4-fasl. X-X1 asrlar islom mintaqasida ilm va madaniyat rivojining
yuksak bosqichga ko’tarilishi va bunda turkiy xalq vakillarining hissasi
IX asrdayoq mintaqa bo’yicha shuhrat taratgan qator yurtdoshlarimiz -
olimlar va davlat arboblari - Ahmad ibn Tulun (835-883), Muhammad ibn Muso
Xorazmiy (780-850), Ahmad Farg’oniy (vafoti 861 yil), Amayuriy Farg’oniy, Abu
Hafs Sug’diy (vafoti 832 y.) kabi ulug’ shaxslar etishib chiqdi. Ular singari o’nlab
ulug’ siymolar mintaqa miqyosidagina emas, balki jahon miqyosida ham nom
qozondilar va hanuz ahli basharga qilgan xizmatlari unutilgan emas.
Milodiy X- XI asrlarga o’tgach, endi mintaqa miqyosida mashhur
shaxslarning hisobiga etib bo’lmay qoldi, bu davrning turli qomuslar va
farhanglarda nomi tilga olingan atoqli namoyandalar ro’yxati har bir asr uchun
150-200
ismdan
kam
emasdir.
Bularning
ko’pchiligi
Xuroson
va
Movarounnahrdan etishib chiqqan siymolar bo’lib, Balxiy, Samarqandiy,
Marvaziy, Buxoriy, Farg’oniy, Xorazmiy nisbali allomalar safiga endi Shoshiy,
Forobiy, O’zgandiy, Jurjoniy, Tirmiziy, Tusiy kabi boshqa shaharlarning vakillari
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
ham qo’shila borganining guvohi bo’lamiz. Bu davrda yurtdoshlarimiz ilmning
deyarli barcha sohalariga faol hissa qo’shib bordilar. She’riyat va unga oid ilmlar,
ilmi adab va axloqshunoslik, fiqh, Kalom, tibbiyot, riyoziyot, handasa, sarfu
nahv(grammatika), ilmi nujum, tarix va jug’rofiya, tasavvuf irfoni, falsafa, qiyosiy
tilshunoslik va og’zaki ijodni o’rganish, musiqa ilmi, kitobat ilmi va hokazo
ilmlarning juda keng doirasi qamrab olindi, xattotlik, me’morlik, naqqoshlik kabi
turli amaliy san’atlar urf bo’ldi.
Bu davrda adabiyot asosan saroy adabiyoti sifatida gullab yashnadi. Har bir
hukmdor qoshida mustaqil adabiy maktablar tashkil topdi. She’riyat uch tilda -
arab, fors va turkiy adabiy tilda yaratildi. Bag’dodda turkiy til bilimdonlari ijod
etgan bo’lsa, Buxoro va Samarqand, Xorazm va Toshkentda arab tilida ijod etuvchi
adib va shoirlar etishib chiqdi. Firdavsiy «Shohnoma»si, Mahmud Koshg’ariyning
«Devonu lug’otit-turk» asari, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» dostoni kabi
o’nlab buyuk adabiy obidalar shu davr mevalaridir. Bu davr saroy adabiyotida
ishqiy g’azallar, may va musiqa tarannumi, madhiya-qasidalar va hijo, ya’ni
alohida shaxslarni hajv etish keng rivoj olgan edi. Nasriy asarlar risola tusida
bo’lib, ko’proq pand-nasihat, dunyoning o’zgaruvchanligi haqida mulohazalardan
iborat bo’lardi.
Ahli basharning islomgacha yaratgan yozma va og’zaki merosini jiddiy
tadqiq etish natijasida ikki muhim yo’nalish vujudga keldi. Birinchisi, qadim
Yunon falsafasi ta’sirida shakllangan mustaqil islom falsafasi bo’lsa, ikkinchisi,
Sosoniylar davrida yaratilgan tarixiy yilnomalar -»Xudoynamak»lar (Hukmdorlar
tarixi)ni jiddiy o’rganish va arab tiliga tarjima qilish natijasida islom mintaqasida
avval arab, so’ng fors tilida mustaqil fan sifatida shakllanib, keng urf bo’lgan
tarixshunoslik, ya’ni dunyo tarixiga oid ko’p jildlik asarlar yozish an’anasi edi.
Bu davrga kelib butun mintaqa bo’ylab turkiy qavmlardan ulug’
lashkarboshilar va hukmdorlar etishib chiqa boshladi. Ulug’ turkiy sulolalar -
Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar dunyo siyosatini shakllantirishda faol
ishtirok eta boshladilar. Volgabo’yi bulg’or (turkiy) hukmdorlari rasman islomni
qabul qildi. Misrda IX asrda hokimiyatga kelgan turk voliylari bu o’lka hayotiga
sezilarli ta’sir ko’rsatdilar. XI asr (hijriy V asr) turkiy hukmdorlarning mintaqa
bo’ylab to’liq davlat boshqaruviga o’tgan davri, deyish mumkin. Qoraxoniylar va
G’aznaviylar butun Xuroson va Markaziy Osiyoni egallagan bo’lsalar, 1058 yilda
Saljuqiylar hukmdori Muhammad Tug’rulbey (1040-1063) Bag’dodga kirib keldi.
Shu yillardan Abbosiy xalifalarning dunyoviy hukmdorlik faoliyatiga rasman chek
qo’yildi. Ammo ularning ruhoniy etakchi sifatidagi obro’lariga tajovuz qilinmadi.
Bu davrda turkiy sulolalar ta’siri Volgabo’yi, G’arbiy Sibir va Sharqiy Turkiston
hududlaridan to Shimoliy Hindiston erlarigacha taraldi. Qafqozorti, Eron, Shom va
Iroq turkiy islom sulolalari qo’liga o’tdi. Ularning hukmdorligi asta-sekin Misr va
Kichik Osiyogacha yoyilib bordi.
X-XI asrlar butun Islom mintaqasida ilm va madaniyatning eng gullab-
yashnagan davri, ayniqsa, XI asr uning avj nuqtasiga ko’tarilgan pallasi bo’ldi,
deyish mumkin. Bu davrda ilm markazlari, adabiy maktablar endi bir-ikki joyda
emas, balki butun mintaqa bo’ylab yoyilib ketdi. Bag’dod, Xorazm, Farg’ona,
Toshkent, Termiz, Nasaf, Marv, Qoshg’ar, Balasog’un, Talas, Volgabo’yi
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
shaharlari, Nishopur, Isfahon, Hirot, Jurjon, Tus, Rey, G’azna, G’arbda Ispaniya va
Shimoliy Afrikaning turli shaharlari ilm-ma’rifat o’choqlariga aylandi.
Milliy ma’naviyatimiz rivojida mazkur bosqichni - Islom ma’rifatchiligi
deb nomlash maqbul ko’rindi. Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Mansur
Muhammad al-Moturidiy (870-944), Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997 yil),
Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Hojib
(1019 yilda tug’ilgan) kabi ajdodlarimiz ijodi ushbu bosqichga to’g’ri keladi. Bu
bosqichning asosiy xislati aqlga, mantiqiy tafakkurga tayanish, o’tmish
(islomgacha) insoniyat yaratgan ma’naviy boylikni o’zlashtirib, yangicha talqin
qilish, aniq va tabiatga oid fanlarga qiziqishning behad kuchayishi edi. Bu bosqich
an’analari keyin ham davom etdi. Bu bosqichda «Haqiqat izlovchilar» ning turli
yo’nalishlari: Kalom, falsafa, botiniya va tasavvuf mukammal shakllandi. Bu
yo’nalishlar keyingi asrlarda ham rivojlanishda davom etdi (masalan, yurtdoshimiz
ulug’ tilshunos va mufassir Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144) XII asrda adab
ilmi va mo’’tazila oqimining buyuk namoyandasi bo’lib maydonga chiqdi). Shu
jihatdan Islom mintaqasida ilm-fan rivojini faqat X-XI asrlar bilan cheklash,
albatta, mumkin emas, ammo biz har bosqichning chegaralarini belgilashda
muayyan shartlilikka yo’l qo’yib, millat ma’naviy kamolotining etakchi
tamoyillarini va ichki mantiqiy rivojini nazarda tutdi
Do'stlaringiz bilan baham: |