Naqliy bilimlar – ilohiy kitoblar
orqali yoki turli yo’llar bilan
(asosan, yozma manbalarda)
o’tmish ajdod-lardan etib kelgan
bilimlar.
Aqliy bilimlar - inson o’z
tafakkuri
bilan
etishgan
bilimlari.
Ular
ham
o’z
navbatida bir nechta turga
bo’linadi: (1) - hayotni kuza-
tib va tahlil etib hosil qilingan
bilimlar, (2) – mantiqiy, ya’ni
bilgan
narsalarini
o’zaro
fikriy qiyoslash va tahlil qilish
orqali hosil qilingan bilimlar,
(3)
-
amaliy
fao-liyat
jarayonida va yoki o’rganish
bilan hosil qilin-gan malaka
va
ko’nikmalar
shaklidagi
bilim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
oqimining o’sha davrdagi etakchi ustozlaridan Abu Ali al-Jubboiy (vafoti 915 yil)
qo’lida ta’lim olgan bo’lib, ustozi begona emas, Abulhasanga o’gay ota bo’lar edi.
Ammo 912-913 yillarga kelib, al-Ash’ariy mo’’tazila oqimidan uzoqlashib,
Bag’dodga ko’chib o’tdi va o’zi yangi mustaqil ta’limotga asos soldi. IX asrda
mo’’tazila oqimi shakllanayotgan paytda hali yunon faylasuflarining merosi arab
tiliga mukammal o’girilgan emas edi. Shu sababli aytish mumkinki, Tavhid
ta’limotining mo’’tazila talqini nisbatan mustaqil mantiqiy tafakkurga tayangan
edi. Ammo al-Ash’ariy davriga kelib, Aflotun va Arastu kabi ulug’ yunon
faylasuflari izidan boruvchilar paydo bo’lib, arab tilidagi mustaqil islom falsafa
maktabi shakllana boshlagan va bu sohada yangilik yaratish qiyinlashgan edi.
Al-Ash’ariy o’z ta’limotini yaratishda Demokritning atom haqidagi
nazariyasidan foydalangani haqida ilmiy doiralarda mulohaza yuritiladi. Ammo
Al-Ash’ariyning eng asosiy asarlari bevosita bizgacha etib kelmagani sababli bu
haqda aniq xulosalar qilish qiyin. Yaqin o’tmishda ash’ariya oqimi reaktsion
hisoblanib, avval falsafaga, keyin mo’’tazilaga ham qarshi qo’yib kelindi. 80-yillar
oxiridan boshlab, bunday yondoshuv uncha to’g’ri emasligi, mo’’tazila va
ash’ariya oqimlari orasida farqlargina emas, umumiy jihatlar ham ko’p ekanligi
ko’pchilikka ma’lum bo’lmoqda. Bu oqimning keyingi namoyandalari ichida Al-
Baqilloniy (vafoti 1013 yil), Abu Ishoq al-Isfaroiniy (vafoti 1027 yil), Al-Juvayniy
(vafoti 1085 yil), Ash-Shahristoniy (vafoti 1153), Faxriddin Roziy (vafoti 1209 yil)
kabi ulug’ allomalar ijodi jahon ilmida ko’plab maxsus tadqiqotlar mavzui bo’lib
kelmoqda. Ayniqsa, oxirgi ikki buyuk zot ijodi alohida e’tiborga sazovor bo’lib,
ularda falsafa va Kalom yo’nalishlarining yaqinlashuvi kuzatiladi.
Abul Hasan al-Ash’ariy bilan deyarli bir vaqtda bizning yana bir buyuk
yurtdoshimiz Abu Mansur Muhammad bin Muhammad al-Hanafiy as-
Samarqandiy al-Moturidiy (870-944) Kalom ilmining uchinchi mustaqil oqimi
moturidiyaga asos soldi. Alloma tavallud topgan Moturid qishlog’i hozirgi kunda
Samarqand shahrining bir mahallasiga aylangan. Yosh Abu Mansur Muhammad
Samarqandda hanafiya mazhabi faqihlari qo’lida ta’lim oldi va keyincha o’sha erda
o’zi ham mudarrislik qilib, fiqh va Kalom ilmini talabalarga o’rgatdi. Olimning
asosiy asarlaridan «Kitob ut-Tavhid» va «Kitob ta’vilat al-Qur’on» asarlari
bizgacha
etib
kelgan.
Moturidiyning
qabri
Samarqandning
mashhur
ziyoratgohlaridan, yuzlab ulug’ allomalarning xoki-poklari joy olgan Chokardiza
mozorida bo’lib, sobiq totalitarizm zamonida (1948 yildan keyin) atayin buzib
tashlangan bu tabarruk qabriston mustaqillik sharofati bilan qaytadan obod qilindi.
Moturidiya oqimi ash’ariyadan ba’zi masalalarga munosabati jihatidan jiddiy farq
qiladi. Masalan, insonning iroda erkinligi, ya’ni o’z harakatlarida sohibi ixtiyor
ekanligi moturidiya oqimida tan olinadi. Moturidiya oqimi hanafiya mazhabi
doirasida, ash’ariya esa shofe’iylar orasida yoyilgan bo’lib, 1040-1044 yillarda
Bag’dod va Samarqandda bu ta’limotlar rasmiy islom aqida va arkonlari sifatida
tan olindi va hayotga joriy etildi. Moturidiya oqimining insonni sohibi ixtiyor deb
hisoblashi va inson aqli yaxshilik va yomonlik (xayru sharr)ni bir-biridan ajrata
oladi, deyishi ash’ariyadan farqli ravishda Movarounnahr va Xurosonda keyingi
(XII-XV) asrlarda ilm-fan ravnaq topishiga yo’l ochdi. XIX asr ikkinchi yarmi -
XX asr boshlaridagi musulmon Sharqida etishib chiqqan islohotchi ulamolar
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
(Muhammad Abdu, Abdurahmon al-Kavkabiy kabilar) Imom Moturidiy
ta’limotiga asoslanib, shariatdan chekinmagan holda islom dunyosini aqlga
tayanib, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanib va ularni taraqqiy ettirib,
islom jamiyati olg’a rivojlanishi zarurligini nazariy asoslab berganlar, zamon
talabiga javob beruvchi fatvolar chiqarganlar. Bu yo’nalish Shayx Sayid
Jamoliddin al-Afg’oniy, Ismoilbey G’aspi-rali, Mahmudxo’ja Behbudiy kabi ilg’or
islom ulamolari faoliyatida yanada keng avj oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |