bilan ishlashda murakkablik darajasiga
ko‘ra turlicha o‘quv faoliyatini tavsiflaydi. Darajalarning aniq mezonlari bolalarning natijalarini
statistik jihatdan alohida guruhlarga ajratish imkonini beradi, ularning mutolaa savodxonligi
jihatidan tayyorgarligini ma’lum darajani tavsiflaydigan muayyan topshiriqlar yordamida tavsiflash
mumkin.
PIRLS tadqiqoti quyidagi kabi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
- ta’lim sohasida dunyo miqyosidagi ustuvorliklarni aks ettiradigan obyektiv o‘lchovlar va
instrumentariyni ishlab chiqish;
- mamlakatda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish samaradorligini qiyosiy baholash;
- tadqiqot yakunlariga ta’sir o‘tkazgan kontekst omillarni aniqlash;
- ilmiy asoslangan, dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof qilingan axborot ma’lumotlari olish;
- tadqiqot qatnashchilariga nafaqat mamlakatdan mustaqil natijalar, balki ta’limga oid
siyosatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar taqdim qilish va sh.k.
Tadqiqot obyekti boshlang‘ich maktab bitiruvchilarining ta’limiy yutuqlari hisoblanadi,
chunki aynan ta’limning to‘rtinchi yili o‘qishga oid barcha ko‘nikma, malakalar va bilimlarni
akkumulyatsiyalaydi. Bu davrga kelib, o‘quvchilar asosiy maktbada ham mazmuni, ham formatiga
ko‘ra turli matnlardan ta’limni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun foydalanadigan darajada
mutolaani egallashi lozim.
Tadqiqot besh yilda bir marta o‘tkaziladi. PIRLS tadqiqotida dunyoning 50 dan ortiq
mamlakatining ishtirok qilishi shu bilan belgilanganki, tadqiqotni professional tashkiliy darajada
metodologik va texnik qo‘llab-quvvatlash ta’minlanadi.
Ko‘rsatkichlar talqining universalligi va ishonchliligi olingan ma’lumotlarni tezkor jamlash
va qayta ishlash imkonini beradi.
Mutolaa savodxonligining asosi matn bilan to‘laqonli ishlash uchun zarur kitobxonlik
malakalarining shakllanganligi hisoblanadi. Bu o‘quvchining zarur axborotni topishi va qayta
yaratishi, matnning ma’lum qismi bo‘yicha xulosalarni shakllantirishi, bosh qahramonlarning xatti-
harakatlarini talqin qilishi, matndan misollar bilan tasdiqlashi va matn tuzilishini dastlabki tahlil
qila olishidir.
Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan PIRLS tadqiqotidan olingan natijalar pedagogik
hamjamiyat tomonidan keng muhokama qilinadi. O‘quvchilar muvaffaqiyatining olingan natijalari
oqibatlarini monitoring mexanizmlari amalga oshiriladi, ta’lim texnologiyalari va kichik yoshdagi
o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlariga talablar qayta ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida
o‘tkaziladigan o‘quvchilarning mutolaa savodxonligiga oid xalqaro test topshiriqlari asosida
pedagogik jamoalar va novator o‘qituvchilar nafaqat o‘quvchilarning o‘quv faoliyati
muvaffaqiyatlarini baholash, balki, avvalo, ktobxonlik malakalari va madaniyatini mamlakat
yoshlarining ta’limiy muvaffaqiyatining muhim omili sifatida shakllantirish va rivojlantirishga
qaratilgan savollarning milliy bazasini shakllantiradi.
Yaponiya, Koreya, Xitoy, Singapur o‘quvchilarining TIMSS, PISA, PIRLS xalqaro
imtihonlarida muvaffaqiyati formulasi ularning “Qat’iyat va yetakchilik, matematikani bilish,
fizikadan kuchli bo‘lish va, albatta kitobxonlik ko‘nikmalari!” degan shiorida mujassam.
O‘zbekiston o‘quvchilarining bu tadqiqot doirasida xalqaro imtihonlarda ishtiroki ta’lim
tizimini isloh qilish va ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishda yangi yo‘nalishlarni, ehtimoliy
kamchiliklarning yechimini kashf qilishda ko‘maklashishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |