Rangtasvirchi rassomlar ijodida davrning eng muxim muammolarini aks ettirish ustuvor bо‘ldi.
Qayta qurish davrida rassomlar ijodida azaliy kadriyatlar bilan zamona ruhining bog‘lanishi muammolariga e’tibor kuchaydi.
Madaniyat masalalari hususida sо‘z yuritilar ekan, О‘zbekistonning bu davrdagi xalqaro madaniy aloqalari hususida qisqa tо‘xtab о‘tish joiz.
Chunonchi, 1958 yilda Toshkentda chet mamlakatlar bilan dо‘stlik va madaniy aloqalar о‘rnatish О‘zbekiston jamiyatining tashkil etilganligi Rrespublikamizning xalqaro madaniy aloqalari rivojida muhim о‘rin tutdi. Bu jamiyat 1980 yilga kelib, 118 ta mamlakat bilan aloqa о‘rnatgan edi.
Umuman, 1946-1991 yillarda О‘zbekiston milliy madaniyatining rivojlanishida ma’lum yutuqlarga erishildi. Ammo sovet «madaniy siyosati» natijasida о‘zbek xalqi о‘z yerida о‘zini erkin xis qilolmasdi, haqiqiy madaniyat an’analaridan, tarixiy madaniyatidan kо‘p jihatdan mahrum bо‘lgan edi.
Bu davrda dostonchilik va baxshichilik, ertakchilik yaxshigina taraqqiy etdi deyishimiz mumkin. О‘qituvchi shu о‘rinda mavzuga doir ayrim misollarni keltiradi:
Haydar Boycha о‘g‘li (1882-1970). Yangiqо‘rg‘on tumanilik о‘zbek xalq baxshisi, ertakchisi. Amakivachchasi CHо‘liboy Kо‘shal о‘g‘liga shogird tushgan. Haydar Boychadan «Qunduz bilan Yulduz», «Alpomish», «Gо‘rо‘g‘lining tug‘ilishi», «Gо‘rо‘g‘lining Avazni olib kelishi», «Avazning arazi», «Yusuf va Ahmad» kabi dostonlar, xalq ertaklari va termalar yozib olingan. Uning kо‘pgina ertaklari «О‘zbek xalq ertaklari» tо‘plamida nashr etilgan.
О‘taniyoz Jirov (1884-1970). Qoraqalpog‘istonlik oqin. Erpо‘lat oqinning shogirdi. Yoshligidan xalq qо‘shiqlarini kuylagan. Dastlab Boyniyoz baxshi qо‘shiqlarini yod olib kuylab yurgan. 19 yoshidan esa ustozidan qо‘biz chalishni, «Alpomish», «Ediga», «Shahriyor» dostonlarini о‘rgangan.
О‘taniyoz Jirovdan «Shahriyor» dostonining mukammal varianti yozib olingan. Rus va о‘zbek tillariga tarjima qilinib, nashr ettirilgan. Undan yozib olingan doston, qо‘biz kuylari, termalar О‘zbekiston FA Qoraqalpog‘iston filiali kutubxonasida saqlanmoqda.
Durdi Qilich (1886-1950). Turkman xalq shoiri, baxshisi va xalq og‘zaki ijodining bilimdoni. Ertakchisi. Bolaligidan kо‘zi ojiz bо‘lgan. Baxshilardan doston aytishni о‘rgangan. Ijro etgan dostonlari, yozgan she’rlari о‘zbek, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. О‘z ijodida xalqning о‘tmishi, qishloq mehnatkashlarining hayoti, ayollarning xaq-huquqini himoya qilish masalalarini kuylagan.
Yorlaqab Baxshi (1888-1971). Zomin tumanilik о‘zbek dostonchisi. Dastlab mashhur baxshilardan Omon baxshiga, sо‘ngra esa Xudoynazar baxshiga shogird tushib, mohir dostonchi sifatida tanilgan. Yorlaqab baxshi kо‘proq Farg‘ona vodiysi tuman va qishloqlarida, Qirg‘izistonning О‘sh viloyatida dostonchilik bilan shug‘ullangan. Yorlaqab baxshidan bir qancha an’anaviy va zamonaviy termalar va «Alpomish», «Malikai ayyor», «Choryor» dostonlari yozib olingan.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, xonliklar tarkibida bо‘lgan hozirgi Tojikistonning janubida yashagan о‘zbek-laqay baxshilari ijodi ham hozirgi Dang‘ara tumani, Jorbukо‘l qishlog‘i baxshilari Haybat Shamol о‘g‘li (XIXasr), Tо‘la Haybat о‘gli (XIX asr II yarmi-XX asr yarmi), Mustafoqul Qunduz о‘g‘li (1883-1966), Shomurod Shamol о‘g‘li (1883-1964) va boshqalar ijodi bilan bog‘liq bо‘lib, bir qancha dostonchilik maktablari ularni bir-biriga birlashtirgan.
1. Sovet tuzumining О‘zbekistonda amalga oshirilgan «madaniy inkilob» siyosatining mohiyatini va milliy madaniyatga yetkazgan zarari tug‘risida gapirib bering.
2. Xalqta’limi va oliy ta’limning rivojlanishida kdnday qiyinchilik va zidsiyatlar bor edi?
3. 20 — 30- yillarda badiiy ijod masalasida ikki yunalishni va о‘zbek yozuvchilari ijodiga qanday yangi janrlar kirib kelganligini kо‘rsatib bering.
4. Milliy istiqlol ruhda ijod qilgan adiblar asarlarida milliylik nimalardan iborat?
5. Bu davrda kiio, musiqa, teatr va tasviriy san’atda qanday о‘zgarishlar yuz berdi?
6. Respublikada ilmfanning yuksalishi va olimlarimiz haqida hikoya kilib bering.
7. 20—30- yillar Uzbekistonning madaniy hayotida mavjud bо‘lgan asosiy goyavny ziddiyatlar nimalardan iborat edi?
8. Urushdan keyin yozuvchi shoir va olimlar kanday bahonalar bilan ayblanib, qatag‘onlikka uchradilar?
9. 1946—1990 yillarda reyepublikamiz milliy madaniya timing rivojlanishida qanday siljishlar va salbiy holatlar kuzatildi?
10. 1946—1990 yillar orasida о‘zbek adabiyoti bosib О‘tgan taraqqiyot yо‘lining murakkab bosqichlarini tahlil qilib bering.
11.Qayta kо‘rish davrida о‘zbek madaniyati kanday ahvolda edi?
12. О‘zbekiston fan ahlining ikkinchi jahoi urushi yillarida fashizm ustidan kozonilgan g‘alabaga kо‘shgan hissasi nimalardan iborat bо‘ldi?
13. Xalq ta’limi va mutaxassislar tayyorlash muammosi qay tarzda hal etildi?
14. О‘zbek adabiyotining jangovarligini xarakterlab bering.
15. О‘zbekistonning teatr, kino, musiqa, tasviriy san’ati arboblari fashizmga qarshi faol kurashchilar safida bо‘lganliklariga misollar keltiring.
Mavzuni о‘qitishda « Qanday?» texnologiyasidan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |