Муќаддима


X U L O S A о‘rnida shuni aytish mumkinki



Download 3,31 Mb.
bet53/54
Sana15.01.2017
Hajmi3,31 Mb.
#433
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
X U L O S A о‘rnida shuni aytish mumkinki, Eng qadimgi davridan to XVI–XX asr 20–yillarigacha yurtimizning barcha hududlarida yashagan xalqlarning, xususan, ajdodlarimizning madaniy hayoti tarixiy-geografik hududdagi ijtimoiy–siyosiy tuzum sharoitlaridan kelib chiqqan holda rivoj topdi. Yurtimizning barcha shahar-qishloqlarida madaniy hayotning turli qirra va yо‘nalishlari о‘ziga xoslik asosida rivojlandi. Bu о‘tgan davrlarda yurtimizda hukmronlik qilgan xonlik hukmdorlari о‘rtasidagi va alohida har bir xonlikdagi ichki qarama–qarshiliklar, taxt uchun kurashlar, boylik, mol-dunyo uchun bо‘lib о‘tgan shafqatsiz xunrezliklar va boshqa talaygina о‘ta noxush voqea va holatlar bu rivojlanishni о‘sib borish darajasini anchagina pasaytirib yubordi. Lekin bu jarayonlarga qaramay, yurtimizda yashagan ajdodlarimiz, oddiy mehnatkash xalqdan to ularning ilmli–ziyoli qismigacha о‘zlari yoqtirgan soha va yо‘nalishlarda baholi qudrat ijod qilishga harakat qilganlar.

Madaniyat uning tarkibiy qismi bо‘lgan san’atning barcha turlari sohasida salmoqli siljishlar, о‘sishlar rо‘y berdi, uning taniqli namoyandalari yetishib chiqdi. Biz ularning qisqacha ijodini manbalar asosida ta’riflash bilan har bir davr madaniyat sohasida о‘z yо‘nalishiga ega bо‘lganligini ochib berishga harakat qildik.

Bu davrda hunarmandchilik nafaqat yirik shaharlarda, balki qishloq joylarda ham о‘ziga xos yо‘nalishda bordi. Aynan shu davrda vujudga kelgan dostonchilik–baxshichilik keyingi asrlardagi yuksalishiga va hozirgi rivojiga mustahkam poydevor bо‘lib xizmat qildi.

Ilm-fanning rivoji asosida yuzlab tarixiy–badiiy asarlar, tarjima ishlari yaratildi. Ular madaniyatimiz xazinasida hozirgi kungacha bebaho meros bо‘lib qolmoqda.

Ushbu davrlarda yuzlab turli hajmdagi me’moriy inshootlarning bunyod etilganligi, ta’mir ishlarining bajarilganligi esa moddiy madaniyatning rivoji salmoqli bо‘lganligidan dalolat bermoqda.

Bu davrda ham ijod ahli kitobat, xattotlik ishlarida amaliy san’at, musavvirlik va tasviriy san’at namunalaridan samarali foydalanib, о‘zlarining betakror san’atlarini yuzlab asarlarga muhrladilar. Adabiyotda, ayniqsa she’riyat ijodida yuqori yutuqlarga erishildi, deyilsa mubolag‘a bо‘lmaydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijodning tarixiy asarlar yaratish, she’riyat sohalari bilan xalqning deyarli barcha qatlami vakillari shug‘ullandilar. Darhaqiqat, о‘sha davrlarda yashab о‘tgan ajdodlarning aksariyati о‘zi shug‘ullanadigan asl kasbi va sohalari bilan bir qatorda о‘zida ijodning she’riyat, musiqa va boshqa yо‘nalishlarini ham astoydil egallaganliklaridan о‘rganilgan ma’lumot va manbalar ham shohidlik bermoqda. О‘rni kelganda shuni ham ta’kidlash joizki, XVI asrning yirik mutafakkiri, shoir Hasanxoja Nisoriyning mashhur «Muzakkiri ahbob» asarida keltirilgan XVI asrda yashab,ijod qilgan shoirlar haqidagi ma’lumotlari ushbu kitobning she’riyatga bag‘ishlangan bо‘limini yanada boyishga sabab bо‘ldi.

Shuningdek, qо‘qonlik adabiyotshunos olim, shoir Pо‘latjon Domullo Qayyumovning «Tazkirai Qayyumiy» nomli tazkirasi va unda о‘sha davrda yashab, ijod qilgan 300 ga yaqin shoiru shuarolar haqidagi berilgan ma’lumotlarning biz kо‘rayotgan davrga tegishli bо‘lganlaridan samarali foydalanganligimiz va kitobda hali elimizga deyarli butunlay ma’lum bо‘lmagan nomlar va ularning ijodidan namunalar keltirganimiz ham mazkur kitobning nazariy qimmatini oshirdi, deb umid qilamiz.

Shuni ham qо‘shimcha qilishni istardikki, ushbu davrlarda madaniyatning о‘ziga xos rivojiga davlatlararo madaniy aloqalar ham ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Masalan, Buxoro amirligining о‘zbek-tojik qо‘shiqchilari Hindistonda boburiylar saroylarida bir necha marta chiqish qilganlar.

Bu ma’lumotlar Boqiaiy Naiyning «Zamzamai vahdat» va Vojidiy Alixonning «Matla al-ulum va majma al-Funun» asarlarida о‘z aksini topgan. Shuningdek, о‘sha davrlarda yurtimizdagi yirik shaharlarni Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Moskva davlati, Qozon xonligi, Novgorod knyazliklari bilan ham faol madaniy aloqalarda bо‘lganligini misol qilib kо‘rsatish mumkin.

Shunday qilib, ushbu kitobda keltirilgan asosli tarixiy ma’lumotlar, madaniy hayotdagi о‘ziga xos rivojlanishlar bayoni о‘sha davrlar tarixi, jumladan, madaniyat tarixi haqida bir oz bо‘lsa ham qimmatli ma’lumot beradi, degan umiddamiz. О‘rni kelganda shuni ham unutmaslik lozimki, bu davrlar tarixini, uning madaniyati tarixini hali nihoyatda kо‘p qirralari о‘z ilmiy yechimini kutmoqda. Kelajakda bu borada hali talaygina ilmiy izlanishlar olib borilishi, tadqiqotlar о‘tkazilishi aniqdir.

О‘ZBEK XALQI MADANIYATI TARIXI” FANINI О‘QITISHGA DOIR QО‘SHIMCHA MANBALAR

Shuni alohida faxr bilan ta’kidlash mumkinki, xonliklar davrida ajdodlarimiz tomonidan bunyod etilgan moddiy madaniyatimizga doir tarixiy-me’moriy yodgorliklar haqida yana talaygina ma’lumotlarimiz bor. Yuqorida esa ularning ayrimlari haqida qisqacha bо‘lsa ham ta’rif berib о‘tdik. Kitob hajmining birozgina bо‘lsada cheklanganligini inobatga olib, ushbu metodik qо‘llanmaga tegishli bо‘lgan amaliy ishlar haqidagi navbatdagi ma’lumotlarni faqatgina nomlari, bunyod etilgan yillari, joylarinigina quyidagi rо‘yxat orqali kо‘rsatib о‘tishni joiz deb bildik. Ular quyidagilardir:

Mavlono Lutfullo majmuasi (XX asr boshi). Namangan.

Matniyoz Devonbegi madrasasi (1872). Xiva.

Matpanoboy madrasasi (1905). Xiva.

Muhammad Aminxon madrasasi (1851-1855). Xiva.

Muhammad Muharram majmuasi (1903). Xiva.

Nisbatdor masjidi (1901). Samarqand.

Nodir Devonbegi madrasasi (1630-1631). Samarqand.

Norbо‘tabiy madrasasi (XVIII asr). Qо‘qon.

Nurullaboy saroyi (1865-1912). Xiva.

Olloqulixon madrasasi (1834-1835). Xiva.

Olloqulixon karvonsaroyi va timi (1832-1833) Xiva.

Ota Valixon tо‘ra masjidi (XX asr boshi). Namangan.

Ota darvoza (1828-1829) Xiva.

Otamurod Matriza qushbegi masjidi (1800). Xiva.

Otajon boy madrasasi (1884). Xiva.

Otaqо‘zi madrasasi (XX asr boshi). Andijon.

Oq masjid (XVIII-XIX asrlar). Xiva.

Pansod masjidi (XX asr boshi). Shahrixon.

Paxlavon Mahmud maqbarasi (1701). Xiva.

Pandran masjidi (XV-XVI asrlar). Qashqadaryo.

Polvon darvoza (1806). Xiva.

Said Ahmadxо‘ja madrasasi (XIX asr oxiri). Marg‘ilon.

Said Mahrumjon majmuasi (1884). Xiva.

Said ota masjidi (XVIII asr). Xiva.

Said ota masjidi (1766). Xorazm viloyati.

Said otaliq madrasasi (XVI asr). Surxondaryo viloyati.

Said Sholikorboy majmuasi (1842). Xiva.

Samarqand namozgohi (1630). Samarqand.

Sarroflar hammomi (XVI asr). Buxoro.

Sirli masjid (XIX asr boshi). Namangan.

Sitorai Mohi xosa (1825-1920). Buxoro.

Sо‘fi Olloyor masjidi (1713). Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani.

Tolib mahsum madrasasi (1910). Xiva.

Toshdarvoza (XVIII-XIX asrlar). Xiva.

Toqi zargaron (XVI asr). Buxoro.

Toqi sarrofon (XVI asr). Buxoro.

Toqi telpakfurushon (XVI). Buxoro.

Tо‘ramurod minorasi (1888). Xiva.

Tо‘rt Shabboz majmuasi (1874-1885). Xiva.

Usmon Said bobo maqbarasi (XVI – XIX asrlar). Xorazm viloyati.

Uch avliyo maqbarasi (1549, 1821). Xiva.

Fayzobod xonaqohi (1598-1599). Buxoro.

Xayrobod eshon maqbarasi (XVIII asr). Toshkent.

Xalifa Hudoydod majmuasi (1777). Buxoro.

Xalfa Tillo majmuasi (XX asr boshi). Qо‘qon.

Xarisbobo maqbarasi (XVIII - XIX asrlar). Xorazm viloyati.

Xiva juma masjidi (1788). Xiva.

Xudoyorxon saroyi (XIX asr II yarmi). Qо‘qon.

Xurjun madrasa (1688). Xiva.

Xо‘ja A’lambardor madrasasi (XIX asr). Toshkent.

Xо‘ja Amin qabri (XVIII asr). Namangan.

Xо‘ja Baxriddin maqbarasi (XIX asr ). Toshkent.

Xо‘ja Doniyor maqbarasi (XX asr boshi). Samarqand.

Xо‘ja Zayniddin Xonaqohi (XVI asr I yarmi). Buxoro.

Xо‘ja Imkonagiy xonaqoh (XVI - XVII asrlar). Qashqadaryo viloyati.

Xо‘ja Mag‘iz maqbarasi (XVIII asr I yarmi). Marg‘ilon.

Xо‘ja Muharram madrasasi (1839). Xiva.

Chadoq masjidi (XVIII asr). Namangan.

Chaqar masjidi (1911). Marg‘ilon.

Chil avliyo minorasi (XIX asr). Xiva.

Chor minor (1807). Buxoro.

Chor bakr ansambli (XVI - XIX asrlar). Buxoro.

CHо‘pon ota masjid maqbarasi (XVIII - XX asrlar). Toshkent.

Shayx Qalandarbobo maqbarasi (XVI asr). Xiva.

Shayx Husaynbobo maqbarasi (XVI - XVIII asrlar). Xiva.

Shayxontohur majmuasi (XV - XIX asrlar). Toshkent.

Sharifboy madrasasi (XVIII asr). Qarshi.

Sherdor madrasasi (1619-1636). Samarqand.

Shermuhammad madrasasi (XVII - XVIII asrlar). Qarshi.

Sherg‘ozixon madrasasi (1719-1726). Xiva.

Shovodxо‘ja bobo maqbarasi (XVII - XVIII asrlar). Xorazm viloyati.

Shohi Zinda ansambli (XI - XX asrlar). Samraqand.

Shoxi Mardon majmuasi (XIX asr). Xorazm viloyati.

Yunusxon maqbarasi (1559). Farg‘ona viloyati.

Yusufxon eshon maqbarasi (XVIII asr). Farg‘ona viloyati.

Yusuf Yasovulboshi madrasasi (1906). Xiva.

О‘g‘lonjon ota maqbarasi (XVIII - XIX asrlar). Qamashi.

Qalandarxona masjidi (1909-1910). Kattaqо‘rg‘on.

Qamashi sardobasi (1892). Qashqadaryo viloyati.

Qarshi namozogohi, kо‘k gumbaz (1590-1591). Qarshi.

Kaffol Shoshiy maqbarasi (XVI asr). Toshkent.

Qozi kalon madrasasi (1905). Xiva.

Qorixona (1863-1877). Xiva.

Qorixona xonaqohi (XVII - XVIII asrlar). Farg‘ona viloyati.

Qosim shayx xonaqohi (XVI - XX asrlar). Navoiy.

Qutlug‘murod Inoq madrasasi (1804-1812). Xiva.

Qо‘shdarvoza (XX asr boshi). Xiva.

Qо‘qon jome masjidi (1809-1822). Qо‘qon.

G‘ishtli masjid (XX asr boshi). Qо‘qon.

G‘oyibnazar madrasasi (XIX asr). Namangan.

Hazrati Imom majmuasi (XVI - XX asrlar). Toshkent.

Hazrati Xizr masjidi (XIX asr). Samarqand.

Hasanmurod Qushbegi masjidi (XVIII - XIX asrlar). Xiva.

Hofiz Kо‘xakiy madrasasi (XVI asr). Toshkent.


Ushbu ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, XVI-XX asrlar boshlari madaniyati, ayniqsa moddiy madaniyat sohasida nihoyatda ulkan bunyodkorlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilganki, ularning barchasini amaldagi isboti va dalilini kо‘rishimiz, kuzatishimiz mumkin.

Yuqorida nomlari keltirilgan xonliklar davri moddiy madaniyatining bebaho durdonalari bо‘lmish me’moriy yodgorliklarning barchasini bunyod etilishida о‘zlarining zahmatli, zargarona, mahoratli san’atlari va fidokorona mehnatlari bilan ulkan hissa qо‘shgan me’mor ustalarning о‘rni, mehnati va san’ati alohidadir. Ushbu davrlarda xalq orasidan yetishib chiqqan yuzlab bunday me’morlar yashab, ijod etib, о‘zlariga о‘lmas haykal yasab ketganlar deb aytilsa, mubolag‘a bо‘lmas. Quyida ulardan ayrimlarining nomlari va xizmatlari haqida ham qisqacha ta’rif berishga jazm qilindiki, maqsad, aziz о‘quvchi ular haqida ham bir oz ma’lumotga ega bо‘lsinlar.




Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish