Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


g) tasavvufiy qarashlarning shakllanishi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

g) tasavvufiy qarashlarning shakllanishi. 
Tasavvuf  ta’limoti  ham  islomning  dastlabki  asrlaridayoq  paydo  bo’la 
boshlagan  bo’lib,  avval  taqvoga  o’ta  qattiq  rioya  qilish,  nafl  ibodatlarga  berilish 
bilan ko’zga tashlangan bu yo’nalish VIII asrga kelib Robiyayi Adaviya siymosida 
ilohiy ishqni ulug’lashni birinchi o’ringa chiqardi. IX asrdan Zunnun Misriy (vafoti 
859),  Xoris  Muhosibiy  (791-857),  Boyazid  Bistomiy  (vafoti  875  yil)  kabi  sufiy 
shayxlari  tasavvuf  nazariyasiga  ilk  poydevor  toshlarini  qo’ya  boshladilar.  IX  asr 
oxiri X asr boshlarida Junayd Bag’dodiy (vafoti 910 yil) , Mansur Xalloj (858-922) 
kabi  mashhur  siymolar  etishib  chiqdi.  X  asr  oxirida  tasavvuf  bo’yicha  ilk 
umumlashtiruvchi kitoblar «Kitob al-luma’ fi-t-tasavvuf» (Abu Nasr Abdulloh ibn 
Ali  Sarroj  -vafoti  988  yil),  «Kitob  at-taarruf  li  mazhab-ul-tasavvuf»  (Muhammad 
ibn  Ibrohim  Buxoriy  Kalobodiy  -  vafoti  995  yil)  kabilar  yozildi.  Tasavvuf 
ta’limotining keng yoyilishi XI asrdan boshlandi, deyish mumkin. Bu asr tasavvuf 
nasriy  adabiyotining  yirik  vakili  -  Alisher  Navoiy  tarafidan  «piri  Hirot»  deb 
ulug’langan Abdulloh Ansoriy (1006-1089), fors tilida ijod etgan xalqchil tasavvuf 
she’riyati vakillari Bobo Tohir Uryon, Abusaid Abulxayr (967-1049), Abdulhasan 
Xaroqoniy  (vafoti  1033  yil),  Bobo  Kuhiy  (vafoti  1050  yil),  tasavvuf  haqida  turli 
risolalar mualliflari Kushayriy (987-1073), Hujviriy (vafoti 1076 yil), As-Sulamiy 
(937-1021)  va  tasavvufning  boshqa  mashhur  amaliyotchi  va  nazariyotchilari 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
71
yashab  o’tgan  davrdir.  Bular  ichida  bizning  diyor  vakillari  Arslonbob  ota,  Bob 
Farg’oniy,  Husam  ota  kabilar  ham  bor.  Kengayib  borayotgan  bu  yangi  ma’naviy 
jarayon  aql  va  mantiqiy  tafakkurni  ma’naviyat  asosi  deb  bilgan,  insoniylik 
mohiyatini  avvalo  aqliy  bilimlarni  o’zlashtirish  va  ularni  hayotga  tatbiq  etishda 
ko’rgan  islom  ma’rifatchiligi  bosqichi  namoyandalariga  o’z  ta’sirini  o’tkazmay 
qo’ymadi.  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg’u  bilik»  dostonida  zohid  sufiy  alohida 
timsol  O’zg’urmish  qiyofasida  aks  ettirildi.  Ammo  shunga  qaramay,  XI  asrda 
hanuz  islom  ma’rifatchiligi  -  faylasuflar,  mutakallimlar,  botiniylar,  tabiiy  va  aniq 
fan  allomalari,  qisqasi,  aql  va  bilimni  birinchi  o’ringa  qo’yuvchilar  etakchilikni 
qo’ldan  bergan  emas  edilar.  Bu  davrga  o’z  ijodi  bilan  yakun  yasagan  kishi  ham 
aslida  XI  asr  oxiridagi  mantiqiy  tafakkurning  eng  zabardast  vakili  Imom  Abu 
Homid  G’azzoliy  (1058-1111)  bo’ldi.  G’azzoliy  nihoyatda  baquvvat  mantiqiy 
tafakkur  egasi,  faylasufdir.  G’arbda  uni  hatto  materialistik  tamoyildagi 
donishmand  deb  bilishgan.  Buning  sababi,  olimning  «Maqosid  al-falosifa» 
(«Faylasuflarning  maqsadlari»)  asari  bo’lib,  uni  o’qigan  kishi,  darhaqiqat, 
G’azzoliyni  ham  Forobiy  va  Ibn  Sino  yo’nalishidagi  odam  deb  o’ylashi  mumkin. 
Bu  kitob  1145  yildayoq  lotin  tiliga  tarjima  qilingan  va  arab  tilida  yozilgan  islom 
falsafiy merosidan evropaliklar birinchi navbatda shu kitob orqali xabar topishgan 
edi. G’azzoliy haqida Gegel ham yuqori fikrda bo’lgan. 
Ammo G’azzoliy keyingi «Taxofut al-falosifa» («Faylasuflarning o’z-o’zini 
inkor  qilishi»)  asarida  mantiqiy  tafakkurning  ichki  ziddiyatlarini,  islom 
ma’rifatchiligi  davri  faylasuf  allomalarining  asarlaridagi  o’zaro  zid  keluvchi 
o’rinlarni  chuqur  tahlil  qilib  berdi.  G’azzoliy  ko’proq  mutakallim-faylasuf  edi, 
ammo u asarlarida mutakallimlarni ham ayab o’tirgani yo’q, ular mantig’idagi zaif 
joylarni  ham  keskin  fosh  etdi.  Alloma  behudaga  «Haqiqat  izlovchilar»ning  turli 
toifalarini  sanab  ko’rsatgan  emas.  Maqsad  ularning  qarashlarini  birma-bir  tahlil 
qilib  chiqib,  o’zaro  ichki  ziddiyatlarni  aniqlash,  oradagi  mo’’tadil  muvozanat 
holatini  topishga  urinish  edi.  G’azzoliy  faqat  faylasuflar  bilan  emas,  balki  barcha 
yo’nalish vakillari bilan bahsga kirishadi, xristianlarning, botiniylarning (ismoiliya 
bid’ati vakillarining), sufiylarning qarashlaridagi ifrotiy (ya’ni umumiy me’yordan 
chiqib  ketgan)  joylarini  ilmiy  tahlil  asosida  ochib  beradi.  G’azzoliyning  tafakkuri 
turli nazariyalardagi ichki ziddiyatlarni teran ko’ra bilish qudratiga ega edi. Uning 
Sharqdagi  eng  mashhur  va  keng  qamrovli  asari  «Ehyoyi  ulum  ad-din»  («Diniy 
bilimlarning qayta jonlanishi») bo’lib, bu asarda alloma o’z qarashlarini muntazam 
bir  tarzda  bayon  etgan.  G’azzoliyning  falsafiy  qarashlari  islom  mintaqa 
ma’naviyatining 
ma’lum 
bir 
bosqichi 
yakunlanib, 
yangi 
bosqich 
boshlanayotganidan  yorqin  bir  nishona  edi.  G’azzoliy  dunyoga  kelgan  davrda 
Saljuqiylar islom mintaqasining katta va muhim qismini qamrab olgan, mustahkam 
markazlashgan islom davlatini tuzishgan edi. Mintaqada harbiy kuch va hokimiyat 
to’liq  turkiy  sulola  qo’liga  o’tgan  bo’lib,  arab  xalifalari  faqat  rasmiy  diniy 
peshvolik  hurmatini saqlab qolgan, turli davlat  ishlarini  boshqarishda esa ko’proq 
yangi  fors tili qo’llanilar edi. Shu sababli  ulug’  vazirlarning ko’pchiligi  fors tilida 
gaplashuvchilardan  bo’lib,  kelib  chiqishi  turkiy  elat  vakillari  bo’lgan  amaldorlar 
ham  odatiy qoidaga ko’ra davlat  ishlariga  oid  yozuvlarni  fors tilida  yuritar edilar. 
G’azzoliy  Xurosonda  turkiy  va  forsiy  elatlar  azaldan  aralash  yashaydigan  Tus 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
72
shahrida tug’ildi. U ukasi  Ahmad bilan erta etim qolishdi. G’azzoliy boshlang’ich 
ta’limni  Tusda  olgach,  ilmini  oshirish  uchun  Jurjon  (Astrobod)  va  Nishopurga 
keldi  va  ash’ariy  oqimining  atoqli  namoyandalaridan  Imom  al-Haramayn  (ikki 
muqaddas  dargoh  imomi)  deb  shuhrat  topgan  mutakallim  al-Juvayniy  (vafoti 
478/1085) qo’lida to uning vafotigacha ta’lim oldi. 
Kuchli  mutakallim  va  fiqh  olimi  bo’lib  etishgan  G’azzoliy  ulug’  vazir 
Nizomulmulk  (1063-1092)ning  diqqatini  tortdi  va  Nizomiya  madrasasida  dars 
berishga  jalb  etildi.  1095  (488  hijriy)  yilda  kuchli  ruhiy  iztirobga  tushgan 
G’azzoliy  o’zining  butun  mudarrislik  va  faqihlik  faoliyatini  to’xtatib,  hajga  yo’l 
oldi  va tasavvuf  yo’liga  kirib, 11  yil  mobaynida zohidlik  va tarkidunyo bilan kun 
kechirdi.  Shu  davr  ichida  o’zining  eng  mashhur  va  mukammal  asari  -  «Ehyoyi 
ulum  ad-din»ni  yozib  tugatdi.  1106  yilda  Nizomulmulkning  o’g’li  Faxrulmulk 
iltimosiga  quloq  osib,  yana  Nizomiyada  dars  berishga  qaytdi  va  shu  davrda  o’z 
falsafiy  qarashlarining  takomil  bosqichlarini  aks  ettiruvchi  «al-Munqiz  min  ad-
dalal»  asarini  yozdi.  Umrining  oxirida  yana  ona  shahri  Tusga  qaytib,  sufiy 
xonaqohini ixtiyor etdi va muridlariga sufiyona hayot tarzidan saboq bera boshladi. 
G’azzoliyning  bosh  kitobi  «Ehyoyi  ulum-ad-din»  to’rt  qism  (rub’-
chorak)dan  iborat  bo’lib,  har  bir  qism  10  kitobdan  tashkil  topgan.  Birinchi  qism 
«Ibodatlar»  deb  ataladi  va  unda  ilm  va  aqoyid  haqida  umumiy  ruhdagi 
muqaddimadan  so’ng,  tahorat,  namoz,  zakot,  ro’za,  haj,  Qur’on  tilovati,  zikr  va 
Allohga munojot amallarining ichki mohiyati, ruhiy mazmuni asosli ravishda ochib 
berilgan. 
Ikkinchi  qism  «Odatlar»  deb  nomlangan  va  «Taom  iste’mol  qilish 
qoidalari»dan  tortib  «Payg’ambarlik  axloqi»gacha,  inson  hayot  tarziga  oid  barcha 
muammolar batafsil tahlil qilib chiqilgan. 
Uchinchi  qism  -  «Muhlikot»(«Insonni  zalolatga  boshlovchi  ishlar  va 
xislatlar»)  haqida  bo’lib,  unda  ko’ngil  mo’’jizalari  va  dil  tarbiyatiga  oid  suhbat 
boshlanadi  va  turli  zararli  hoyu  havaslar  -  ochko’zlik  va  hirs,  ezmalik,  hasad  va 
nafrat, baxillik va dunyo to’plashga intilish, kibr va munofiqlik kabilar qoralanadi. 
To’rtinchi qism - «Munjiyot» («Najotga eltuvchi xislatlar») deb unvon olgan 
bo’lib,  ko’proq  tasavvuf  maqomlari  yo’nalishida  -  tavba,  sabr  va  shukronalik, 
xavfu  rijo  (yomon  amallar  uchun  Alloh  jazosidan  qo’rqish  va  yaxshi  amallar 
evaziga  Alloh  inoyatiga  umid  bog’lash),  zuhd  va  faqr,  tavhid  va  tavakkul,  ishq, 
hijron, qanoat, niyat, samimiyat va haqgo’ylik, o’z-o’zini ehtiyot va nazorat qilish, 
o’z  holini  mushohada  qilish  va  o’limni  yodda  tutish  masalalariga  maxsus  e’tibor 
qaratilgan.  Asar  muallifi  ham  faylasuf,  ham  muqaddas  kitoblar  bilimdoni,  ham 
huquqshunos-faqih  ham  tasavvuf  sirlaridan  chuqur  xabardor  alloma,  ham 
axloqshunos-nosih  (nasihat  etuvchi)  sifatida  o’zini  namoyon  etadi.  Kitobda 
axloqiy,  diniy,  huquqiy,  irfoniy  tushuncha  va  muammolar  baquvvat  mantiqiy 
dalillar yordamida jiddiy tahlil etiladi va ishonarli tarzda tushuntirib beriladi. Ulug’ 
allomaning  ushbu  asaridagi  g’oyalar  ixchamlashgan  tarzda  «Kimyoyi  saodat» 
nomi bilan  fors tilida  ham bayon qilingan. Bu asar  muqaddimasida birinchi  marta 
inson vujudida ko’ngil – podshoh, aql – vazir, degan g’oya olg’a suriladi.   
IX  asrdan  avj  ola  boshlagan  Islom  ma’rifatchiligi  X  -  XI  asrlar  davomida 
mintaqa  madaniyatiga  islomgacha  bashariyat  yaratgan  butun  ma’naviy  boylikni 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
73
o’sha davr imkoni darajasida olib kirib, uni chuqur o’zlashtirish va yangicha ruhda 
qayta  talqin  qilishga  erishdi.  Ammo  bu  orada  ushbu  bosqichning  noqis  jihatlari 
ham ko’rinib qola boshladi. Birinchidan g’oyalar xilma-xilligi nihoyatda kuchayib, 
ular orasida ba’zan murosasiz kurash va ziddiyatlar avj olib ketdi. Islom dini ichida 
turli  bid’atlar  beadad  ko’payib  ketgan  edi.  Ikkinchidan,  ko’proq  hukmdorlar 
saroyida  va  xos  ziyolilar  orasida  yuqori  darajalarga  ko’tarilgan  ilm  va  mantiqiy 
tafakkur  mevalari  hanuz  Sunna  va  shariat  bosqichida  qolib  kelayotgan  oddiy 
shahar  va  qishloq  aholisi  (avom)  orasiga  ko’p  singib  bormagan  va  ma’lum 
ma’noda,  keng  xalq  ommasi  bilan  xos  ilmiy  doiralar  tafakkur  darajasi  orasida 
uzilish  vujudga  kelgan  edi.  Sunna  yo’nalishi  namoyandalari  jamiyatni  ushbu 
uzilish tug’dirishi mumkin bo’lgan ma’naviy nomavzunlik holatidan himoya qilish 
niyatida  moturidiya  va  ash’ariya  Kalomiga  tayangan  holda  xalifa  al-Qodir  (991-
1031)  farmoni  bilan  imon  asoslarini  ishlab  chiqdilar  va  joriy  etdilar.  Ammo  bu 
bilan  fikr  rivoji  to’xtab  qolgani  yo’q.  Tavhid  ta’limoti  zaminida  borliqni  anglab 
etish turli yo’nalishlarda davom eta berdi va tafakkur rivojini hech qanday farmon 
bilan  ushlab  turish  mumkin  emasligi  borgan  sari  oydinlashib  bordi.  Uchinchidan, 
Abbosiylar  (750  -  1055),  Comoniylar  (874  -  999),  G’aznaviylar  (955  -  1048), 
Saljuqiylar (1040 -1092) tomonidan takomillashtirilib, islomgacha davrga nisbatan 
butunlay  yangilangan  davlat  tizimi  va  jamiyat  tizimi  ma’lum  avj  pallasiga 
ko’tarilib,  XI  asr  oxirlariga  borganda  uning  muayyan  ichki  ziddiyatlari  namoyon 
bo’la  boshladi.  Ismoiliya  bid’atining  yaratuvchilik  faoliyati  susayib,  yashirin 
qotilliklar  yo’liga  o’tishi,  ulug’  vazir  Nizomulmulkning  o’ldirilishi  (1092  yil)  va 
buyuk  saljuqiy  hukmdori  Malikshoh  (1072  -  1092)  vafotidan  so’ng  o’g’illarining 
toj-taxt janjallari shu ulg’ayib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy bo’hronning nishonalari 
edi. 
To’rtinchidan,  shahar  aholisi,  ayniqsa,  hunarmand  -  kosiblar  va  o’rta  hol 
savdo  ahlining  ma’rifati  va  ijtimoiy  mavqei  yuksalib  borar,  ularning  ma’naviy 
ehtiyojlari  va  bilim  darajasi  keskin  oshib,  ijtimoiy  faolliklari  har  sohada  sezila 
boshlagan edi. Futuvva va axiylik jamoalari borgan sari keng tarkib topib, tasavvuf 
g’oyalari xonaqoh va hujralardan chiqib, xalq ichiga yoyildi. Xullas, XI asr oxiri - 
XII asr boshlarida jamiyatning  ma’naviy ahvoli yangi bir bosqichda uyg’unlashuv 
va  muvozanatni  taqozo  etardi.  G’azzoliy  ijodi  ushbu  ehtiyojga  eng  mukammal 
javob bo’ldi. O’zaro bahs  va  nizolar o’rniga el  ma’naviyatida shunday bir  uyg’un 
muvozanat  taklif  etildiki,  uning  barcha  toifa  va  yo’nalishlar,  barcha  ijtimoiy 
guruhlar  va  fikriy  oqimlarga  o’zaro  yaqinlashuv  imkonini  beruvchi  qudrati  va 
mazmun boyligi yaqqol sezildi. G’azzoliy o’zining bosh asarida Sunna va tasavvuf 
qadriyatlarini  o’zaro  uyg’un  ekanligini  isbotlab  qo’yaqolmay,  imon,  ilm  va 
irfonning  yaxlitligini  mantiqiy  asoslab  berdi.  Sunna  ahlini  ilm  va  irfon  vakillari 
bilan  yaqinlashtirib,  islom  olamida  yangi  bosqichdagi  ma’naviy  uyg’unlikni 
ta’minlashga  ulkan  asos  yaratdi.  Shu  bilan  birga  G’azzoliyning  ilmiy-ijodiy 
faoliyati  mintaqa  xalqlari  ma’naviy  kamolotini  islom  ma’rifatchiligi  bosqichidan 
tasavvuf  irfoni  bosqichiga  uzil-kesil  olib  o’tib  qo’yishda  hal  qiluvchi  ahamiyatga 
ega bo’ldi, deb ham bemalol aytish mumkin. 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
74

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish